1-tajriba. Izovalerian-amil efirning hosil bo’lishi. Sig’imi 10-15 ml li konussimon kolbaga 1 ml suv solib, unga ehtiyotlik bilan 1 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi, so’ngra eritma muzli suvda sovitlib, unga avval 1 ml izoamil spirt, keyin esa oz-ozdan 1 g kaliy bixromat kukuni qo’shiladi. Bunda reaksion massani doimo sovutib va chayqatib turish lozim.
Qo’shilgan hamma tuz to’liq erib ketgach, kolbaning bo’g’zigacha suv quyiladi. Aralashma tingach, uning yuzasida xushbo’y olma hidli suyuqlik qatlami-izovalerian-amil efir hosil bo’ladi.
CH3-CH(CH3)-CH2- CH2OH + 2K2Cr2O7 + 8H2 SO4
3CH3-CH(CH3)- CH2 COOH + 11H2O + 4KCr(SO4)2
3CH3-CH(CH3)- CH2 COOH +HO-CH2- CH2-CH(CH3)-CH3
CH3-CH(CH3)- CH2 C(O)-O-CH2- CH2-CH(CH3)-CH3 +H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |