Ma’ruza mashg’ulotlari
41
pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.
9.4. Aqliy tarbiya vositalari.
Tarbiya vositasi — kam o‘rganilgan pedagogik kategoriya hisoblanadi. Biroq oxirgi
yillarda ushbu muammoni o‘rganish dolzarbligi oshganligi kuzatilmoqda. Sababi
maktab, o‘qish, kitob, o‘qituvchi nutqi, ota-ona so‘zi bolaga ta’sir etishning, shaxs
rivojlanishi va shakllanishining asosiy omili, yagona manbai bo‘lmay qoldi.
Pedagoglar shaxsni ijtimoiylashuvi, muhitni pedagoglashtirilayotganligi, ta’limiy
muhitni yaratilishi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildirmoqdalar. Bu o‘z navbatida
yoshlarni shakllanishida maktab va o‘qituvchidan tashqari boshqa omillarni ta’siri
yuqori bo‘layotganligidan dalolat beradi. Aqliy tarbiya vositalariga ommaviy axborot
vositalari ma’lumotlari, kompyuter va internet, reklama va ommaviy madaniyat,
yoshlar madaniyati, globallashuv, axborotlashuv jarayonlari kiradi.
Boshqacha aytganda zamonaviy bola, o‘smir, o‘spirin axborotlar makonida
yashayapdi va shakllanmoqda. Pedagogik maqsadlarga erishishda tarbiyachilardan
barcha manbalarni, omillarni, vositalarni mazmun-mohiyatini bilish talab etiladi.
«vosita» tushunchasi izohli lug‘atlarda bir necha ma’nolarni bildiradi. Vosita bu
birinchidan – maqsadga erishishdagi harakat usuli, ikkinchidan – biror narsa uchun
qo‘llaniladigan predmetlar, moddiy qadriyat, uchinchidan – falsafa, iqtisodda
«vosita» xomashyo, inson faoliyati ob’ekti, ishlab chiqarish uchun dastlabki
material, to‘rtinchidan, pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan
mehnat qurollari, narsa va predmetlar yig‘indisi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aqliy tarbiya vositasi deganda, birinchidan–umumiy
ma’noda barcha ijtimoiy, madaniy, tabiiy borliqni, barcha ijtimoiy institutlar va
sivilizatsiyani yaratishni, ikkinchidan–tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan narsa va
predmetlarni tushunamiz.
O‘z navbatida narsa va predmetlar o‘z joyida turganda tarbiya vositasi bo‘la oladimi
,degan savol tug‘iladi. V.I.Juravlevning fikricha, buyum va narsa tarbiya vositasi
emas, u qachonki tarbiyalanuvchi faoliyatida ishtirok etsagina tarbiya vositasi bo‘la
oladi.
V.S. Selivanovaning fikricha, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari (o‘qish, mehnat,
o‘yin, muloqot) bu tarbiyaning fundamental vositalaridir. Pedagogika va psixologiya
inson o‘z malakalarini, xulq-atvor modelini, qadriyatlari, hissiyotini odamlar bilan
muloqot qilish jarayonida shakllantiriladi va rivojlantiradi deb ta’kidlaydi. Shuning
uchun pedagog, sinf rahbari tarbiya maqsadiga erishish uchun tarbiyalanuvchlarni
turli faoliyatlarini tashkil etishni bilishi kerak.
Har qanday maktabda bolalarni darsdan tashqari faoliyatlarini tashkil etish
o‘qituvchining asosiy ish sohasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |