Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
“Umumiy psixologiya” fani Umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-4 kursning 1-8-semestrlarida o‘qitiladi.
“Umumiy psixologiya” fani sotsiologiya va psixologiya ta’lim coha fanlar turkumiga kirib, u “5210203-Psixologiya (amaliy psixologiya)” ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. Mazkur fan bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi “Mutaxassislikka kirish”, “Eksperimental psixologiya va praktikum”, “Sotsial psixologiya”,“Sotsialpsixologik trening”, “Pedagogik psixologiya va psixologiyaning o‘qitish metodikasi”, “Individual va guruhiy konsultatsiya”, “Mehnat va muhandislik psixologiyasi”, “Psixologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari” kabi fanlar bilan uslubiy jihatdan bog‘liqdir.
Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Umumiy psixologiya fanini o‘rganishdan olingan bilimlarni quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
-ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlodning barkomol inson bo‘lib kamol topishi, psixologiya sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy muammolarni yechishga yuksak qobiliyatli faoliyat ko‘rsatishda ularni zarur bilimlar bilan qurollantirish uchun xizmat qiladi.
-jamiyatni rivojlantirishda shaxs va jamiyat, subyekt va subyektlar orasidagi munosabatlarni:
- shaxsning o‘z-o‘zini anglashini;
-shaxs tomonidan voqelikni idrok etishini;
-bilishning psixologik asosga ega ekanligini anglashda;
-psixologik xizmatni tashkil etish;
-ishlab chiqarish jarayonlarida psixologik muammolar mohiyatini tushunishda.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslub jihatdan ketma-ketligi umumiy psixologiya fani falsafa, oliy asab tizimi fiziologiyasi va anotomiyasi, sotsiologiya, pedagogika, “Mutaxassislikka kirish”, , “Eksperimental psixologiya va praktikum”, “Sotsial psixologiya”,“Sotsial-psixologik trening”, “Pedagogik psixologiya va psixologiyaning o‘qitish metodikasi”, “Individual va guruhiy konsultatsiya”, “Mehnat va muhandislik psixologiyasi”, “Psixologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari” o‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan.
Fanni o‘qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash
“Umumiy psixologiya” fanining o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning rolli o‘yinlar, “Loyihalashtirish”, ”Klaster", "Bumerang", "Matbuot konferensiyasi" singari metodlari orkeli xayda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi va mashg‘ulotlardagi ma’lumotlar multimedia vositalari yordamida takdimot kilin.
Do'stlaringiz bilan baham: |