Ma’ruza mashg’ulotlari
66
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan
bog‘liqlikda maxsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan
harakatlar yig‘indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir xilma-xil
yondashuvlar mavjud bo‘lib, ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida gimnastika, o‘yin,
sayr kabilarni qamrab oladi.
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki uning
alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning
asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud.
O‘yin bolaning jismoniy kuchini, qo‘llarining qattiqligini, qaddi- qomatining
tikligini, ishonchli ko‘zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o‘tkir zehn, topqirlik,
tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati katta
bo‘lib, bolalarda g‘amxo‘rlik, o‘z jamoasi uchun qayg‘urish, birgalikdagi
harakatlanishdan quvonish, do‘stlik va o‘rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o‘tkazilishi mumkin. Sayr bolalarning
uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lib, ularning sog‘ligi va jismoniy taraqqiyotiga har
tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5.Estetik tarbiya va uning vazifalari - tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg‘ u, estetik
ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik
tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo‘lgan inson shaxsini
shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos
keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta
yaratishga qodir bo‘lgan inson shaxsini shakllantirishga mo‘ljallangan tarbiya
sohasidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaxsning har tomonlama
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini,
go‘zallikni ko‘ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Estetik tarbiyaning vazifalari:
tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go‘zallikni his qila olishga o‘rgatish;
voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;
estetik didni, go‘zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Estetik madaniyatni shakllantirish - bu faqatgina badiiiy
dunyoqarashni o‘stirish, o‘qilgan kitoblar, ko‘rilgan kinofilbmlar, tinglangan musiqiy
asarlar sonini ko‘paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir
ko‘rsatish, shaxs ma’naviyatini boyitish, xulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar
befarqlik, loqaydlik namoyon bo‘lsa, inson o‘zining antiestetikligini namoyon etadi.
Agar o‘quvchi go‘zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini
o‘zlashtirgan bo‘lsa, u holda uning estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi
haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar
Do'stlaringiz bilan baham: |