22
O‘zbek va rus tillaridagi sifatlar o’rtasigi umumiyliklar xususida so’z yuritadigan bo’lsak,
ular har ikki tilda ham predmetning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi hisoblanadi. O‘zbek
tilida ham, rus tilida ham sifatlar sintaktik jihatdan otlar bilan birikadi va gapda odatda
aniqlovchi yoki kesim vazifasida keladi. Sifatlar belgining xususiyatiga ko‘ra asliy
(качественые) va nisbiy (относительные)ga ajratiladi. Har ikkala tilda asliy sifatlar
predmetning turg’un belgisini ifodalaydi. Bunday sifatlar ikkala tilda ham darajalanish
xususiyatiga ega, nisbiy sifatlarga esa daraja kategoriyasi mansub emas.
Ammo o’zbekcha sifatlar bilan ruscha sifatlar o’rtasida umumiy jihatlardan ko‘ra farqli
xususiyatlar ko’proq bo’lib, ular quyidlagilarda namoyon bo’ladi:
O‘zbekcha tub sifatlar maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas; rus tilidagi
sifatlarning esa otlarda bo’lgani kabi rod, son va kelishikka ishora qilib turuvchi tugalmalari
bor bo’lib, bu tugalmalar otsifatlanmishga tobelanish jarayonida namoyon bo’ladi: agar ot
mujskoy rod bo’lsa, sifat –ый, -ий tugalmalarini, jenskiy rod bo’lsa –ая, -яя tugalmalarini,
sredniy rodda –oe, -ee, ko’plikda –ые, -ие tugalmalarini oladi. Bu tugalmalar hatto bosh
kelishikdagi sifatlarda ham ko‘rinib turadi. Masalan:
Birlikda:
м.р. ж.р.
И.п. красная лента (qizil tasma) красный шарф
Р.п. красной ленты (qizil tasmaning) красного шарфа
Д.п. красной ленте (qizil tasmaga) красному шарфу
В.п. красную ленту (qizil tasmani) красный шарф
Ko‘plikda:
И.п. красные ленты (qizil tasmalar) красные шарфы
Р.п.
красных лент (qizil tasmalarning) красных шарфов
Д.п. красным лентам (qizil tasmalarga) красным шарфам
В.п. красные ленты (qizil tasmalarni) красные шарфы
Misollardan xulosa chiqarish mumkinki, o’zbek tilida sifatlar o‘zi bog’lanib kelgan ot
bilan moslashish uchun ma‘lum grammatik vositalarni olib o‘zgarmaydi, ruscha sifatlar esa
otsifatlanmish bilan rod, va sonda moslashib, kelishiklar bo‘yicha turlanadi.
O‘zbek tilidagi asliy siffatlarda uch daraja ajratiladi: oddiy daraja; orttirma daraja;
ozaytirma daraja. Rus tilida esa sifatlarning oddiy, qiyosiy, orttirma daraja shakllari mavjud.
O‘zbek tilida sifatlarning orttirma daraja shaklini hosil qiluvchi morfologik vositalar
yo‘q. Bunday shakl fonetik (qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq) yoki leksik usul (
eng, juda,
g’oyat, rosa, o‘ta, nihoyat, bag’oyat so’zlari) yordamida yuzaga keladi. Rus tilida esa
orttirma daraja –ейш, -айш suffikslari, наи- prefiksi yoki самый so’zi vositasida, qiyosiy
daraja –e, -ee suffikslari, ba‘zan esa suppletiv usul bilan (хорошо-лучше) hosil qilinadi. Buni
quyidagi tablitsadan ko‘rish mumkin.
Sifatlarning qiyosiy darajasi rus tilida «nisbatan», «ancha» ma‘nolarini beradigan bolee
yoki menee so’zlari bilan ham hosil qilinadi:
Летом в Андижане более прохладно, чем в в
Do'stlaringiz bilan baham: