O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fizika – matematika fakulteti
Matematika kafedrasi
Matematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
03/19-guruh talabasi
Arabova Ozodaxonning
“ Matematika o’qitish texnologiyasi va loyixalash”
fanidan yozgan
KURS ISHI
MAVZU: HOSILA VA UNING TATBIQLARI
ILMIY RAHBAR: H. Dehqonov
Mundarija
Kirish------------------------------------------------------------------------------3
1-bob. Funksiya orttirmasi. Hosila tushunchasi------------------------6
2-bob. Yuqori tartibli hosila tushunchasi----------------------------------8
2.1-§ Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar---------------------11
2.2-§ Funksiyani maksimum va minimumga ikkinchi tartibli hosila yordamida tekshirish------------------------------------------------------------11
2.3-§ Hosilaning geometrik va mexanik ma’nolari------------------------17
3-bob. Funksiyani tekshirishga hosilani tatbiq qilishga doir metodik tavsiyalar-------------------------------------------------------------------------20
3.1-§ Funksiya hosilasini tatbiq etishda kompyuter dasturlaridan foydalanish orqali o’quvchi amaliy faoliyatini rivojlantirish---------------------------26
3.2-§ O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi matematika kursida funksiyani tekshirishda hosilani tatbiq qilishga doir o’quv materiallari---------------29
Xulosa-----------------------------------------------------------------------------31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati-----------------------------------------32
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’tiborni ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi,umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro integratsiyani ta’minlashga qaratdilar.Ayni shu maqsadda o’tgan bir yil davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita ta’lim tarbiya sohasiga dahldor bo’lgan 74 ta farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilinganini ta’kidlash o’rinlidir.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi zamonaviy usullarini jumladan,axborot komunikatsiya texnalogiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar, oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan,umumiy o’rta ta’lim sohasida 11 yillik tizimga o’tildi. 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Yangi tashkil etilgan institute va filliallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filliallar 15taga, xorijiy unversitetlar filliallari 7 taga yetdi.Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po’lat va qotishmalar institutining,Toshkent shahrida esa Vebster unversitetining filliallarini tashkil etish bo’yicha kelishuvlarga erishilganligini ta’kidlash lozim.Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va extiyojlardan kelib chiqib,sirtqi va kechki bo’limlar ochildi.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimi takomillashitirldi,moddiy texnik bazasi mustahkamlandi.Uning tarkibida bir qator ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi.Ko’p yillik tanaffusdan so’ng Fanlar Akademiyasi saylov o’tkazilib,o’zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqiyosda nom qozongan iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo’ldilar.Endi barchamiz Fanlar Akademiyasining yangi ilmiy ishlanmalar,istiqbolli tadqiqotlar yaratish bo’yicha amaliy natijalar kutib qolamiz.
Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko’zda tutmoqdamiz.Ya’ni O’zbekiston ilm-fan,intelektual salohiyat sohasida zamonaviy kadrlar,yuksak texnalogiyalar borasida dunyo miqyosida raqobat bardosh bo’lishi shart.
3
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, jamoada o’qitish texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llashga bo’lgan qiziqish,e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda.Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha ma’naviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa,zamonaviy texnalogiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga,mustaqil o’rganib,tahlil qilishlariga,hatto,xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.Oqituvchi bu jarayonda shaxsning rvojlanishi,shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoyit yaratadi va shu bilan ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faollikklarini oshiruvchi,ta’lim-tarbiya jarayoning samaradorligini kafolotlovchi didaktik o’yinli texnalogiyalarni qo’llashga doyir kata tajriba to’planga bo’lib,bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda.Hozirgi paytda matematika yanada taraqqiy etib,turli nazariy kashfiyotlar bilan birgalikda uning amaliy tadbiqlari ham ko’payib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |