O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1.
Liberallashtirish tushunchasi va uning huquqiy asoslarini tushuntirib 
bering.
2.
Hayotga qarshi jinoyatlar tarkibiga nimalar kiradi? 
3.
Sog’liqqa qarshi jinoyatlarni tavsiflang. 
4.
Hayot yoki sog’liq uchun xavfli jinoyatlarning xususiyatlarini ayting. 
5.
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sanang 
6.
Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar tarkibiga kiruvchi 
qilmishlarni sanang. 
7.
Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar 
nimalardan iborat.
8.
Fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
huquq 
va 
erkinliklariga 
qarshi 
jinoyatlarni tavsiflang. 
9.
Liberallashtirish o’zida qanday ma’noni ifodalaydi? 
10.
O’lim jazosi qanday jazo bilan almashtirildi? 
11.
Hayotga qarshi qaratilgan jinoyatlar ob’ektini tavsiflang.
12.
Odam o’ldirish jinoyati qanday ko’rinishlarda amalga oshiriladi? 
13.
Qasddan badanga og’ir shikast yetkazish jinoyatining xususiyatlari 
14.
Qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazishni tavsiflang 
15.
O’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatini 
tavsiflang 
15 BOB. TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI HAMDA 
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR 
Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
Tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar ijtimoiy 
xavfliligi jihatdan boshqalaridan ajralib turadi. Bu qilmishlar tarkibi urushni targ’ib 


242 
qilish, agressiya, genotsid, terrorizm, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat 
qo’zg’atish kabi jinoyatlardan iborat.
Urush bilan bog’liq jinoyatlar urushni targ’ib qilish (150-modda), agressiya 
(151-modda) va urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda) qilmishlari 
bilan bog’liq. Ularning birinchisi urushni turli qarashlar, g’oyalar yoki chaqiriqlar 
yordamida targ’ib qilishda namoyon bo’ladi. Targ’ibot og’zaki, yozma shaklida 
plakat, bosma nashr yoki ijtimoiy tarmoqlarda olib borilishi mumkin. 
Agressiya boshqa davlat hududiga bosqinchilik urushini rejalashtirish, 
tayyorgarlik ko’rish, uni boshlash va olib borishda ifodalanuvchi harakatdir. 
Bunday harakatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa 
qonunlari bilan ta’qiqlanadi.
Urush olib borish tartib-qoidalari xalqaro standartlarda belgilangan bo’lib, 
unda jang harakatlarining mahalliy tinch aholiga qarshi qaratilmasligi, aholi 
yashash punktlarini vayron qilmaslik, kurash faqat harbiylarga qarshi olib borish 
kabi tartiblar o’rnatilgan. Ekstremistik oqim vakillari, ISHID, “Hizbut-tahrir”, “Al-
Qoida” kabi terroristik tashkilotlar tarafdorlari bunday qoidalarni nazar-pisand 
qilishmaydilar. Ular aholi yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, 
aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, hududlarni 
behuda vayron qilish, mulkni talon-taroj qilish kabi harakatlar orqali urush 
qonunlarini buzishadi. O’zbekiston bunday harakatlarni keskin qoralaydi.
Urush qoidalarini buzish genotsid (153-modda) kabi jinoyatlarga yo’l ochib 
beradi. Genotsid so’zining lug’aviy ma’nosi “urug’ni qirib yuborish” shaklini aks 
ettiradi. Bu jinoyat milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga ko’ra shaxslarni 
qirib yuborishda namoyon bo’ladi. Bunda jinoiy tajovuz aynan biror ijtimoiy 
guruhga qarshi qaratilgan bo’ladi.
Yollanish jinoyati boshqa davlat hududidagi qurolli to’qnashuv va 
harakatlarda moddiy manfaatdorlik uchun ishtirok etish bilan gavdalanadi. 
Shuningdek, mazkur jinoyat shaxsni yollash, o’qitish, moddiy ta’minot berish va 
undan foydalanganlik uchun ham javobgarlikni keltirib chiqaradi.


243 
Jinoyat kodeksining 154
1
-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, 
xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o’xshash boshqa 
organlariga kirish yoki yollanish jinoyati o’rin olgan. Jinoyat boshqa davlatning 
organlariga xizmatga kirishi hamda yollanishi holatlari ta’qiqlanishini ko’zda 
tutadi. Bunda jinoyatning sub’ekti faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarosigina 
bo’lishi mumkin. Fuqaromiz xizmatga kirish yoki yollanish jinoyatini sodir etish 
barobarida O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan ham avtomatik ravishda 
mahrum etilishi nazarda tutiladi.
Terrorizm so’zi “qo’rqitish” ma’nosini anglatadi. U xalqaro munosabatlarni 
murakkablashtirish, davlatlarning mustaqilligi, aholi xavfsizligiga putur yetkazish, 
tinch vaziyatni beqarorlashtirish, kishilarni qo’rqitish maqsadlarida amalga 
oshiriluvchi qasddan qilinadigan harakat bilan izohlanadi. Tajovuz davlat organi, 
xalqaro tashkilot, mansabdor shaxs jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbatan 
yo’naltiriladi. Biror faoliyatni amalga oshirish yoki undan tiyilish uchun zo’rlik, 
kuch ishlatish, shaxs hayoti yoxud mol-mulkiga xavf tug’diruvchi qilmish hamda 
uni amalga oshirish tahdidi tajovuz vositasiga aylanadi.
Terrorizm vaziyatni beqarorlashtirish, davlat organi faoliyatini izdan 
chiqarish maqsadlarida davlat va jamoat arboblari hayotiga suiqasd qilish yoki 
uning badaniga shikast yetkazish holatini ham o’z ichiga oladi.
Terrorizm jinoyati bilan bog’liq rag’batlantiruvchi qoida ham JKdan o’rin 
egallagan. Terrorizmni tayyorlash jarayonida ishtirok etgan shaxs, harakat haqida 
tegishli organlarga xabar berish yoki og’ir oqibat kelib chiqishini oldini olish 
choralarini ko’rsa hamda uning harakatlarida boshqa jinoyat alomatlari bo’lmasa, 
jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tayyorgarlik ko’rilayotgan yoki sodir etilgan terroristik harakat haqida 
ma’lumotlarni xabar qilmaslik (155
1
-modda), terroristik faoliyatni amalga oshirish 
maqsadida o’quvdan o’tish, chiqish yoki harakatlanish (155
2
-modda) va 
terrorizmni moliyalashtirish (155
3
-modda) jinoyatlari ham terrorizm bilan aloqador 
jinoyatlar toifasiga kiradi. Ushbu jinoyatlarning har qanday ko’rinishda sodir 


244 
etilishi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqaradi. Tinch va osuda hayotga zarar 
yetkaziladi.
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan yana biri 
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atish (156-modda) bo’lib, mazkur 
jinoyatning sodir etilishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-
moddasida o’rnatilgan qonstitutsiyaviy normalarga zarar yetkazadi. Ushbu 
moddada O’zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi 
hamda millati, irqi, dini va boshqa farqlardan qat’iy nazar qonun oldida tengligi 
o’rnatilgan.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atish Konstitutsiya va 
qonunlarimizda o’rnatilgan teng huquqlilikka qarshi qaratiladi. Shu boisdan 
bunday harakatlarni qasddan sodir etish, ma’muriy va jinoyat qonunchiligi orqali 
ta’qiqlanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish