4-tajriba. Borat kislota efirining hosil qilinishi. Tigelga 2 g cha borat kislota solib, qizdirilsa, u dastlab suvsizlanadi, so’ngra esa suyuqlanadi. Shundan keyin tigel sovutilsa, uning tagida tiniq qotishma hosil bo’ladi:
H3BO3 HBO2 + H2O H2B4O7 B2O3
borat angidrid
Sovigan qotishmaga 5 ml etil spirt va 2 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shib, aralashma sekin qaynaguncha qizdiriladi. Bunda ajralib chiqayotgan bug’ga gugurt chaqilsa, chiroyli yashil hoshiyali alanga bilan yonadi, bu-efir hosil bo’lganlinini bildiradi.
B2O3 + 6C2H5OH ----- 2(C2H5O)3 B + 3H2O
H2SO4
Sulfat kislota ishtirokida borat angidrid etil spirt bilan reaksiyaga kirishganda borat kislotaning uchuvchan etil efiri hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |