O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/47
Sana16.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#555782
TuriУчебник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
fayl 768 20210505

Nazorat uchun savollar: 
1.
Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi qanday 
tashkiliy shakllarda olib boriladi? 
2.
Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars qanday umumiy 
didaktik talablarga javob bеrishi lozim? 
8 – mavzu: O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari bilim natijalarini 
tekshirish va tashxis qilishning maqsad vavazifalari. 
Reja: 
1.
Boshlang‘ichsinfo’quvchilaridao’quv-biluvmotivlarinishakllantirish.
 
2.
Boshlang‘ich 
ta’limda 
o’quvchilarning 
ta’lim 
natijalarini 
tekshirishvabaholashgaqo’yilgantalablar.
 
3.
O’qituvchi nazorati va o’quvchilar faoliyatini baholashnin guyg‘unligi.
 
4.
Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.
 
5.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarida o’quv-biluv motivlarini shakllantirish 
imkoniyati, o’qitish ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida.
 
6.
Mativvamativatsiya.
 
Insonning oliy nerv tizimi faoliyati haqidagi ta’limotlarning ko’rsatishicha, u 
murakkab subyektiv tizim sifatida boshqa jonli va jonsiz obyekt (tizim)larga 
qaraganda o’z-o’zini tartibga solish, tiklash, ma’lum holatda saqlash hamda 
takomillashtirishda eng yuqori darajadagi mavjudot hisoblanadi. O’z-o’zini 


56 
tartibga solish, takomillashtirish insonga berilgan azaliy imkoniyatdir. Chunonchi, 
u inson miyasi, ma’naviy va aqliy salohiyatining ajralmas xususiyati hisoblanadi. 
Bu jarayonlarni buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov ta’limoti davomchisi P.K.Anoxin 
o’z-o’zini tartibga solish jarayoni jismning muhim omillarini bir xil darajada 
saqlashning mohiyatidan kelib chiqishini asosladi. Bunda inson faoliyati, 
jumladan, fikrlashi maqsadga muvofiq davom etib, ma’lum natijaga yo’nalgan 
bo’ladi. Shaxsning asab tizimidagi fiziologik asoslarini ochish - insonning o’zini 
o’zi bilishi asosida o’ziga baho berish, o’z harakat va xulq-atvorini tartibga solish 
ko’nikmalarini hosil qiladi. Bunda eng muhim holat shaxsning o’ziga to’g’ri baho 
bera olishi, o’z oldiga qo’ygan maqsad mohiyatiga mos keluvchi harakatlar 
algoritmini ishlab chiqishidir. O’z-o’ziga to’g’ri baho berish yosh xususiyati va 
ijtimoiy tajribaning ortishi, atrofidagilar bilan muloqot, boshqalarning unga 
munosabati va bahosiga ko’ra shakllanib boradi. 
Har bir shaxs faoliyati izchillikda amalga oshadigan davomli jarayondir. 
Shaxsni faoliyatga undagi mayl undaydi. Shaxs mashq jarayonida o’z-o’zini 
boshqaradi, bunda nafaqat uning bilim, ko’nikma va malakalari, balki uning 
xulqatvori ham shakllanib, takomillashib boradi. Bu holatni L.I.Bojovich ham 
alohida ta’kidlab o’tgan. Shaxsning o’z-o’zini boshqarish jarayonini B.F.Lomov 
o’z-o’zini sababiy boshqarish, deya ko’rsatgan edi.
Inson harakati ikki asosga ko’ra amalga oshadi: harakatlar hamda 
munosabatlar. Shaxs faoliyati dastlab taqlidga asoslansa, keyinchalik u mustaqil 
faoliyat va o’z-o’zini boshqarishni boshqalar bilan muloqot, munosabat o’rnatish 
orqali o’rganadi. O’z-o’zini boshqarish faoliyatini inson umuminsoniy tajribalar, 
bilim va ko’nikmalarni egallash orqali o’zlashtiradi. Inson o’z-o’zini 
takomillashtirishining turli bosqichlarida faoliyat subyekti sifatida o’z-o’zini 
anglash va boshqarishni o’rganadi, o’z imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda nimaga 
qodirligini anglaydi va baholaydi. Bu jarayonda u o’zining imkoniyatlari haqida 
aniq tasavvo’rga ega bo’la boshlaydi. 
Inson o’z faoliyatining ma’lum bir jihatini tashxis qilganda bo’lajak natijani 
oldindan ko’ra olish, avvalgi tajriba tizimida mavjud holatda teg’ichli axborot olish 


57 
ehtimoli borligini nazarda tutadi. Bunda avvalgi tajriba va hozirgi holati 
faoliyatning bo’lajak natijasi haqida faraz qilishga asos bo’ladi. Shunga muvofiq 
hozirlanish va bo’lajak holat uchun tayyorgarlik harakatlarini boshlab, ma’lum 
maqsadga erishish mumkin. Inson har qanday faoliyatni boshlashidan oldin 
ma’lum vaziyatni hisobga oladi. U o’z faoliyatining natijasini oldindan ko’ra bilib, 
tashkil qilsa, maqsadga, ko’zlangan natijaga erishishi osonlashadi. O’z-o’zini 
takomillashtirish shaxsning tashqi ta’sir qiluvchi omillar bilan ichki intilishlarini 
aniq pedagogik vazifalarga: maqsad va idealni shakllantirish, o’zlikni anglash va 
o’z-o’zini boshqarish uchun zarur bo’lgan xislatlarnitarbiyalashga yo’naltirishi 
lozim. 
O’zlikni anglash ham xuddi ong kabi tarbiya va insonning faol harakati 
jarayonida muntazam rivojlanib boradi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha: 
“Inson shaxsining shakllanishi o’zida o’zining uzviy qismi sifatida shaxs ongi 
vauning o’zligini anglashning shakllanishini mujassamlashtiradi. Bu ongli 
shaxsning rivojlanish jarayonidir” 
K.K.Platonov o’qituvchi shaxsi strukturasida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi: 
1. O’qituvchining qiziqishlari, intilishlari, ideallari, dunyoqarashi, e’tiqodlarining 
muayyan maqsadga yo’nalganligi. 
2. O’qituvchi tajribasi, bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, odatlari uning 
tayyorgarligini belgilashi. 
3. O’qituvchidagi ayrim ruhiy jarayonlarning doimiy xususiyatlari: diqqat, idrok, 
tafakkur, xotira, iroda, hissiyot, psixik harakatlarning mashqlar asosida 
rivojlanishi. 
4. O’qituvchining biologik jihatdan belgilangan xususiyatlari mashq qilish vositasi 
hamda temperament, yosh, jinsiy xususiyatlarda namoyon bo’lishi. 
O’qituvchi o’quv jarayoni natijasini anglab yetishi uchun muntazam 
ravishda pedagogik tashxis qilishi, salbiy va ijobiy tomonlarni tahlil qilishi hamda 
takomillashtirishi lozim. Buni amalga oshirishda pedagogik tashxisning shakl, usul 
va metodlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Pedagogikada pedagogik tashxisning oddiy metodlari bilan bir qatorda, 


58 
uning murakkab shakllari va usullari tatbiq etilmoqda. “Pedagogik tashxis” atamasi 
1968 yilda olmon pedagogi K.Ingenkamp tomonidan birinchi marta qo’llanilgan. 
Hozirgi kunda pedagogik tashxis faol shakllanayotgan pedagogik fanlar tizimiga 
mansub. Shuning uchun undan har kim o’z qiziqishi va o’rganadigan sohasiga mos 
ravishda foydalanadi. Ayrim tadqiqotchilar pedagogik tashxisni pedagogikaga doir 
jarayon va muammolarni yoritish, ularning ta’sirchanligini aniqlash va 
o’quvchilarning o’zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot olish 
imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogic tashxisni 
o’quv-biluv jarayonini rejalashtirish va bu borada kishilarga maslahat berish 
tarzida ham talqin qiladilar. Pedagogik tashxisni keng ma’noda: o’quv jarayoni, 
o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarni 
aniqlash hamda ma’lum o’zgartirishlar kiritish vositasi sifatida qarash o’tgan XX 
asrning 90 yillarida respublikamiz ta’lim tizimida keng qo’llanilgan edi.
Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida bilish 
nazariyasining xususiy bir ko’rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni gnoseologiya 
(bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas. 
Pedagogik tashxisga xos xususiyat – ta’lim-tarbiya jarayonining har bir 
bosqichi va bo’g’ini hamda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, individual 
farqlarini aniqlashdan iborat. Bunda har bir aniq jarayon uchun xos xususiyatlar, 
ularning mezonlarini aniqlash alohida yoki bir guruh kishilar uchun umumiy 
bo’lishi ham mumkin. 
Pedagogik 
tashxis 
o’quv 
jarayonini 
takomillashtirish, 
undagi 
pedagogikdidaktik masalalarni aniq shart-sharoitdan kelib chiqib hal qilish 
jihatidan psixologik diagnostikadan farq qiladi. 
O’qituvchining pedagogik faoliyatini tashxislash, bir tomondan, uning o’zi, 
ikkinchi tomondan, uning hamkasblari, o’quv yurti va xalq ta’limi muassasasi 
rahbarlari hamda jamoatchilik (ota-onalar, mahalla) tomonidan tashqi tashxis
tarzida amalga oshirilishi mumkin. Tashqi pedagogik tashxis natijalari 
o’qituvchilarning attestasiyasi yoki ularning mahoratini oshirish uchun choratadbir 
belgilash hamda malaka oshirish kurslariga yuborishga asos bo’la oladi.


59 
Boshqa tomondan o’qituvchi faoliyatini refleksiv tashkil qilish – o’zini o’zi 
(“ichki”) tashxis qilishni taqozo qiladi. Ichki tashxis o’qituvchining shaxsiy 
faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni o’zi tahlil qilib, aniqlab, ularni bartaraf etish 
uchun chora-tadbirlarni ko’rish, o’zgartirish kiritishda namoyon bo’ladi. 
O’zaro aloqani o’quv-tarbiya jarayonida amalga oshirishda o’zini korreksiya 
qilishning uch turi qo’llanilib, ular o’zaro aloqaning kibernetikadagi uch xil 
tizimiga mos keladi.
Bular:
1) joriy o’z-o’zini tuzatish;
2) yakuniy korreksiya; 
3) oldinni ko’rishga asoslangan korreksiya. 
O’qituvchining uzluksiz o’z shaxsi va faoliyatini tashxislashi, unga: 
- o’z faoliyatini uzluksiz tadqiq qilish; 
- o’z vaqtida pedagogik qiyinchiliklarni aniqlash, o’quvchilar ta’limtarbiyasiga 
salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish; 
- o’z faoliyatida shakllangan salbiy kasbiy odatlar, mayl, ehtiyojlarni tuzatish; 
- o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish instrumetariysini aniqlash; 
- pedagogik qiyinchiliklarning salbiy ta’sirini aniqlash va noto’g’ri shakllangan 
odatlarni yo’qotish vositasi sifatida xizmat qiladi. 
O’qituvchi pedagogik faoliyatini video materiallar vositasida tahlil qilish natijalari 
quyidagi xulosalarga olib keldi: 
1. Video materiallarni tahlil qilish o’qituvchining o’z faoliyati va boshqalarning 
kamchilik, yutuqlarini to’g’ri aniqlash imkoniyatini beradi. 
2. Shu asosda hamkasblarining o’qituvchi faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlariga 
to’g’ri munosabatda bo’lishiga olib keladi. 
3. O’qituvchida o’z faoliyatining yutuq va kamchiliklari haqida vizual, aniq 
tasavvur hosil qiladi. 
4. Pedagogik tashxis jarayonida ekspertlar bahosiga to’g’ri munosabatda bo’ladi va 
qabul qiladi. 
5. Tasviriy vosita o’quv jarayonining yordamchi, kuchaytiruvchisi bo’lib 


60 
qolmasdan, “ichki” va “tashqi” tashxisning kuchli vositasi bo’lib xizmat qiladi. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish