4
S O’ Z B O SH I
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, barcha ijtimoiy fanlar kabi falsafa fanining ham muammolariga
munosabat o’zgardi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy- gumanitar fanlarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni iva ahamiyati
ustida alohida to’xtab qo’yidagi fikrlarni aytgan edi: « Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish,
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlari, uning qanday bo’lishini ko’rsatab berishdan iborat, deb tushunaman.
Odamlarga mustaqillikning afzalligining, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu bir tabiiy qonuniyat
ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita bilmog’I lozim».
1
Falsafa ko’p qirrali, umumiy ijtimoiy- ma’naviy bilimlar tizimidir. Falsafa ijtimoiy ongning nazariy shakli sifatida,
jamiyatdagi аxloqiy, estetik, mantiqiy va boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan jamiyatning bir butun moddiy va ma’naviy
hayoti bilan chambarchas borliqdir.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach barcha ijtimoiy fanlar kabi axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o’z
yuksak mavqeini egallab bormoqda. «O’zbekistonning kelajagi, buyukligi avvalo, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy, siyosiy
va estetik jihatdan kamol topishi bilan chambarchas bog`liqdir. Bu esa ijtimoiy ong shakllari, shu jumladan, axloqiy - estetik
ongni shakllantirish va rivojlantirishni talab etadi».
Etika (axloqshunoslik) hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zuravonlikka,
adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina u yolg’onga bo’ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu
yo’l bilan ahamiyati pasaytirilgan.
«Aslini olganda, - deb ta‘kidlaydi Prezident I.A.Karimov, - axloq – ma‘naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki
salom-alik, xushmuomilalikdangina iborat emas. Axloq – bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani».
Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik, ko’rinishlariga loqayd qarovchilarga va bu fanlarni
yengil-elpi, ikkinchi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolatli zarba bo’lsa, ikkinchi tomondan etikaning jiddiy nazariy
tadqiqotlarga suyanishi keraqligini ta‘kidlaydi. Zero, hozirgi sharoitda milliy va umuminsoniy etik qadriyatlar hamda qadimiy
urf-odatlar, an‘analar mustaqil O’zbekistonda yangi zamon ma‘naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo’lib xizmat qilishi talab
etadi.
Mazkur Etika (axloqshunoslik) fanidan yozilgan ma‘ruza matnlari oliy ta‘limdagi nofalsafiy bakalavriat tizimi
talabalari uchun yangi namunaviy dastur asosida yozilgan hamda talabalarga axloqshunoslik tarixi hamda nazariyasidan
zamonaviy bilim berishga, ularni yuksak axloq egasi qilib tarbiyalashni yuksaltirishga yo’naltirilgan.
1
I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Т., «Sharq»nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati,1998, 25-bet .