O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Muammoning yechimini toping


292 
bo’lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini egallashda aks etadi. Jinoyat 
janggohlarda yoki jang harakatlari bo’lib o’tgan, yaradorlarga yordam ko’rsatish 
hududlarida yuz beradi. Mazkur harbiylar sha’ni, ularning qadr-qimmatini yerga 
uruvchi harakat qasddan sodir etilib, og’ir jinoyat sifatida e’tirof etiladi.
Jinoyat kodeksining XXII bobi (287-294-moddalar) harbiy xizmatni o’tash 
tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan iborat bo’lib, ular harbiy qism yoki xizmat 
joyini tashlab ketish, dezertirlik, halok bo’layotgan harbiy kemani tashlab ketish, 
biron a’zosini mayib qilish yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo’yin tovlash, 
qorovul xizmatini o’tash, ichki xizmatni o’tash yoxud garnizonda patrullik qilish, 
jangovar navbatchilikni o’tash va chegara xizmatini o’tash qoidalarini buzish bilan 
bog’liq qilmishlarda aks etadi.
Dezertirlik jinoyati (288-modda) harbiy xizmatdan butunlay bo’yin tovlash 
maqsadlarida harbiy qism yoki xizmat joyini o’zboshimchalik bilan tashlab ketib 
qolishi, shunday maqsadda xizmat joyiga qaytib kelmasligidan iborat bo’ladi. 
Bunday qilmish ofitser yoki kontrakt (shartnoma) asosida o’tayotgan xizmatchi 
tomonidan sodir etilishi jazoning og’irlashuvini keltirib chiqaradi.
Harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning ayrimlari 
faqat qasd shaklida, ayrimlari esa qasd va ehtiyotsizlikdan ham sodir etiladi. 
Qasddan sodir etiladigan jinoyatlarga harbiy qism yoki xizmat joyini tashlab 
ketish, dezertirlik, halok bo’layotgan harbiy kemani tashlab ketish, biron a’zosini 
mayib qilish yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo’yin tovlash jinoyatlari kiradi. 
Qorovul xizmatini o’tash, ichki xizmatni o’tash yoxud garnizonda patrullik qilish, 
jangovar navbatchilikni o’tash va chegara xizmatini o’tash qoidalarini buzish 
jinoyatlarida qasd bilan birga ehtiyotsizlik ham og’ir oqibatlar asosida jinoyat kelib 
chiqishiga olib keladi.
Harbiy soha tizimining barcha xizmatchilari harbiy mulkni saqlash va undan 
foydalanish tartibiga qat’iy rioya etishlari talab etiladi. Harbiy mulk tarkibiga 
harbiy qism joylashgan hudud bino va inshootlaridan tashqari, qurol-yarog’, o’q-
dori, o’ziyurar o’qotar qurilmalar, radiotexnika va axborot texnologiyalari 


293 
vositalari, harbiy va boshqa mashinalar, boshqa texnik apparatlar, havo va suv 
transporti vositalari hamda boshqa narsalar kiradi. 
Harbiy mulkni behuda sarflash, yo’qotish, ishdan chiqarish (295-modda), 
uni nobud qilish yoki shikast yetkazish (296-modda) turli shakllarda sodir etilishi 
mumkin. Jumladan, harbiy mulkni behuda sarflash, yo’qotish yoki ishdan chiqarish 
harbiy xizmatchining shaxsiy foydalanishi uchun berilgan yoki unga ishonib 
topshirilgan harbiy aslahalarni sotishi, birovga foydalanish uchun berishi yoki 
garovga qo’yishi yo’li bilan sodir etiladi.
Harbiy mulkni nobud qilish, unga shikast yetkazish jinoyati harbiy mulkni 
qasddan nobud qilish yoki shikast yetkazish orqali amalga oshiriladi.
Harbiy mulkni saqlash va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 
jinoyatlar qasd va ehtiyotsizlik oqibatida ham sodir etiladi. Bu holatlar qurol-
yarog’, o’q-dori, radioaktiv va portlovchi moddalar, jangovar va maxsus 
mashinalar, harbiy texnika uskunalari, uchish apparatlari, kemalarni boshqarish 
qoidalarini buzishda ko’zga tashlanadi.
Jinoyat kodeksining 24-bobi harbiy mansabdorlik jinoyatlaridan tashkil 
topgan. Ushbu jinoyatlar hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan 
tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi (301-modda) va xizmatga 
sovuqqonlik bilan qarash (302-modda) qilmishlarini o’z ichiga oladi. Mazkur 
jinoyatlarda nazarda tutilgan qoidalar boshqaruv tartibiga qarshi qaratilgan 205, 
206 va 207-moddalarda belgilangan me’yorlar asosida kelib chiqadi. Ularning 
o’zaro farqi boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sifatida 205-207-moddalar 
bo’yicha fuqarolarga taalluqli mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. 301 va 
302-moddalar bo’yicha harbiy mansabdor shaxslar jinoiy javobgarligi belgilanadi. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish