O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Kon quvur uzatmalarning quduq mahsulotini yig‘ish va uzatishda tutgan



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

6.1. Kon quvur uzatmalarning quduq mahsulotini yig‘ish va uzatishda tutgan 
о‘rni, tasnifi va toifalari 
Neft 
konladagi 
quduq 
mahsulotlarini 
tashiydigan 
quvur 
uzatmalar 
quyidagilarga bо‘linadi:
1) mо‘ljallanishi bо‘yicha–neft о‘tkazgichlar, gaz о‘tkazgichlar, neft gaz 
о‘tkazgichlar va suv о‘tkazgichlarga; 
2) napor qiymati bо‘yicha– naporli va naporsiz; 
3) ishchi bosim bо‘yicha–yuqori bosimli quvur о‘tkazgichlar (6,4 MPa va 
undan yuqori), о‘rtacha (1,6 MPa ) va past bosimli (0,6 MPa ); 
4) yotqizilish usuli bо‘yicha–yer ustiga, yer ostiga, yerga va suv ostiga; 
5) bajaradigan vazifasiga muvofiq– otma chiziqqa, quduqning ustidan guruhli 
о‘lchov qurilmasigacha; neft, gaz, suv va neft-gaz-suvlarni yig‘ish kollektorlari 
uchun; tovar neft о‘tkazkichlari; 
6) ishning gidravlik sxemasi bо‘yicha–oddiy quvur о‘tkazgichlar, tarmoqlari 
mavjud bо‘lmagan va murakab quvur о‘tkazgichlar, yopiq tarmoqlangan quvur 
о‘tkazgichlar.
Haydovchi quduqlarga qatlam bosimni ushlab turish uchun suvlarni 
tashiydigan quvur о‘tkazgichlar quyidagilarga bо‘linadi:
a) magistral suv о‘tkazgichlar; 
b) shoxli nasos stansiyasiga (SHNS) suv keltiruvchi magistral quvur 
о‘tkazgichlardan tortilgan quvur о‘tkazgichlar;
v) SHNSsidan haydovchi quduqlarga tarqatuvchi suv о‘tkazgichlar. 
Quvur о‘tkazgichlar quvurlarni suyuqlik bilan tо‘ldirib oqadigan naporli, 
quvurlarni tо‘ldirib oqmaydigan naporsiz turlarga bо‘linadi.
Otma chiziqlar va neftni yig‘ish kollektorlarini neft bilan tо‘ldirib oqadi, 
otma chiziqlar yoki kollektorlar gaz bilan mashg‘ul bо‘ladi. Bu gazlar neftni harakati 
jarayonida yoki ajratgichlarning ishini yomon bо‘lganligi uchun neftga qо‘shilib 
qoladi.
О‘zi oqar neft о‘tkazgichlarda neft gravitatsiya kuchi ta’sirida boshlang‘ich va 
oxirgi otmetkalarning farqi hisobiga oqadi. Bunda neft о‘tkazgichda neft va gaz 
alohida harakatlansa, u holda bunday neft о‘tkazgich erkin-о‘zioqar yoki naporsiz 
deyiladi, gaz fazasi mavjud bо‘lmaganda –naporli-о‘zioqar deyiladi. 
Neft va uning tarkibidagi mexanik zarralar otma chiziq orqali AGО‘Qsigacha 
quduq usti va AGО‘Qsining bosimlari farqi hisobiga tashiladi. Otma chiziqlar 
quduqlarning debitiga bog‘liq holda 50 mm.dan 150 mm.gacha qabul qilinadi va 
yerning ostiga yotqiziladi. Otma chiziqlarning uzunligi texnik-iqtisodiy hisoblar 
asosida va 4 km.gacha yetishi mumkin.
AGО‘Qsidan otma chiziqlar orqali mahsulotlar 14-56 quduqlardan 
(Sputniklarning soniga bog‘liq holda, texnik iqtisodiy hisoblar asosida) olib ketiladi, 
SNS sigacha yoki NTQ gacha amalda yig‘ish kollektorlari 200 mm.dan 500 
mm.gacha diametrdagi quvurlar, uzunligi 2 dan 10 km.gacha yotqiziladi. Neftli 
gazlarni yig‘ish uchun va uni neft konidagi iste’molchilarga yetkazish uchun yig‘ish 
gaz о‘tkazmalari inshootlari quriladi. 


59 
Konni qurish obyektlarini loyihalashtirishda quduqlarni joylashuviga 
asoslaniladi, konni ishlatish loyihasi ishlanadi va quduqlarning debiti hisoblanadi. 
Konda quduqlarning joylashuvi ma’lum bо‘lgandan keyin yer yuzi relyefiga muvofiq 
guruhli о‘lchov qurilmaning joyi va hamma quvur о‘tkazgichlarning trassalari 
tanlanadi.
Quvur о‘tkazgichlarning trassa chizig‘i joylarda quvur о‘tkazgichlarni chizig‘i 
hisoblanadi. Bu chiziqlar xarita yoki mahalliy rejaga tushiriladi va trassaning rejasi 
deyiladi. 
Kon maydonida quvur о‘tkazgichlarning loyihalashtirish quyidagi asosiy 
masalalarni hal qiladi: 
1) otma chiziqning tejamkor uzunligi va diametrini hamda yig‘ish 
kollektorlarini metall sarflari minimumga keltiriladi; ularni qurish va foydalanish 
xarajatlarining kamligi;
2) bir fazali, kо‘p fazali suyuqliklarni (neft, gaz, suv) tashishda quvur 
о‘tkazgichlarning gidravlik, issiqlik va mexanik hisoblari;
3) quvur о‘tkazgich trassasini tanlash;
4) quvur о‘tkazgichni tavsiflovchi bо‘ylama profilini tuzish.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish