O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Qoraqalpoq davlat universiteti Iqisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiyot yo’nalishi 2- bosqich talabasi Kuchkarov Dilshodbekni Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Kurs ishi



Download 1,26 Mb.
bet43/68
Sana03.07.2021
Hajmi1,26 Mb.
#108827
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
Bog'liq
1476214471 65417

Virtual korporatsiya-eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo'lib, vaqtinchalik asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o'zaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar (yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmog'idan iborat bo'ladi. Virtual korporatsiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular "elektron" aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda konsernlar, xoldinglar va moliyaviy guruhlar firma-lar birlashuvining asosiy shakllari bo'ladilar.

Jahon amaliyotida franchayzing ham keng tarqalgan. Bu bir tomondan yirik firma va boshqa tomondan kichik firmalar yoki alohida biznesmenlar o'rtasidagi bitimdir. Ko'rsatib o'tilgan bitimga muvofiq ota kompaniya (franchayzer) firma (franchayzi)ga bitimga tayinlangan shaklda, maxsus ko'rsatilgan joyda ish olib borish huquqini beradi.U kelishilgan xudud doirasida harakat qiluvchi firma yoki tadbirkorni o'zining tovarlari, reklama xizmatlari, biznesning ishlatib bo'lingan texnologiyalari bilan ta'minlash majburiyatini o'ziga oladi. Buning uchun firma kompaniyaga mahalliy sharoitlarni hisobga olish bilan menejment va marketing xizmatlarini ko'rsatish, hamda ushbu kompaniyaga o'z sarmoyasining qandaydir qismini investitsiya qilib kiritish majburiyatini oladi. Franchayzi, bo'lajak mijozlar mashhur kompaniyaning mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanayotgan-liklarini his qilishlari uchun kompaniya (franchayzer) nomidan firma belgisi sifatida foydalanadi. Bunday bitimning barcha ishtirokchilarini keng jamoatchilik tomonidan tan olinishi, mahsulotlar va xazmatlarni standartlashtirilishi, tijorat imkoniyatlarini kengayishi bunday hamkorlikning afzalliklaridan bo'ladi.

Malakatimiz qonunchiligidagi tijorat konsepsiyasi shartnomasi franchayzing shaklidagi bitimiga mos keladi.

Ta' kidlash kerakki, milliy schyotlar tizimi (MST) - sustem of national account - bozor iqtisodiyotiga ega 150 dan ortiqroq mamlakatlarda mikroiqtisodiy jarayonlarni bayon qilish va tahlil qilish uchun qo'llaniladigan o'zaro bog'langan qo'rsatkichlar va tasniflar tizimiga muvofiq institutsional birliklar - institutional units - xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga ajratiladilar, ular o'zlarining nomidan aktivlarga ega bo'lishlari, majburiyatlarini qabul qilishlari, iqtisodiy faoliyat va boshqa birliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

Institutsional birliklar uy xo'jaliklari shakllaridagi yuridik. hamda jismoniy shaxslar (yoki ularning guruhlari) bo'lishi mumkin.

Yuridik shaxslar bo'lgan institutsional birliklarga quyidagilar kiradi:

- korporatsiyalar;



Yuridik shaxslarning asosiy turlari - bu mulkida, xo'jalikni yuritishda yoki operativ boshqaruvda ajratilgan mulkka ega bo'lgan tashkilot bo'lib, u o'z nomidan fuqarolik huquqini xarid qilishi va o'zining faoliyat bilan bog'liq javobgarlikni o'ziga olishi mumkin. Yuridik shaxs mustaqil balansi yoki smetasiga ega, mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi, o'zining moddiy va moliyaviy resurslarni boshqa- rishi, majburiyatlarni qabul qilishi, iqtisodiy faoliyat va boshqa birliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va o'zining majburiyatlari bo'yicha to'liq javobgarlikka ega bo'lishi mumkin.

Faoliyatining asosiy maqsadiga ko'ra yuridik shaxslar xo'jalik va noxo'jalik tashkilotlariga bo'linadilar.

Xo'jalik tashkilotlariga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish bo'lgan yuridik shaxslar, noxo'jalik tashkilotlarga bunday maqsadga ega bo'lmagan shaxslar kiradilar. Xo'jalik tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar xo'jalik jamiyatlari va o'rtoqliklari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va boshqa korxonalar shaklida tashkil qilinishlari mumkin.

Xo'jalik tashkilotlari bo'lmagan yuridik shaxslar xo'jalik faoliyati bilan faqat o'zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta'minlash uchungina shug'ulanishlari mumkin. Ular xo'jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda ko'zga tutilgan boshqa jamg'armalar shaklida mavjud bo'ladilar.

Bunday yuridik shaxs bo'lgan institutsional birliklarga hammadan avval korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar kiradilar. Korporatsiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar:


  • qonunga muvofiq boshqa institutsional birliklardan mustaqil bo'lgan korxonalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;

  • mustaqil yuridik shaxs bo'ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (YADR) da ro'yxatdan o'tkaziladi;

  • faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;

  • aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo'ladi;

  • xo'jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli bo'ladi va ular tomonidan xarid qilingan qog'ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi;

  • tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar to'lagandan keyin qolgan ulushini olish huquqiga egalar;

  • rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;

  • aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;

  • oraliq emas, balki yakuniy iste'molchi sifatida bo'ladi;

  • shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to'lash uchun qonun oldidajavobgarlikka ega bo'ladi;

  • korporatsiya tomonidan xalq iste'moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi ish haqi sifatida bo'ladi.

Korporatsiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporatsiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko'pgina institutsional birliklardan iborat bo'ladilar.

Konglomerat-korporatsiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga ta'sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporatsiyalar ajralib turadilar.

Kvazikorporatsiya - bu nokorporativ korxona bo'lib, uni boshqaruvi korporatsiya nusxasi bo'yicha quriladi. U mustakil instutsional bo'ladi. Kvazikorporatsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradilar:


  • norezedent bo'lgan institutsional birliklarga tegishli bo'lgan nokooporativ korxonalar(filiallar, milliy iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniyalarning vakilliklari);

  • davlat boshqaruvi idoralariga bo'ysunuvchi, ammo daromadlar olish maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan band bo'lgan nokorporativ korxonalar;

  • uy xo'jaligining nokorporativ korxonalari.

Kvazikorporatsiyalar korporativ korxonalarga tenglashtiriladilar va iqtisodiyotning korporativ sektori tarkibida ko'rib chiqiladilar.


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish