Falsafiy bilimlar doirasi juda keng bo’lib, ularning tarkibiga axloqiylik va go’zallik haqidagi
bilimlar tizimini o’z ichiga oladigan etika va estitika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi.
Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi
davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati
ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik,
ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli “Avesto”, “Bibliyo” va
“Qur’on” kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida
axloqiylikni – ichki go’zallik, nafosatni- tashqi go’zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko’rib
o’tganimizdek, san’at estetikaning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa
axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi va ijodkor eng yuksak axliqiy darajani badiiy qiyofalar orqali
in’ikos ettiradi. Bu in’ikos bevosita ijobiy qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqea-
hodisalarga muallif nuqtayi nazari orqali ro’y berishi mumkin. Ya’ni, biror-bir badiiy asarda ijobiy
qahramonlar umuman bo’lmaydi,lekin undagi voqea- hodisalarga ijodkor o’z zamonasi erishgan axloqiy
yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois axloqsiz badiiy asarning bo’lishi mutlaqo mumkin emas.
Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning hatti- harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi; odam toki
harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz. Muayyan hatti- harakat sodir
qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz.
Go’zallik esa, o’zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko’kaldosh madrasasi. U hech qachon
harakat qilmaydi, lekin go’zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning go’zalligiga putur yetmaydi.
I.Kant. Leksii po etiki (1780-1782). // Eticheskaya misl.Nauchno- publisicticheckiye’ cheteniya. M., «Ipl», 1990, 297-322b.
8
Bundan tashqari, axloqning qonun- qoidalariga, nasihatlar, hikmatlar umumiylikka, barchaga bir xilda
taalluqlilik xususiyatiga ega. Estetika esa muayyanlikni aniqlikni yoqtiradi. Masalan,
axloqshunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasi hammaga- ayolga ham, erkakka ham, yoshu qariga ham
tegishli bo’lishi mumkin. Estetikada esa «go’zal odam» tushunchasi yo’q; yo «go’zal yigit», yo «go’zal
qiz» degan tushunchalargina mavjud. Chunki, erkak kishidagi chiroyli mo’ylov faqat erkakning yuzida,
ayol kishidagi husnlardan biri-ko’krak faqat ayol kishi vujudida go’zallikka ega. Endi mo’ylov burab
so’zlayotgan ayolniyu, siynaband taqib yurgan erkakni tasavvur qiling! Boyagi go’zalliklar xunuklikka
aylanadi-qoladi. Shuningdek, go’zallik bir vujudda ham faqat o’z o’rnini talab qiladigan «o’ta injiqlik»
xususiyatiga ega. Shu joyda olmon nafosatshunosi Fexner qo’llagan misolni keltirish o’rinlidir.
Mutafakkirlarning fikricha, qiz bola yuzidagi qizillik uning go’zalligidan galolat beradi. Biroq, qizillik
uning burni ustiga ko’scha –xunuklikka aylanadi. Demak, axloq uchun- umumiylik, nafosat uchun esa –
muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi.
Etika (Axloqshunoslik) va Huquqshunoslik. Qadimgi Rim huquqshunoslaridan biri Ulpianning
ta’kidlashicha «huquqni o’rganuvchi, avvalo huquq (ins) so’zining kelib chiqishini yaxshi bilmog’i
kerak». «Huquq»odil sudlov (institia) so’zidan olingan bo’lib adolat va yaxshilik haqidagi fandir.
Axloq jamiyat paydo bo’lishi bilan birgalikda mavjud bo’ladi. Huquq esa jamiyatning tadrijiy
rivojlanishining ma’lum bosqichida paydo bo’ladi. Huquq tushunchasi amerikalik huquqshunos olim
Loures Fredmanning tarifiga ko’ra «lahza kabi o’tkinchi, suv pufagi kabi nobarqaror, chinni idishlar kabi
nozik, benihoya ko’p qiralarga ega bo’lgan» tushunchadir
1
.. Shuning uchun ham huquq va axloq
munosabatlari, huquqning ijtimoiy normalar tizimida tutgan o’rni haqida gap ketar ekan huquqning
falsafiy mohiyatini yanada mukammalroq bilish kerak bo’ladi.
Axloqshunoslik pedagogika fani bilan chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni
shakllantirish, tarbiyalash, ta‘lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darsliklarisiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Axloqshunoslik o’zining nazariy va amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi
hisoblanadi. Maorif tizimidagi ta‘lim-tarbiya ham axloqiy tarbiya sifatida namoyon bo’ladi.
Axloqshunoslik bilan dinshunoslik o’zaro aloqadorlikda bo’lib, har ikkalasi ham axloqiy mezon
muammosini hal etishga qaratiladi. Din ham ijtimoy ong shakllaridan biri bo’lib, umumjahoniy dinlar
vujudga kelgunga qadar mavjud bo’lgan urf-odatlar va qadriyatlar, muayyan diniy qonun-qoidalarga,
muqaddas diniy kitoblarga katta ta‘sirini o’tkazgan. Qur‘oni Karim, Hadisi Sharif, Ijmo‘ muayyan
mezonlar va talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shaklanishida katta ahamiyat kasb
etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farqi, shundaki
axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai-nazardan yondoshadi.
Qadimgi davrdanoq axloqshunoslik ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu
ikki fan ham kishilar hatti-harakati, fe‘l-atvori va mayl-istaklarini o’rganadi. Ruhshunoslik u yoki bu
hatti-harakat, fe‘l-atvor, sababiy asos (motiv) larning ruhiy tabiati, shakllanish shart-sharoitlarini ochib
beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan Hadislarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.
Axloqshunoslik sotsiologiya fani bilan aloqada bo’lib, bu ikkala fan ham inson faoliyatini
boshqarishning ijtimoiy tomoni – axloqni o’rganadi. Lekin, axloqshunoslik sotsiologiyaga nisbatan keng
tushunchadir. Sotsiologiya jamiyatdagi insonlarning ommaviy hatti – harakatlari va ularning
qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak
yutug’i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy, ham axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli
hatti - harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o’rganadi.
Axloqshunoslik siyosatshunoslik fani bilan chambarchas bog’liqdir. Siyosat, davlat ishlari
faoliyati bilan shug’ullanar ekan, davlat ishlaridagi har bir jarayonda axloq, odob, hulq e‘tiborga olinadi.
Davlatda ichki va tashqi siyosat namoyon bo’ladi. Bu jarayon ziddiyatli o’tadi. Siyosat qay darajada
axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo’ladi. Siyosatda faoliyat ko’rsatadigan har bir jarayon,
faoliyat odob orqali amalga oshishi kerak. Rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari
axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalar ham siyosatshunoslik bilan
chambarchas bog’liq.
Axloqshunoslik ekologiya fani bilan ham aloqadorlikda. Axloqshunoslik ko’proq insonning o’zi,
o’zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini hal etish bilan shug’ullangan, uning tabiatga bo’lgan
munosabatini chetda qoldirib kelgan. Bugunda tabiatga bo’lgan insonning munosabati achinarli holdadir.
1
Fridman L. Vvedenenie v amerikanskoe pravo. M.: 1992, C.8
9
Tabiatning ekologik muvozanati buzildi. Ekologik bo’ron ekologik manzarani buzdi. Endilikda global
(umumbashariy) muammolar ko’proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog’liq ekanligi
ma‘lum bo’lib qoldi.
Hozirgi kundagi ekologik muammolarni bartaraf etishda axloq, muhim rol o`ynaydi. Insonlarning
tabiatga bo’lgan munosabatidan ekologik axloqshunoslik maydonga keldi.
Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasi bilan ham o’zaro aloqadorlikda bo’lib, uning ildizi qadimgi
tarixga borib taqaladi. Milliy mafkura tizimida axloqiy g’oyalar albatta o’z o’rniga ega bo’ladi, axloqiy
g’oyalar zamirida milliy mafkura g’oyalari yotadi.
Axloqshunoslik fani jamiyat a‘zolari va har bir fuqaroga milliy istiqlol g’oyasini singdirish
vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Axloqshunoslik milliy istiqlol g’oyasini axloqiy anglash
vositasida ro`yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: