2-MA’RUZA: REKUPERATIV (SIRTIY) ISSIQLIK
ALMASHINISH QURILMALARI.
Ma’ruzada yoritiladigan savollar:
Asosiy tushunchalar
Rekuperativ IA qurilmalari.
Rekuperativ IAQ larining turlari.
Rekuperativ IAQ larini tanlash.
Sirtiy IAQ larida issiqlik eltgichlar devor bilan ajratilgan bо‘lib, ularda bir muxitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konstruksiyasiga kо‘ra sirtiy IAQ lari qobiq –quvurli, zmeyevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g‘ilofli, blok-grafitli va maxsus IAQ lariga bо‘linadi.
Qobiq-quvurli IAQlari xalq xо‘jaligining turli soxalarida eng keng tarqalgan va kо‘p ishlatiladigan turidir.
1-rasm. Vertikal, bir yо‘lli qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasi.
1-qobiq; 2-teshikli panjara; 3-isituvchi quvurlar; 4-patrubok; 5-qopqoq.
Quyidagi rasmda quvurlarning qо‘zg‘almas teshik panjaradi, yuir yо‘lli, vertikal qobiq –quvurli IAQ si tasvirlangan. Ushbu qurilma silindr qobiq 1 va ning ikki chekkasiga isituvchi quvurlar 3 maxkamlangan teshikli panjara 2 lardan tarkib topgan. Quvurlar о‘rami IAQ sining butun xajmini ikkiga bо‘ladi: 1) quvur bо‘shlig‘i; 2) quvurlararo bо‘shliq. Teshikli panjara 2 lar silindrik qobiq 1 ga nayvandlash usulida maxkamlanadi. Issiqlik eltgichlar kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq 1 va qopqoq 5 larda patrubkalar о‘rnatilgan. Issiqlik eltgichlardan biri, masalan suyuqlik, quvurlar bо‘shlig‘iga yо‘naltirilsa, u quvurlar orqali о‘tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltgich oqimi esa, masalan bug‘, quvurlararo bо‘shliqqa yо‘naltiriladi, isituvchi quvurlar tashqi yuzasiga о‘z issiqligini beradi va suyuq agregat xolati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqazib yuboriladi.
Muxitlar orasidagi IA jarayoni quvurlar orqali amalga oshiriladi. Isituvchi quvurlar teshikli panjaraga payvandlash, razvalsovka usullarda maxkamlanadi. Kо‘pincha, isituvchi quvurlar pо‘lat, legirlangan pо‘lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin.
Isituvchi quvurlar 3 ni teshikli panjaralar 2 da maxkamlashning eng keng tarqalgan usuli bu oddiy razvalsovkadir. Valsovka nomli asbobda radial yо‘nalishda xosil qilinadigan kuch ta’sirida quvur deformatsiyaga uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va maxkamlanadi. Quvur о‘ramining tо‘r pardaga mustaxkam joylashtirishga erishish uchun teshikli panjarada eni 2...3,% mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita xalqasimon ariqcha qilinadi. Undan tashqari, quvurlarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, salnik yordamida xam maxkamlash mumkin. Salnik yordamida zichlash murakkab va qimmat. Bu usulda maxkamlash muxitlar xaroratlari farqi katta bо‘lganda, quvurlarning bо‘ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda zichlanishi buzilmaydi.
Quvurning kirish qismini konussimon razvalsovka qilishi, maxalliy qarishilik yoki ularning uchlari issiqlik ta’sirida о‘ta isib ketish xollari yuz beradigan bо‘lsa, unda quvurlarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanishi zarur. Payvandlash choki chо‘ktirilgan, valik va ariqchada valik qoladi, xamda ariqcha va tishli kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin.
Odatda, qalin devorli quvurlarni payvandlash maqsadga muvofiq. Agar, quvurlar kuchlanish ostida ishlatiladigan bо‘lsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda quvurlarni maxkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga quvur uchlari kо‘p chiqib turishi kerak. Bu usulda quvur teshikli panjaraga о‘ta mustaxkam xolatda biriktiriladi. Agar, quvurning bir uchi panjaraga ushbu usulda portlatib payvandlansa, ikkinchisi uchi esa portlatib razvalsovka qilinsa, eng yuqori mustaxkamlikka erishsa bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |