O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
GIDROTЕXNIKAGA KIRISH
(Ma‘ruzalar matnlari to’plami)
Qarshi – 2010 y.
Tuzuvchi: Xurramov Sh.X. – QarMII Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: 1. Ochilov A.O. – t.f.n., dotsent (QarDU);
2. Urishev B.U. – t.f.n., dotsent (QarMII)
Ma‘ruzalar matnlari to’plami 5.650700 – «Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish» bakalavriat ta‘lim yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan. Unda «Gidrotexnikaga kirish» fani bo’yicha namunaviy dasturdagi ma‘ruzalarning qisqacha mazmuni yoritilgan.
Сборник текстов лекций предназначен для студентов, обучающихся по направлению 5.650700 – «Эксплуатация гидротехнических сооружений и насосных станций». В нем изложены краткие содержания лекций приведенных в типовой программы по предмету «Введение в гидротехнику».
QarMII uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
© Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, 2010.
1. KIRISH. SUV RЕSURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH
1.1. Gidrotexnikaga kirish fanining predmeti va vazifalari
Respublikamizning iqtisodiy yuksalishi suv xo’jaligi va melioratsiyaning bundan keyingi rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli mamlakatimizda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlarni ishlatishni to’g’ri yo’lga qo’yish hamda yirik gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta‘minlash, sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish, sug’orish tarmoqlarida va sug’orish jarayonida suvning behuda isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kabi masalalarga jiddiy e‘tibor berilmoqda. Suvga bo’lgan munosabatlarni tubdan isloh qilish maqsadida mamlakatimizda qator Qonun va Qarorlar qabul qilindi, 1993 yilda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», 1999 yilda qabul qilingan «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida» gi Qonunlar shunday huquqiy xujjatlar jumlasiga kiradi.
Suv xo’jaligi sohasini yanada rivojlantirish va uni zamonaviy texnologiyalar bilan ta‘minlashda bevosita faoliyat ko’rsatadigan bakalavr darajasiga ega bo’lgan gidrotexniklar o’zlari tanlagan soha bo’yicha ma‘lum bilim va tushunchalarga ega bo’lishlari lozim, chunki ular o’zlarining amaliy faoliyatlarida gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalari va ularda ishlatiluvchi qurilmalar bilan bevosita munosabatda bo’ladilar.
Gidrotexnikaga kirish fanini o’rganishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Gidrotexnikaning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot yo’li uning ilmiy-texnika taraqqiyotidagi o’rni va asosiy tushunchalari bo’yicha zarur bilim va ma‘lumotlarni o’rganish;
2. Suv ob‘ektlari, gidrotexnika inshootlari hamda ularni muhofaza qilish bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish;
3. Tabiiy va sun‘iy suv o’zanlari tasarrufidagi gidrotexnika inshootlarii hamda ularning mexanik jihozlari to’g’risidagi boshlang’ich ma‘lumotlar va bilimlarni o’zlashtirish;
4. Injenerlik melioratsiyasi, sug’orish va zax qochirish bo’yicha boshlang’ich tushuncha va ko’nikmalarga ega bo’lish;
5. Gidrotexnika qurilishini olib borish texnologiyasi va uni tashkillashtirish, qidiruv va loyihalash ishlarini olib borish uslubiyotlari bilan tanishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |