300
mahsulotlarini qoyishda gaz fazadagi neft mahsulotlar bug’larining ko’tarilishida “katta
nafas olish” va rezervuarda harorat oshishi bilan (quyosh nuri ta’sirida) mahsulotlarni
bug’lanib chiqishi yoki aksincha, harorat kamayishi bilan (kechqurun) havo gaz
kirishidagi “kichik nafas olish” farqlanadi. Neft mahsulotlarining atrofga “katta nafas
olish” va “kichik nafas olish” orqali yo’qotilishining oldini olish zarur. Bunga qarshi
ko`rashishning foydali usullari quyidagilardan iborat: rezervuarlar o’rtasida gaz sathini
saqlab turish bog’lami tashkil qilinadi; rezervuarlarni “nafas oluvchi” yoki “suzuvchi”
tom bilan jihozlash; rezervuarlarning tomchi ko’rinishidagi yoki sharsimon shakllar
yaratiladi. Odatdagi sharoitlarda “suzuvchi” tomli rezervuarlardan foydalanish nisbatan
samarali hisoblanadi.
“Suzuvchi”, ya’ni harakatlanuvchi tomli rezervuarlar tik silindr shaklida bo’ladi,
unda doimo mahsulot ustida suzuvchi metall disk ponton bo’ladi. U to’liq suyuqlik
yuzasini egallaydi. Diskning suzuvchanligini uni 2 qavatli devorli qilib tayyorlash yoki
yengil metall pontonlardan foydalanish yo’li bilan ta’minlanadi. Ko’pgina
mamlakatlarda juda katta rezervuarlar uchun bir qavatli va to’liq perimetri boyicha
ponton o’rnatilgan “suzuvchi” tomlar ishlatiladi. Ponton tomning 20-25% qismini
tashkil qiladi. Tomning vakuum ta’sirida buzilishining oldini olish uchun tomga
o’rnatilgan vakuum klapanlar havo kirishini ta’minlaydi. Agar rezervuar statsionar tom
bilan jihozlanmagan bo’lsa, u holda suv “suzuvchi” tom orqali drenaj sistemasida
shlanglar yoki quvurlar orqali chiqariladi. Disk va rezervuar devori orasidagi masofa
maxsus zichlashtiruvchi yordamida zichlanadi. Zichlashtiruvchi mexanik (qattiq) va
yumshoq (elastik) bo’ladi. Zichlashtirgichning yaxshi ishlashi uchun rezervuar devori
silliq bo’lishi kerak. Mexanik zatvorlar konstruktsiya boyicha har xil va tayyorlanishda
murakkab bo’ladi, shuning uchun ular yumshoq zatvorlarni ishlatish mumkin
bo’lmagan paytda ishlatiladi. Yumshoq zatvorlar pererozin materiallardan,
penopoliuretan va boshqa elastik va chidamli materiallardan tayyorlanadi. Labsimon
suyuqlikli va havoli zatvorlar ishlatiladi. Labsimon zatvorlarda zichlash har doim
rezervuar devoriga yopishib turuvchi labsimon materiallning zichlashtirishi hisobiga
ta’minlanadi. Suyuqlikli zatvorlarda suv bilan to’ldirilgan yumshoq qopcha
suyuqlikning og’irligi hisobiga devorga siqiladi. Havoli zatvorlarda zichlanish havo
hisobiga amalga oshadi.
Suyuqlikli va havoli zatvorlarning labsimon zatvorlarga nisbatan konstruktsiyasi
murakkab. Amaliyot shuni ko’rsatdiki, rezervuarlarda “suzuvchi” tomni ishlatish neft va
neft mahsulotlarining yo’qolishini “kam nafas olish”da 80-85%ga kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: