2.4. Turkiston jadidchilik harakatining vujudga kelishi va
uning milliy – ozodlik mafkurasigi aylanishi.
Turkistonda jadidchilik, ma’rifatchilik harakati o’zining O’rta va Yaqin Sharqdagi, Qrim,
Qozon, Ufa va Ozarbayjondagi qardoshlari Said Ahmadxon, Jamoliddin Afg’oniy, Butrus al-
Bustoniy, Jo’rji Zaydon, Muhammad Abdu, Muhammad Kavokibiy, Javod Husayinzoda, Imom
Rizouddin ibn Fahriddin, Shayx Muso Jorulloh, G’aspirali Ismoilbey va boshqalarning diniy-
islohchilik, marifatchilik g’oyalari va harakatlari ta’sirida chuqur sifatiy o’zgarishlarga uchradi. Oqibatda,
Chor Rossiyasining o’zida turkiymusulmon xalqlarining uyushishi g’oyasini ilgari surgan G’aspirali
Ismoilbey ta’sis etgan «Tarjumon» gazetasi platformasida turgan, ancha- muncha siyosiy ta’sirga ega
bo’lgan milliy- ozodlik harakati, uning ma’rifatchilik mafkurasi- jadidchilik vujudga keldi.
Turkiston xalqining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning
birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va
mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga
xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va
mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston o’lkasi general gubernatorlaridan
biri A.N.Kuropatkinning o’z kundaliklarida qayd etganidek: «Biz Turkiston xalqlarini yarim asr
mobaynida jahon madaniyati va tsivilizatsiyasidan chetda tutib turdik» qabilidagi so’zlari yaqqol
anglatadi. Ayni chog’da Turkiston xalqlari Chor Rossiyasining mustamlaka zulmidan qutulish, milliy
davlatchilikni ko’rish, o’z milliy iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga yo’l ochishga qat‘iy
kirishgandilar. Bu jarayonlarning yetakchi kuchi-milliy savdo-sanoat burjuaziyasi hisoblanib, u juda katta
qiyinchiliklar bilan bo’lsada, xalqimizning tub iqtisodiy-siyosiy va ma‘naviy–axloqiy manfaatlarini
himoya qiladigan nazariy asos-jadidlar ma‘rifatchiligini shakllantirib, uni har tomonlama qo’llab-
quvvatlamoqda edi. Shu ijobiy ta‘sir asta-sekinlik bilan Turkistonda yangi Uyg’onish davrini boshlab
berdi. Maxalliy ziyoliliar orasida o’z xalqini ozod ko’rishga va jahonning boshqa millatlari bilan
tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu Uyg’onish Ovrupa ma‘rifatchiligiga
nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo’ldi. Shuningdek, O’rta asrlar o’rtaga tashlagan
ma‘rifatparvarlik g’oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha ma‘rifatparvarlik tarzida
namoyon bo’lish imkoniyati yaratildi. Ilg”or g’oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan
ziyolilar vujudga kelgan edi. Bo’lar keyinchalik jadidlar deb atala boshlandi.
Jadid – (arabcha-yangi), yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy tarraqqiyot
usullari, yo’llari, tarafdorlarining umumiy nomi hisoblanadi.
Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asrning birinchi choragida turkiy-musulmon o’lkalari (Qrim,
Kavkaz, Volga bo’yi – Bulgor va Janubiy Ural havzasi, Turkiston) da shakllanib kelayotgan milliy
burjuaziya muhitidagi vujudga kelgan. U o’sha davrda Turkistonda milliy mafkura vazifasini bajardi.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik,
xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy
taraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora
usulidagi ozod va farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat tili makomini berish, milliy pul birligi,
milliy qo’shin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma‘rifatchilarining Turkiston o’lkasida ma‘rifatparvarlik
g’oyalarini tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining
vujudga kelishi asta-sekin bo’lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi
mahalliy xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy
19
taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy – ozodlik harakati uchun zamin
tayyorlashga muvaffaq bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g’oyalari
tarqala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shahobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ’ibot, jadidchilik
harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi.
Xulosa. Qadimgi dunyo axloqshunoligi, o’rta asrlar mutafikkirlarining axloqiy ta‘limotlari
ijtimoiy hayot, ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Talaba – yoshlar ta‘lim-tarbiya jarayonida
tarixga murojaat qilib, undan tanqidiy foydalanib hayotga tadbiq qilish zarurligini esdan chiqarmasliklari
kerak. O’tmish tarixidan ijobiy foydalanish , undan to’g’ri xulosalar chiqarish talab etiladi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov: «Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga
to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin»
1
, - deb ta‘kidlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |