Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. O‘zbek yozma adabiy tili
fonetik, morfologik meyorlarining ilk shakllanishi va taraqqiyotini o‘zida aks
ettirgan umumturkiy tilga xos yozma yodgorliklar va “Qutadg‘u bilig”, “Devonu
lug‘otit turk” kabi asarlar matnlari mazkur magistrlik dissertatsiyasi uchun asos
manba qilib olindi. Shuningdek, ishda o‘zbek tilining nomlanishini belgilash
masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi tarixiy-etnografik, arxeologik adabiyotlarga
ham murojaat etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |