O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘lim pedagogika psixologiya yo’nalishi 202 guruh talabasi Xakimova Busidikaning kurs ishi mavzusi


Oila kodeksida bolaning ta‘minlanishi



Download 366,23 Kb.
bet4/4
Sana01.07.2022
Hajmi366,23 Kb.
#721743
1   2   3   4
Bog'liq
oila kodeksining2

2.1. Oila kodeksida bolaning ta‘minlanishi.
Qarorda belgilanishicha, 1998-yil 1-sentyabrdan amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining manfaatlarini qo’riqlashlashning ustunligini nazarda tutadi. Bolalar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan nizolarning sudlar tomonidan to’g’ri hal etilishi ota-onalarning va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi mas’uliyatlari shorilishini ta’minlashga imkoniyat tug’diradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid bo’lgan huquqlaridan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklarining oldini olish choralaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ma'lumki, farzand tarbiyasi har bir ota-ona, qolaversa, jamiyat zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifalardan biri sanaladi. Lekin hayotda o‘z farzandini tarbiyalash va ta'minlashdan bosh tortuvchi ota-onalar ham uchrab turadi. Mamlakatimizda joriy yilning o‘tgan 6 oyida ajrashib yashayotgan va voyaga yetmagan farzandining ta'minoti bilan ixtiyoriy shug‘ullanmagan 17 ming nafardan ziyod fuqarodan sud qarorlari asosida aliment undirilganligi bu fikrning tasdig‘idir.
Voyaga yetmagan farzand qachon imkoni bo‘lsa, otam yoki onam aliment to‘lasa, keyin yeb-ichaman, deb kutib turolmaydi. Shuningdek, o‘z vaqtida moddiy ta'minlash bolaning sog‘lom voya¬ga yetishida muhim omil hisoblanadi.
Shuning uchun ota yoki ona farzandini moddiy ta'minlashdan bosh tortsa, manfaatdor to¬mon aliment undirish haqida o‘z vaqtida sudga murojaat qilishi lozim. O‘z navbatida, buning uchun tegishli qonun talablarini va o‘rnatilgan tartibni bilish taqozo etiladi.
Bu haqda so‘z borganda, Oila kodeksining 14-bobida ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari mustahkamlanganini ta'kidlash zarur. Ushbu kodeksning 96-moddasiga ko‘ra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majbu¬riya¬tini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota yoki onadan aliment sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan undiriladi.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da'vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da'vo qo‘zg‘atishga haqlidir.
Oila kodeksining 97-moddasida voyaga yetmagan bolalariga hamda voya-ga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi belgilangan. Qonun talabiga ko‘ra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish uchun aliment to‘lash tartibini o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.
Qonun talabiga binoan, agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta'minoti uchun sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
bir bola uchun — to‘rtdan bir qis­mi;
ikki bola uchun — uchdan bir qis­mi;
uch va undan ortiq bola uchun - yarmisi miqdorida aliment undiriladi.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori eng kam ish haqining 75 foizi, ya'ni ayni paytda 138 225 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilandi.
Qonun normasida voyaga yetmagan bo­lalarga undirilayotgan aliment miq­dori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkinligi belgilangan.
Bu holatda ham kamaytirilgan yoki­ ko‘paytirilgan aliment miqdori foiz­da emas, balki ota-onaning har oydagi ish haqi, boshqa daromadlarining muayyan qismida, ya'ni bola sonidan kelib chiqqan holda, yuqoridagi tartib asosida undirilishini e'tiborda tutish darkor.
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ota-onasining g‘amxo‘rligidan foydalanish va ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega (bola manfaatiga zid bo‘lmagan hollarda).
Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda, uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.

  • Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega.

  • Ota-ona nikohdan ajralganda yoki ota-ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. 

  • Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.

  • Bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.

  • Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.

  • Voyaga etmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa (emansipatsiya), u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.

  • Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.

  • Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda ularning himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, 14 yoshga to‘lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

  • Bolaga ism ota-onaning kelishuviga asosida, ota ismi otasining ismiga ko‘ra beriladi.

  • Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.

  • Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

  • 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.

  • Agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga etgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.

  • Bola 16 yoshga to‘lguncha ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, 16 yoshga to‘lgach o‘z arizasiga binoan ismini, unga berilgan familiyani FHDYo organi orqali o‘zgartirishga haqli.

  • Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.

  • Agar bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va unga nisbatan otalik belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.

  • 10 yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi bilan batafsil tanishing.
Ko‘ngilochar-interaktiv o‘yinlar, mantiqiy topshiriqlar, testlar bolalar huquqiy bilimlarining oshishiga imkon beradigan.

Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish uchun aliment to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak.


Bundan tashqari Oila kodeksning qator normalarida aliment qat'iy summada belgilanishi nazarda tutilgan. Masalan, ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment to‘lashi, aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta'minot berishi holatlari shu jumlaga kiradi.
Oila kodeksining 144-moddasi 2-qismiga muvofiq, qat'iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to‘lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Sud alimentni qat'iy summada undirish haqida qaror qabul qilar ekan, hal qiluv qarorining xulosa qismida shu summa muayyan miqdorda emas, balki eng kam oylik ish haqi­ning muayyan qismiga mos ravishda undirilishini ko‘rsatishi lozim.
Sodda qilib aytganda, sudning hal qiluv qarori xulosa qismida undiriladigan qat'iy summa 200.000 so‘m (yoki 300.000 so‘m) miqdorida deb emas, balki eng kam oylik ish ha­qi­ning 1,5 baravari (yoki 2 baravari) miqdorida deb qayd etilishi kerak.
Oila kodeksining 136-moddasiga muvofiq, ali­ment sudga murojaat etil­gan paytdan boshlab un­diriladi.
Agar ta'minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortgani oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan payt­dan boshlab uch yillik muddat doira­sida undirib olinishi mumkin.
Sud hal qiluv qarorining xulosa qis­mida aliment qaysi sanadan undirilishi ko‘rsatilishi shart.
Qonun talabi bo‘yicha, voyaga yetmagan bolalar huquqini o‘z vaqtida hi­moya qilish maqsadida aliment undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i yoki hal qiluv qarorlari darhol ij­roga qaratiladi.

Amaldagi fuqarolik protsessual qonunchilik talabiga ko‘ra, qonuniy nikohdan tug‘ilgan voyaga yetmagan farzand ta'minoti uchun aliment undirish haqidagi talab soddalashtirilgan tartibda, ariza beruvchi va javobgarni chaqirmasdan, sud buyrug‘i chiqarish orqali 3 kunlik muddatda ko‘­rib chiqiladi.
Bunda arizaga nikoh guvoxnomasi yoki nikoxdan ajrashganlik haqidagi guvohnoma, farzand tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma nusxalari, shuningdek, yashash va agar javobgarning ish joyi aniq bo‘lsa, ish haqi to‘g‘risida ma'lumotnoma ilova qilinishi kifoya.
Endilikda voyaga yetmagan bolalar ta'minoti bo‘yicha aliment undirish uchun arizalarni uydan chiqmasdan, fuqarolik ishlari bo‘yicha tegishli sudlarga elektron ravishda yuborish imkoniyati mavjud.
Ushbu jarayonni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik" qo‘shma loyihasi doirasida ish­lab chiqilib, ayni paytda samarali tatbiq etib kelinayotgan E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi or­qali tez va qulay tarzda amalga oshirish mumkin. Buning uchun quyidagi oddiy harakatlarni bajarish kifoya:
1) internet-brauzer or­qali v3.esud.uz saytiga kirish;
2) ro‘yxatdan o‘tish;
3) login va parolni terib, o‘z "shaxsiy kabineti"ga kirish;
4) "yangi ariza" menyusiga kirib, ko‘rilayotgan ish turi (sud buyrug‘i) ni tanlash;
5) arizani topshirmoqchi bo‘lgan sudni tanlash;
6) talablar turkumidan "voyaga yetmagan bolalar ta'­minoti uchun aliment undirish"ni tanlash;
7) qarzdor haqidagi ma'­lumotlarni to‘liq va aniq kiritish;
8) talab turiga ko‘ra, te­gishli ma'lumotlarni ki­ritish;
9) to‘langan davlat boji miqdorini ko‘rsatish;
10) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning, shu jumladan, davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatning elektron nus­xasini axborot tizimiga yuklash;
11) "Saqlash va jo‘natish" tugmasini bosish lozim.
Murojaat qabul qilin­gan­ligi haqidagi ma'lumotni va uch kun ichida natijasi bo‘­yicha sud qarorini elektron shakl­da olish, ya'ni sudga kel­masdan turib, voyaga yet­magan farzand ta'minoti uchun aliment undirish mum­kin.
2018 yilning birinchi yarmida E-SUD tizimi orqali kelib tushgan aliment undirishga oid 15 ming 528 ta elektron ariza ijobiy hal etilgan. Bu, o‘z navbatida, shuncha miqdordagi voyaga yetmagan, ta'minotga muhtoj bolalarning moddiy ta'minot olish bo‘yicha huquqlari o‘z vaqtida tiklanganini anglatadi.
Shu o‘rinda voyaga yetmagan bolalar huquqini himoya qilish borasida amaldagi qonunchilikka qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. Xususan, endilikda alimentni bola voyaga yetgunga qa­dar ko‘char va ko‘ch­mas mulk yoki bosh­qa qimmatli narsalar berish orqali bir yo‘la oldindan to‘lash mumkin.
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, shuningdek, moddiy yordamga muhtoj ota-onani moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash holatlari uchun ko‘riladigan sudlov choralari kuchaytirildi.
Ya'ni sud hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami ikki oy­dan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik — 15 sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olish yoki ma'muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘l­magan shaxslarga eng kam ish haqi­ning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yosh avlodni erkin, demokratik, insonparvarlik tamoyillari asosida komil
inson ruhida o‘stirish, ularning nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi biluvchi,
balki ularni amalga oshira oladigan hamda o‘z burch va majburiyatlarini ham ongli
ravishda bajaruvchi inson sifatida jamiyatning tɟng huquqli va faol subyɟkti qilib
tarbiyalash fuqarolik jamiyatiga asoslangan dɟmokratik, huquqiy davlatni qurishni
o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir dɟmokratik davlatlar kabi, O‘zbɟkiston uchun
ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi.
“Azal-azaldan har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aqlzakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning
hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug‘, eng muqaddas
orzusi, dɟsak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. ... Ayni vaqtda bugungi shiddatli
zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta
muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
Yosh avlod tartiyasi O‘zbɟkiston uchun yana shunisi bilan ham hayot-mamot
masalasi hisoblanadiki, mamlakatimiz aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo‘lgan
bolalar, 60%ni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli, inson
huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar
va yoshlarning jismoniy, intɟllɟktual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng
Ushbu harakat ma'muriy jazo qo‘l­lanilganidan keyin sodir etilsa, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.
Bu harakat ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, ya'ni muqaddam voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlagan shaxs, xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, ikki yil­­dan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan marhum qilish bilan bog‘liq jazo belgilanadi.
Oila kodeksining 99-moddasiga binoan "Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan, ota-onaning har oydagi ish haqidan, bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir qismi,
uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi".
Oila Kodeksidagi muhim yangiliklardan biri ota-ona favqulodda holatlar (bolaning shikastlanishi, kasal bo'lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta'minoti uchun zarar bo'lgan qo'shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.
Uch oydan ortiq muddat mobaynida aliment to'lamaslik eng kam oylik ish haqining 50 haravarigacha miqdo­rida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtidan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o'rtasida er-xotinlik huquqiy va majburiyatlari kelib chiqadi. Endi ular o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bi­lan ham tartibga solinadi.
Bunda xotin-qizlar siyosiy malakalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar hamda babharavar majburiyatlarga egadirlar.
Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo'yilgan.

Bolalar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan nizolarni ko’rishda sudlarning e’tibori bunday nizolarni o’z vaqtida va to’g’ri hal qilish bolalar va oila manfaatlari himoyasining muhimkafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda qonunlarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratishini, bolalar tarbiyasi bilan bog’liq; bo’lgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi bolasidan alohida turadigan ota yoki onaning bolasining tabiyasida ishtirok etishga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida bo’lgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ona-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalikhuquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish(ota-onalik huqiqini saqlash); bolaning ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan ko’rishishi; ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish; farzandlikka olishni bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi va boshqa nizolar bilan sudda ko’rilish lozimligini uqtiradi.
Yana bir muhim jihat: agar shaxs ali­­ment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. 
Alohida qayd etish kɟrakki, aholida bola huquqlariga oid huquqiy madaniyatini shakllantirishda hukumat tomonidan qabul qilingan quyidagi dasturiy
hujjatlar ham muhim ahamiyatga ega. Har yili qabul qilinadigan davlat dasturlarida
yoshlar muammosi doimo diqqat marqazida bo‘lmoqda. Ayniqsa, 2008-yilni
“Yoshlar yili”, 2010-yilni “Barkamol avlod yili”, 2014-yilni “Sog‘lom bola yili”
deb e’lon qilinishi bolalar, yoshlar va ularning tarbiyasi davlat siyosatining bosh
masalasi ekanligini ko‘rsatib bɟrdi. Ayniqsa, bu borada mamlakat miqyosida
amalga oshirilayotgan turli tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini, ularning
huquq va erkinliklarini samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda

Xulosa qilib aytganda, mamlakatda bugungi kunda aholining bola huquqlari


oid huquqiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy asos va institutsional
tizim yaratildi va u takomillashtirib borilmoqda. Ammo, qonunlarni ishlashi, ular
Pɟxanizmlarining samaradorligi birinchi o‘rinda, aholining huquqiy
madaniyatining qay darajada ekanligiga bog‘liqdir. Uni esa, bu boradagi ta’limsiz
erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, mamlakatda inson huquqlari sohasidagi
ta’limni rivojlantirish bilan bir qatorda, uning aholisining katta qismini tashkil
etuvchi bolalarning huquqlarini ham maxsus o‘qitish bugungi kunning dolzarb
masalasiga aylanmoqda.
Mazkur yo‘nalishda, bolalarning huquqiy madaniyatini yanada
yuksaltirishda, aholining bola huquqlariga oid huquqiy bilimlarini oshirishda,
quyidagilarga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir: birinchidan,
bola huquqlariga oid ta’lim va tarbiyaning nazariy jihatlarini kuchaytirish bilan bir
qatorda, uning amaliy samaradorligini yanada oshirish; ikkinchidan, bolalar ta’lim
va tarbiyasini amalga oshiruvchi muassasalar o‘quv dasturlarida bola huquqlariga
oid O‘zbɟkiston Rɟspublikasi qo‘shilgan xalqaro normalarga, umuminsoniy
qadriyatlarga, ilg‘or horijiy tajribaga va albatta, mamlakatda tarixan shakllangan
milliy an’analarga, qadriyatlarga e’tiborni kuchaytirish; uchinchidan, bola
huquqlarini o‘qitishda zamonaviy axborot va pɟdagogik tɟxnologiyalarni
qo‘llashning samaradorligini oshirish; to‘rtinchidan, bola huquqlariga oid
tadqiqotchilikni, ayniqsa, ularning o‘zlarining hamda aholining bola huquqlariga
oid huquqiy madaniyatini o‘rganishga qaratilgan ilmiy va sotsiologik tadqiqotlarni
yanada kuchaytirish.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik va jinoiy javobgarlik haqidagi amaldagi qonunchilikka kiritilgan ushbu qo‘shimcha va o‘zgartishlardan ko‘z­langan maqsad, bir tomondan, voya­ga yetmaganlar va mehnatga layoqatsiz shaxslarning moddiy ta'minot olish huquqlarini to‘la himoya qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning moddiy ta'minotiga javobgar shaxslarning mas'uliyatini oshirish sifatida namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, davlatlarning bola huquqlariga oid xalqaro hamkorligi turli
shakllarda ifodalanadi: ya’ni davlatlar bolaning qanday huquq va erkinliklari
hurmat qilinishi va amal qilinishi lozimligi bo‘yicha yagona univɟrsal standartlar
ishlab chiqadilar; davlatlar xalqaro kɟlishuvlar bo‘yicha majburiyatlar olishida,
o‘zining milliy tartibini o‘rnatishi doirasida ushbu standartlarga rioya qiladilar;
davlatlar o‘zlariga olgan majburiyatlariga rioya qilishlarini nazorat qilish bo‘yicha
maxsus nazorat mɟxanizmini tuzadilar.
Demak, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik nafaqat
davlatlar tomonidan, balki shu bilan birga, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va
xalqaro nohukumat tashkilotlar doirasida ham amalga oshiriladi. Xalqaro
hukumatlararo tashkilotlarga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashgan
tashkilotlari kabi univɟrsal tashkilotlarni hamda Yevropa Kɟngashi, Yevropada
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, MDH kabi mintaqaviy xalqaro tashkilotlarni
kiritishimiz mumkin. Bola huquqlariga oid xalqaro nohukumat tashkilotlariga
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Save children, SOS Kinderdorf kabi xalqaro
nohukumat tashkilotlarni misol qilish mumkin.
Bolalarning huquq va erkinliklari amalga oshishini nazorat qiluvchi
muassasalar vazifasi, vakolati hamda ish yuritish shakliga qarab bir nɟcha guruhga
bo‘linishi mumkin. Avvalo, ular xalqaro muassasalarga va har bir mamlakatda
tashkil qilinadigan, ya’ni milliy muassasalarga bo‘linadi.
Xalqaro tashkilotlarning faoliyati shunday tashkilotga a’zo bo‘lgan hamma
mamlakatlarga tatbiq etilsa, alohida mamlakatlarda tashkil qilinadigan
muassasalarning faoliyati faqat shu mamlakat doirasida amalga oshiriladi. Inson
huquqlari, shuningdɟk, bola huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga
rioya etilishini nazorat qiluvchi muassasalar tashkil etilishiga qarab, davlat
muassasalariga hamda nodavlat muassasalariga bo‘linadi. Davlat muassasalari
davlat organlari tizimida tashkil qilinib, davlatning nazorat funksiyasini bajaradi va
aksariyat hollarda majburiy qarorlar qabul qilsa, nodavlat muassasalari davlat
organlari tizimiga kirmaydi hamda ularning qarorlari tavsiya etuvchi xarakterga
ega bo‘ladi. Dɟmak, inson huquq va erkinliklari ayrim mamlakatlarda, davlat
muassasalari va shu mamlakatda tashkil qilinadigan milliy davlat muassasalari
tomonidangina emas, balki xalqaro tashkilotlar tomonidan ham nazorat qilinadi.
Sababi, inson hamma yerda tɟng tug‘iladi va u eng oliy qadriyat hisoblanadi. Har
bir kishi millati, irqiga qarab biron-bir kamsitishga uchramasligi yoki boshqa
kishilarga nisbatan hɟch qanday imtiyozga ega bo‘lmasligi kɟrak. Shu asnoda,
hamma yerda inson huquq va erkinliklari bir xilda bo‘lishini ta’minlash maqsadida
ularning amalga oshishini nazorat qiluvchi xalqaro tashkilotlarning mavjud
bo‘lishiga zarurat tug‘iladi

Foydalanolgan adabiyotlar


1. Bola huquqlari. / Yuridik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik // Prof. G‘.Abdumajidov tahriri ostida. –T.: TDYuI nashriyoti, 2008. – 240 bɟt.
2. Bolalarni himoya qilish. Parlamɟnt a’zolari uchun qo‘llanma. T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Milliy markazi, 2006
3. Bola huquqlari monitoringi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma /Mas’ul muharrir A.X.Saidov. –T.: Inson huquqlari bo‘yiyaa O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Milliy markazi, 2011.
4. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Qonuniga sharhlar» / Mas’ul muharrir A.X.Saidov – Toshkɟnt: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbɟkiston Rɟspublikasi Milliy markazi, 2008 – 135 b
5. Zaɳita prav rɟEɟnka. (sotsialnɵɟ i yuridichɟskiye aspɟktɵ) M.: Rossiyskiy blagotvoritɟlnɵy fond «Nɟt alkogolizmu i narkomanii» («NAN»), 1999..
6. Inson huquqlari umumjahon dɟklaratsiyasi va O‘zbɟkistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi /Mualliflar jamoasi: A.Saidov, F.Bakayeva, K.Arslanova va boshq. Mas’ul muharrir A.X.Saidov. –T.: “O’zbekiston”, 2010
Download 366,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish