O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


Neft va gaz quduqlarini dengizda burg‘ilash



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

42.4. Neft va gaz quduqlarini dengizda burg‘ilash 
 
Dengiz va uning qirg‘oqlarida burg‘ilash ishlarini olib borishning bir qator o‘ziga 
xos bo‘lgan xususiyatlari mavjud bo‘lib, har xil murakkabliklarni keltirib chiqaradi. 
Burg‘ilash qurilmalariga dengizdagi to‘lqinlar, suv sathining ko‘tarilib va pasayib 
turishi, suvni oldinga chopishi, dengiz oqimlari, shamollar, tumanlar, suvning 
muzlashi, har xil geologik va boshqa omillar ta’sir qiladi.


382 
Suvning chuqurligi, to‘lqinning o‘rtacha balandligiga va qirg‘oqdan bo‘lgan 
oraliq masofasi quduqning to‘rini va burg‘ilash konstruksiyasining asosini aniqlaydi.
Sayoz bo‘lgan konlarni ishlashda – qoziqli asoslardan foydalaniladi: tubiga 
qoziqlar qoqiladi, platforma tushaladi, uning ustiga burg‘ilash qurilmalari o‘rnatiladi, 
bino joylashtiriladi va h.k.
Dengiz tirkamalari yordamida quduq burg‘ilanadigan joyga olib kelinadi
pontonlar asta – sekin suv bilan to‘ldiriladi va 90
0
ga firma buriladi va tubga nisbatan 
tik holatga keladi. Undan keyin pontonlar asosdan ajratiladi, undagi suv haydab 
chiqariladi, ular suzadi va qirg‘oqqa olib kelinadi.
Burg‘ilash qurilmasining asoslari temir qoziqlar yordamida qo‘shimcha holatda 
mustahkamlanadi. Bunday burg‘ilash qurilmasining umumiy balandligi 165 metrgacha 
bo‘ladi. Uni to‘lqinlarning balandligi 28 metrgacha va shtormali shamollarning tezligi 
210 km/soat bo‘lganda ham ishlatish mumkin.
Xuddi shunday po‘lat asosli burg‘ilash qurilmalari kabi betonli asoslar ham 
qo‘llaniladi, tik turuvchi yarim silindrlardan yig‘iladi va oldindan zo‘riqtirilgan 
(kuchaytirilgan) betonlardan tayyorlanadi.
Bunday massiv inshootda dengiz tubidagi qoziqlar qo‘llanilganda ham ishonchli 
tura oladi. Bunday asosning balandligi 234 metrgacha, massasi esa 250 ming 
tonnagacha bo‘ladi. Asosning ichidagi bo‘sh konstruksiyadan neft omborlari sifatida 
foydalanish mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan asosning konstruksiyasi razvedkaviy burg‘ilash 
qurilmalari uchun yaroqsizdir, chunki dengizda neftni izlash erkin holatda olib boriladi. 
Shuning uchun bunday maqsadlar uchun qo‘zg‘aladigan tayanchli platformalar 
yaratilgan. Bunday konstruksiyalar Azarboyjon Respublikasida qo‘llanilgan bo‘lib, 
ularga “Apsheron” 1800/15, “Azorboyjon” 3000/20, “Boku” 600/60 kiradi.
“Boku” burg‘ilash qurilmasi yordamida quduqlarni 6000 metrgacha burg‘ilash 
mumkin. U to‘rtta tayanchga ega bo‘lib, har birining balandligi 104 m, 60 metr 
chuqurga ketadi, platformaning maydoni 2700 m
2
, dengiz sathidan 10-12 metr yuqoriga 
ko‘tariladi, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 4 MVT li 4 ta dizel – generatoriga 
ega. Qurilmada burg‘ilash minorasining balandligi 54 metr, ikkita 12,5 tonnadan yuk 
ko‘taruvchi kranga ega, ekipajda 50 ta odam xizmat qiladi. (17.5-rasm, b) . 
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish 
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq bo‘lib, 
dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida (zanjirlar yoki 
troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon jihozlariga ham 
biriktiriladi. Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan farqi dengiz 
konlarini jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunda
inshootning seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi neftgaz koni qisqa 
muddatda ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida tugallash) fondi 
oldindan burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi mumkin; kon 
jihozlarini tezlik bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida qazib olishga o‘tish 
mumkin; tayanch tortilgan platformani dengizda boshqa chuqurlikda joylashgan bir 
kondan boshqasiga ko‘chirish mumkin; noqulay gidrometrologik sharoitda joylashgan 
rayondan qulay rayonga ko‘chirish mumkin; favqulotdagi vaziyatlar paydo bo‘lganda 
o‘z vaqtidan oldin ko‘chirish mumkin. Dengiz konlaridan gaz qazib olishda 


383 
suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqara oladigan suzuvchi zavodlardan foydalanish 
istiqbolli hisoblanadi. 
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish 
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq bo‘lib, 
dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida (zanjirlar yoki 
troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon jihozlariga ham 
biriktiriladi. 
Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan farqi dengiz konlarini 
jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunda inshootning 
seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi neftgaz koni qisqa muddatda 
ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida tugallash) fondi oldindan 
burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi mumkin; kon jihozlarini tezlik 
bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida qazib olishga o‘tish mumkin; tayanch 
tortilgan platformani dengizda boshqa chuqurlikda joylashgan bir kondan boshqasiga 
ko‘chirish mumkin; noqulay gidrometrologik sharoitda joylashgan rayondan qulay 
rayonga ko‘chirish mumkin; favqulotdagi vaziyatlar paydo bo‘lganda o‘z vaqtidan oldin 
ko‘chirish mumkin. Dengiz konlaridan gaz qazib olishda suyultirilgan tabiiy gaz ishlab 
chiqara oladigan suzuvchi zavodlardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish