O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

1.6-
rasm. 
Po‗latni suyuqlantirishda fazalarning o‗zaro ta‘sir sxemasi: 
1 — qattiq metall; 2 — qaytargichlar (oksidsizlagichlar); 3 — flyuslar; 
4 — gaz fazasi; 5 — pech futerovkasi; 6 — suyuq metall; 7 — shlak; 
8 — pechning gaz fazasi. 
Yuqoridagi reaksiyalar faqat asosiy elementlar uchun keltirilgan. Istalgan 
elementning oksidlanishi termodinamik jihatdan mumkin bo‗lsa, uni yuqoridagiga 
o‗xshash tavsiflash mumkin. Oksidlanish davri shlakning yuksak oksidlanish 
xossalari bilan xarakterlanadi. (1.18)—(1.20) reaksiyalar juda jadal o‗tadi. 
Oksidlanish davri tugagandan so‗ng va, ayniqsa, qaytarish jarayonlarini o‗tkazishda 
(masalan, oq yoki karbidli shlak ostida) ularning termodinamikasi keskin o‗zgaradi. 
Po‗latni suyuqlantirishning prinsipial tafovuti xuddi shundan iborat. 
Po‗latni suyuqlantirish agregatining turi va shixta tarkibiga qarab, (1.16)—(1.30) 
reaksiyalar turli aktivlik darajasiga ega bo‗ladi. Masalan, konvertor jarayoni uchun 
(1.16), (1.19), (1.22), (1.25) reaksiyalar xarakterlidir. Marten pechida (1.17) va 
(1.18) reaksiyalar ancha aktiv sodir bo‗ladi, chunki pech atmosferasining tarkibida 
CO
2
va H
2
O (gaz yoki mazut uglevodorodlari yonib shu gazlarni hosil qiladi) ko‗p 
bo‗ladi. Elementlarning temir oksidi bilan oksidlanish (1.28)—(1.30) reaksiyalari 


33 
metall oksid qatlami bilan qoplangandagina rivojlanadi. Bu reaksiyalar o‗ta qizish 
va metalining oksidlovchi shlak ostida me‘yoriga yetish davri uchun xarakterlidir. 
Umumiy fizik-kimyoviy qonuniyatlarga muvofiq, oksidlovchi shlak ostida 
(1.28) va (1.29) reaksiyalar bo‗yicha Si va Mn lar ancha aktiv kuyadi, so‗ngra (1.30) 
reaksiya bo‗yicha vannaning CO pufakchalarining ajralib chiqishi hisobiga 
qaynashi boshlanadi. Agar vannaning qaynashi uchun oldin hosil bo‗lgan FeO 
yetarli bo‗lmasa, u holda pechga temir ruda kiritiladi. Po‗lat suyuqlantirish 
jarayonining turiga qarab, (1.28)—(1.30) reaksiyalar, yoxud aralashmalarning to‗la 
oksidlanishigacha yetkaziladi, yoxud qandaydir bosqichda to‗xtatiladi. Asosiy 
jarayonda oksidlovchi shlak ostida fosfor chiqarib tashlanadi, buning uchun FeO va 
CaO lar bo‗lishi zarur: 
2P + 5FeO = P
2
O
5
+ 5Fe, (1.31) 
P
2
O
5
+ 3FeO = (FeO)
3
P
2
O
5
, (1.32) 
(FeO)
3
P
2
O
5
+ 4CaO = (CaO)
4
P
2
O
5
+ 3FeO. 
(1.33) 
Fosfordan muvaffaqiyatli tozalash uchun yuqori temperatura talab qilinmaydi. 
Po‗latga oksidlovchi shlak ostida ishlov berish tugagandan so‗ng, bu shlak nasos 
bilan chiqarib tashlanadi. Pechda metalining o‗ta qizdirilishi va me‘yoriga 
yetkazilishi berilgan kimyoviy tarkibdagi po‗lat olishga yordam beradigan maxsus 
qaytaruvchi shlaklar hamda ferroqotishmalar ishtirokida amalga oshiriladi. 
Oltingugurtni chiqarib tashlash uchun yuqori asosli, ya‘ni tarkibida CaO ko‗p 
miqdorda bo‗lgan shlak hosil qilinadi. Bunda sulfidlar ko‗rinishida bo‗lgan 
oltingugurt shlakka chiqarib yuboriladi: 
[FeS] + (CaO) = (CaS) + (FeO), (1.34) 
[MnS] + (CaO) = (CaS) + (MnO). 
(1.35) 
Oltingugurtni ancha to‗la chiqarib tashlash uchun shlak tarkibidagi CaO ning 
miqdori yuqori bo‗lishi va yuqori temperatura talab etiladi. Bunda shlak orqali 


34 
metallni oksidsizlantirish mumkin. Buning uchun Si va C lar kiritish zarur, ular 
temir oksidi bilan o‗zaro reaksiyaga kirib ((1.28) va (1.30) reaksiyalar), uning 
shlakdagi miqdorini keskin kamaytiradi hamda taqsimlanish muvozanati [FeO] 

(FeO) ni o‗ngga siljitadi, ya‘ni temir oksidining metalldan shlakka o‗tishiga yordam 
beradi. 
Metallni shlak ostida ishlash tugagandan so‗ng shlak nasos bilan so‗rib olinadi, 
shundan so‗ng po‗lat pechdan chiqariladi. Po‗lat chiqarilayotgan vaqtda turli 
oksidsizlantirgichlardan foydalanib, u oksidsizlantiriladi. Oksidsizlantirgichlar 
tarkibida Si, Mn va Al bo‗ladi. Bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo‗ladi: 
2FeO + Si = SiO + 2Fe, 
(1.36) 
FeO + Mn = MnO + Fe, 
(1.37) 
3FeO + 2A1 = A1
2
O
3
+ 3Fe. 
(1.38) 
Oksidsizlantirgich-element [E
R
] miqdori bilan qoldiq kislorod [O] orasida aloqa 
mavjud bo‗lib, u elementlarning oksidsizlantirish qobiliyati deb ataladi. 
Po‗latni suyuqlantirishda sodir bo‗ladigan jarayonlar mexanizmi, dastavval, 
kislorodning gaz fazasi va shlakdan metallga uzatilishi bilan bog‗liq. Oksidlanishda 
shlak hosil qiluvchi birikmalarni hosil qiladigan kremniy, marganes, fosfor va 
boshqa elementlar ajralish sirti (metall— shlak)da sodir bo‗ladigan reaksiyalar 
bo‗yicha oksidlanadi. Uglerod butun hajm bo‗ylab oksidlanishi mumkin. Professor 
S.I.Filippov kritik konsentratsiyalar nazariyasini yaratgan [8]. Masalan, [C] > [C
kr

da jarayon oksidlagichning uglerodning sirtiy oksidlanishga diffuziyasi bilan 
limitlanadi. [C] < [C
kr
] da uglerodning hajmiy oksidlanishi kuzatiladi. Bu holda CO 
pufakchalarining metall—futerovka chegarasida vujudga kelish ehtimoli hammadan 
ko‗p. Qaynash mexanizmi biror suyuqlik qaynatiladigan idish devorlarida bug‗ 
pufakchalarining vujudga kelishiga o‗xshashdir. Temir oksidi asta-sekin shlakdan 
ishlab chiqariladi. Temir oksidi metall—shlak ajralish chegarasida elementlarning 
oksidlanishiga sarflanadi va shlak—gaz ajralish yuzasida o‗zi oksidlanadi. Agar 
shlak yuqori qovushoqlik va past temperaturaga ega bo‗lsa, u holda oksidlanish 


35 
mexanizmi FeO ning quyidagi sxema bo‗yicha ishlab chiqilishida to‗la tugallanishi 
mumkin: 
O
2-
- 2e
-
= O, (1.39) 
O + C = CO, (1.40) 
Fe
2+
+ 2e = Fe (1.41) 
Shunday qilib, oksidlash jarayonlarining muvaffaqiyatli o‗tishi uchun shlakning 
temperaturasi va qovushoqligi hamda undagi FeO miqdori yuqori darajada saqlab 
turilishi kerak. 
Po‗latning desulfuratsiyalanishini jadallashtirish maqsadida keyingi vaqtda uni 
maxsus yaratiladigan shlak ostida ishlash hamda uning sifatini yaxshilash 
operatsiyalarini po‗latni suyuqlantirish pechidan tashqariga chiqarib, pechdan 
tashqarida ishlov berish orqali amalga oshirishga intiladilar. Masalan, suyuq po‗latni 
kovshda oq shlak bilan ishlaganda oltingugurt miqdori dastlabki miqdorga 
qaraganda 70% kamayadi. Buning uchun maxsus shlak suyuqlantiriladigan pechga 
ega bo‗lish kifoya [3]. 
Pechdan 
tashqarida 
ishlov 
berish 
oksidsizlantirishdan 
tashqari 
modifikatsiyalashni ham o‗z ichiga olishi mumkin. Y.A.Shulte va boshqa 
tadqiqotchilar qimmatbaho va tanqis elementlar (masalan, Ni, Mo, W) bilan 
legirlangan po‗lat quymalarning katta qismini ishqoriy-yer va noyob-yer elementlari 
bilan kompleks ligaturalar ko‗rinishida modifikatsiyalangan, tejab legirlangan 
po‗latlarga muvaffaqiyat bilan almashtirish mumkinligini ko‗rsatganlar. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish