O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti



Download 0,7 Mb.
bet5/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#788431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilnoza

7-chizma
7-misol. Agar E - ayniy almashtirish bo’lsa, u holda f E = E f = f,
E(M) = M, va f(M)=M', u holda M M' va M M'
8-misol. Agar f2 = f1-1 bo’lsa, u holda har bir M nuqta uchun f1f1-1 kompozitsiya ayniy almashtirish bo’ladi.
9-misol. f1- d to’g’ri chiziqqa nisbatan simmetrik almashtirish f2 - d to’g’ri chiziqqa perpendikulyar vektor qadar parallel ko’chirish (54-chizma) bo’lsin. f2·f1f1f2 bo’lishini isbotlang.
Isboti. Tekisliknnig ixtiyoriy M nuqtasi d to’g’ri chiziqqa nisbatan f1 simmetrik almashtirib M' nuqtani topamiz (54-cizma).
Tekislikda vektor qadar f2 parallel ko’chirish M' nuqtani M" nuqtaga o’tkazadi. Bu akslantirishlar ko’paytmasi f2f1 M nuqtani M" nuqtaga o’tkazadi. Ya’ni f(M) = M". Tekislikda vektor qadar f2 parallel ko’chirish M nuqtani N nuqtaga o’tkazadi. d to’g’ri chiziqqa nisbatan f1 simmetrik almashtirish esa N nuqtani N nuqtaga o’tkazadi.
Ularning ko’paytmasi ya’ni f = f1f2, almashtirish M nuqtani N o’tkazadi (54-chizma). M" N. Demak bu misolda f2f1f1f2. Umuman almashtirishlar kompozitsiyasi kommutativlik xossasiga ega emas.
Teorema. Almashtirishlarni kupaytirish assotsiativlik qonuniga bo’yso’nadi, ya’ni G to’plamning ixtiyoriy f1,f2,f3 almashtirishlar uchun hamma vaqt
f3·(f2 ·f1)=(f3·f2 )·f1
tenglik o’rinli bo’ladi.(isbotini 8-chizmadan foydalanib mustaqil isbotlang)

3. Talabalarga gruppa tushunchasi algebradan ma’lum. Bo’sh bo’lmagan G to’plam va unda o binar munosabat aniqlangan bo’lsin.
(G,o) jufti quyidagi uchta shartni (aksiomani) qanoatlantirsa gruppa tashkil qiladi:
1. Ixtiyoriy uchta a,b,cG elementlar uchun ao(boc) = (aob)oc (binar munosabat assotsiativ)
2. Ixtiyoriy aG element uchun shunday e element mavjudki, ular uchun:
aoe = a (neytral element)
3. Ixtiyoriy a G element uchun shunday a1 element mavjudki, ular uchun:
aoa' = e.
Algebra kursida neytral elementning yagonaligi isbotlanadi.
Geometriyada binar munosabat o’rnida ko’paytma yoki kompozitsiya olinadi va ab ko’rinishda yoziladi. Neytral element sifatida e olinib, uni birlik element deb yuritiladi. Simmetrik elementni almashtirishda teskari element deyiladi. Masalan, a elementga teskari element a-1 kabi belgilanadi.
G almashtirishlar to’plami gruppa tashkil qilishi uchun 2,3 aksiomalarning bajarilishi etarli birinchi shart akslantirishlar uchun teorema sifatida isbotlangan.
6-ta’rif. Agar G to’plamdan olingan ixtiyoriy ikki f1,f2 almashtirishlari uchun:
1) f1 va f2 almashtirishlar ko’paytmasi f2,f1G bo’lsa, 2) har bir fG almashtirishga teskari f-1 almashtirish ham G ga tegishli bo’lsa, u holda G to’plamni almashtirishlar gruppasi deyiladi. 10-misol. Tekislikdagi barcha parallel ko’chirishlar to’plami P bo’lsin, f1,f2P. f1 almashtirish vektor qadar parallel ko’chirish, f2 almashtirish vektor qadar parallel ko’chirish bo’lsin, tekislikning ixtiyoriy M nuqtasini f1(M)=M’ nuqtaga,
f2(M) =M" nuqtaga o’tkazadi (8-chizma). f1, f2 almashtirishlar ko’paytmasi f=f2f1, f(M)=M" nuqtaga o’tkazadi. Vektorlarni qo’shish qoidasiga ko’ra + = ya’ni = f kompozitsiya vektor qadar parallel ko’chirishdan iborat bo’ladi. Endi f1 parallel ko’chirishga teskari almashtirishni bajaraylik. f1 almashtirish vektor qadar parallel ko’chirish bo’lgani uchun unga teskari almashtirish vektor qadar parallel ko’chirishdir. Shunday qilib, 1) f1,f2Pf2· f1P, 2) f1P f-1P Demak P to’plam gruppa tashkil qiladi. Endi G almashtirishlar to’plami H esa G to’plamning qismiy to’plami bo’lsin. 6-ta’rif. Agar 1) H ning ixtiyoriy ikkita almashtirishlarining ko’paytmasi H ga tegishli. 2) H ning har bir almashtirishiga teskari almashtirish H ga tegishli bo’lsa, H to’plam gruppa tashkil qiladi. Bu gruppa G gruppaning qism gruppasi deyiladi . Akslantirish. Aytaylik, A va B lar ixtiyoriy tabiatli elementlarning bo‘sh bo‘lmagan to‘plamlari bo‘lsin. Agar A to‘plamning har bir elementiga biror f qonun yoki qoida bo‘yicha B to‘plamning bitta va faqat bitta elementi mos (to‘g‘ri) keltirilgan bo‘lsa, A to‘plamni B to‘plamga f akslantirish aniqlangan deyiladi, uni f:AB yoki ko‘rinishda belgilanadi. Agar f:AB akslantirish aA ni bB ga mos qo‘ysa, b ni f akslantirishda a ning aksi (obrazi), ani f akslantirishda b ning asli (proobrazi) deyiladi va b=f(a) ko‘rinishda belgilanadi, A to‘plam f akslantirishning aniqlanish sohasi f(A)={b: b=f(a), a A, }  B esa f ning o‘zgarish sohasi deyiladi. Agar ixtiyoriy bB uchun shunday a A topilsaki b=f(a) bo‘lsa, f:AB ni syur’ektiv akslantirish, (yoki A to‘plamni B to‘plamning ustiga akslanadi) deyiladi, bu yerda f(A)= B. Agar ixtiyoriy a1 a2A lar uchun. f(a1)=f(a2) tenglikdan a1= a2 tenglik kelib chiqsa f:AB akslantirishni in’ektiv akslantirish (yoki A, to‘plam V to‘plamning ichiga o‘zaro bir qiymatli akslanadi) deyiladi. Agar f:AB ham syur’ektiv ham in’ektiv bo‘lsa, uni biektiv akslantirish (yoki A to‘plamni B to‘plamning ustiga o‘zaro bir qiymatli akslanadi) deyiladi. 1-misol: A={a1,a2,a3,a4},B={b1,b2,b3.b4,b5}


f-in’ektiv g-syur’ektiv h- biektiv
1.1-chizma
Graflar. Tekislikda chekli sondagi nuqtalar va ularni tutashtiruvchi chiziqlardan tuzilgan figuralar graflar deyiladi. Grafni tashkil qilgan nuqtalar uchlari, uchlarini tutashtiruvchi chiziqlarni esa qirralari deyiladi. Uchlarini tutashtiruvchi chiziqlar to‘g‘ri yoki egri bo‘lishi mumkin, ikki qirrasini kesishgan nuqtasi grafning uchi bo‘lmasligi ham mumkin. Agar grafning ikki uchini tutashtiruvchi qirrasi ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lsa, uni orientirlangan graf deyiladi. Chekli to‘plamda aniqlangan binar munosabatlarni orientirlangan graflar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin: chekli A to‘plamning elementlarini tekislikdagi nuqtalar yordamida ifodalaymiz, A2 ga qarashli bo‘lgan juftliklarga, agar a  b bo‘lsa, uchlari a va b nuqtalar bo‘lgan a dan b ga yo‘nalgan qirrani, juftlikka ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lgan sirtmoqni (tugunni) mos qo‘yamiz (1.2-chizma)

b
a

1.2-chizma



2-misol. A={2,3,4,6}. To‘plamda aniqlangan
={<2;2>,<3;3>.<4;4>,<6;6>,<6;2>,<,,6;3>,<4;2>}
binar munosabatni graf yordamida ifodalang (1,3.-chizma)

1.3- chizma.


II Bob O`xshash almashtirish va gomotetiya. Ularning analitik ifodasi. O`xshash almashtirishni gomotetiya va harakat ko`paytmasi sifatida qarash. O`xshash almashtirish gruppasi va uning qism gruppasi

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish