O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

I. Tashkiliy qism: 
Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston 
hafta ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
Talabalarning yurtimizning qo’shni mamlakatlar bilan hozirgi davrdagi hamkorligi haqida 
axborotlarini tinglash.
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu rejasi: 
1.Geografik joylashuvi. 
2.Tili va antropologik xususiyatlari. 
3.Xo’jalik-madaniy tiplar. 
4.Ijtimoiy munosabatlarning o’ziga xos jihatlari. Ibtidoiy munosabatlar qoldiqlari.
Uy-joyi, kiyim-kechaklari va taomlari. 
5.Diniy qarashlari. Xalq og’zaki. San’at. 
Yangi mavzu qisqa bayoni: 
Yevroosiyo qit'asining janubi-sharqiy qismidagi Hindixitoy yarim orolida va qo'shni 
Malayya arxipelagi orollarida o'ziga xos madaniyatga ega bo'lgan turli elatlar yashaydi. Taxminan 
4,6 mln. km
2
hududda bir necha yirik mustaqil davlatlar joylashgan. Uning aholisi 324 mln.dan 
ortiq. Eng katta yarim orol (jahonda maydoni jihatdan uchinchi o'rinda) hisoblangan Hindixitoydagi 
Vetnam (53 mln.), Laos (3,7 mln.), Kambodja Xalq Respublikasi (4,5 mln.), Bir-ma (32,6 mln.) va 
Tailand qirolligi (46 mln.) joylashgan. 15 mingdan ortiq orollardan tashkil topgan Malayya 
arxipelagida esa katta hududni egallagan Indoncziya (148 mln.) va Filippin (45 mln.) res-
publikalari, Malayziya Federatsiyasi (13,5 mln.), Singapur Respub-likasi (2,4 mln.) kabi davlatlar 
mavjud. 
Janubi-sharqiy Osiyoning materik va orol qismlari tabiati va iqlimi jihatdan bir oz farq 
qiladi. Uning ko'p qismi namli tropik bog'lamadagi ekvatorial va subekvatorial (musson) iqlimli, 
tog'li qismi esa bir oz qurg'oq iqlimlidir. Kontinental qismida Mekonga, Menama, Irovadi, Soluen 
kabi daryolar, orollarda juda mayda daryolar, ko'llar va botqoqliklar mavjud. Ko'p daryolar, 
ayniqsa, sersuvli Mekonga daryosi bir necha mamlakatlarni bosib o'tib juda ko'p tarmoqlari bilan 
(uzunligi 4500 km) dehqonchilikda hayot manbasi bo'libgina qolmay, .muhim o'zaro aloqa yo'li va 
katta gidroenergetika zaxirasiga ham ega. Malayya arxipelagi orollarida ham transport va irrigatsion 
ahamiyatga ega bo'lgan bir necha sersuv daryolar mavjud. Region ko'pgina qazilma boyliklarga ega: 
neft, qo'rg'oshin, volfram, xromit, uran va boshqalar. Janubi-sharqiy Osiyo hozirgi davrda xromit va 
qo'rg'oshin qazib olishda jahonda peshqadamlardan hisoblanadi. Ammo haligacha ko'p mineral 


boyliklar o'rganilmay yer bag'rida xazina bo'lib saqlanmoqda. Faqat Kalimantan sohillarida va 
Sumatrada endigina yirik neft quduqlari ochilgan. Vetnamda katta ko'mir koni topilib ishga tusha 
boshladi. 
Hindixitoy va Malayya arxipelagi jahonda eng ko'p turli o'simlik dunyosiga ega. Masalan, 
birgina Kalimantan orolida 11 mingdan ortiq gullaydigan o'simlik turlari (qiyos qilib olinganda 
butun Afrika qit'asida atigi 13 ming turi bor) mavjud. Abadiy yashil o'rmonzor va butazorlar 
mintaqaning eng katta boyligidir. Mangrove o'simliklarining ayrim turlari balandligi 30 metrgacha 
yetadi, ba'zi past bo'yli palma daraxtlar uzunligi 5,5 metrgacha yetadigan yaproqqa ega, ayrim mana 
o'simliklarining uzunligi esa 200-300 metr keladi. Tropik xazonrezlik o'rmonlar ham ancha yerni 
egallaydi (ayniqsa, Birma, Tailand va Hindixitoy yarim orolining sharqiy qismi). Malayya 
arxipelagining sharqiy orollarida evkalipt o'rmonlari, ayniqsa, bambuk ko'p o'sadi (bu yerda yuzga 
yaqin bambuk turlari ma'lum). Bir vaqtlar butun Janubi-sharqiy Osiyo hududining yarmidan ko'p 
qismini egallagan o'rmonzorlarda qimmatbaho daraxt turlari ko'p o'sgan (masalan, muhim xo'jalik 
ahamiyatiga ega turlaridan temir, qora, qizil, sandal, eben, kamfora, tik kabi daraxtlar). Hozirgi 
paytga kelib bunday o'rmonlar ancha kamayib qolgan. 
Turli o'simliklarga boy o'rmonzorlarda o'ziga xos hayvonot dunyosi ham yaratgan. Bu yerda 
sutemizuvchilardan maymunlarning bar xil turlari (orangutan kabi yirik odamsimon maymun-lardan 
tortib yarim maymun hisoblangan lemurg va boshqa mayda turlari ko'p), qisman fil, yo'lbars, 
karkidon, tapir; bar xil ilonlar, toshbaqa, timsohlar uchraydi. Ayniqsa, rang-barang qushlar va 
kapalaklarning turlari ko'p. Tinch va Hind okeani suvlari bilan bar tomondan yuvilib turgan Janubi-
sharqiy Osiyo mamlakatlarining sohil bo'ylari nihoyatda baliqqa boy. Baliq va dengiz mahsulotlari 
mahalliy aholining taomida muhim o'rinni egallaydi. 
Tabiiyki, bunday o'lkalar qadimdan mustamlakachilarning diqqatini doimo o'ziga jalb qilib 
kelgan. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini bosib olib boylik orttirish manbaiga aylantirishni yirik 
davlatlar mustamlakachilari orzu qilib kelgan. Oqibatda XVI-XIX
 
asrlar mobaynida butun mintaqa 
yirik kapitalistik mamlakatlar tomonidan mustamlaka qilingan. 
Tarixiy-geografik jihatdan ham Janubi-sharqiy Osiyo o'ziga xosdir. Hali to'liq o'rganilmagan 
bo'lsa-da, mezolit davridayoq bu yerda muayyan madaniy birlik paydo bo'lgan. O'tkazilgan tadqi-
qotlardan ma'lum bo'ldiki, Tailandning tog' vodiylari (arvohlar g'ori)da mil.avv. IX-VIII ming 
yilliklarda ilk dehqonchilik xo'jaligi bo'lganligi aniqlandi. Odamlar tog' vodiylarini, dengiz 
sohillaridagi tekislikni sholikorlik dehqonchiligi uchuri qulay bilib, u yerlarni egallay boshlaganlar. 
Bunday xo'jaliklar dastlab neolit davridayoq qit'aning sharqiy qismida paydo bo'ladi, birinchi marta 
sholikorlik madaniyati qit'ada tay va avstroneziya xalqlari tomonidan egallangan va qo'shni 
o'lkalarga ham tarqalgan. Sug'orishga asoslangan qo'shli omoch dehqonchiligi eramizning 
boshlariga kelib butun mintaqada tarqalgan. Bronza tishli omoch asli dongshon nomli madaniyat 
(mil. avv. VIII-VII asrlar) obidalarida topilgan. Hozirgi moddiy va ma'naviy madaniyat 
xususiyatlari ham o'sha davrlardan shakllana boshlagan va hozirgacha o'z xususiyatlarini asosan, 
saqlab qolgan. 
Antropologik jihatdan Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining deyarli hammasi mongoloid 
tipidagi Janubiy Osiyo kichik irqiga oid. Paleoantropologik ma'lumotlarga qaraganda paleolit va 
mezolit davrlarida mahalliy aholining bir qismi avstroloid guruhini tashkil qilgan yoki o'ziga xos 
aralashma tipidan iborat bo'lgan. Shuning uchun ham hozirgacha Janubi-sharqiy Osiyo aholisining 
etnik qiyofasi ancha murakkab. 
Qit'a qismida yashovchi eng katta etnos - vetnamlik (vet)lar 40 mln.dan ortiq kishidan 
iborat. Tili va madaniyati jihatidan ularga yaqin bo'lgan mianglar respublikaning turli vohalarida 
joylashgan. Vetlarning g'arbi, butun Hindixitoy yarim orolida tay tilida so'zlashadigan xalqlarining 
katta guruhi yashaydi. Shulardan eng ko'p sonlilari kxontanlar yoki Tailand siamlari (21 mln.), lao 
(laoslik) va shan (birmalik) xalqlardir. Vetlar va taylarga irqiy, xo'jalik va madaniy belgilari bilan 
(taxminan 1 mln. kishi) myao-yao guruhiga oid xalqlar yaqin turadi. Bularning hammasi lingvistik 
jihatdan mon-kxmer til oilasiga kiradi. Asli kxmer tillarida Kambodjaning tub aholisi, Vetnam, 
Laos va Tailand kxmerlari, Birma va qisman Tailandda yashovchi mon (talain)lar, Malakkadagi 
senon va semanglar so'zlashadi. Xitoy-tibet til oilasiga oid katta til guruhining vakillaridan 


birmaliklar (23 mln.) va ularga yaqin koren, kaya, kachin va boshqa xalqlardir. Maxsus adabiyotda 
avstroneziya yoki malayya-polineziya til oilasiga kiritilgan avstroosiyo til guruhiga eng ko'p millatli 
Indoneziya xalqlari kiritilgan. So'nggi lingvistik ma'lumotlarga qaraganda bu yerda 300 dan ortiq 
tillar va 1000 ga yaqin shevalar mavjud bo'lib, shularning 96 foizi avstroneziya til oilasiga tegishli. 
Yavaliklar (60 mln.) sundlar, madurlar, minengkabau, bugi, makasara, filippin-lardan tagal, ilok, 
bilok, visayya kabilar ham shu til oilasi vakilla-ridir. Til va millatlarning shakllanish jarayoni 
mustamlakachilik davrida bir oz sustlashgan bo'lsa-da, ammo har holda davom qilib kelgan. 
Faqat XX asrning 40-50-yillaridan boshlab, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan 
ko'pchiligi mustaqillikka erishgandan so'ng bu jarayon ancha kuchaydi. Yirik millatlar shakllana 
boshlab hozirgi etnik qiyofa paydo bo'ldi. .Mintaqaning tub aholisidan tashqari kelgindi xalqlar ham 
anchagina qismni tashkil etadi. Masalan, turli mamlakatlardan kelib joylashib qolgan xitoylar (14 
mln.ga yaqin), tamillar va boshqa dravid xalqlarining vakillari, bengalliklar va boshqa hindariy 
xalqlar, butun mintaqadagi mamlakatlarda tarqoq holda o'rnashgan 1,2 mln.dan ortiq Malayziya, 
Birma va singapurliklar va boshqalar. Bu yerlarga yevropaliklar juda kam darajada kirib kelganlar. 
Qadimiy tarixiy davrlarda Osiyo qit'asi Avstraliya bilan birikkan bo'lib beshinchi qit'aga 
odam o'sha tabiiy ko'prik orqali ko'chib tarqagan. Mahalliy xalqlarning etnogenezi ham uzoq 
o'tmishdagi etnik guruhlarning migratsiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Hindixitoy yarim orolida 
qadimiy davrlarda hozirgiga nisbatan mon-kxmer tilida so'zlashadigan qabilalar ko'proq bo'lgan. 
Indoneziya va Filippin orollarida negro-avstroloid xalqlar joylashgan bo'lib papuas va melaneziya 
tiplari bilan chatishib ketgan. Eramizning boshlarida shimoli va sharqiy to-mondan ko'plab kela 
boshlagan mongoloid elatlar mon-kxmer-larni siqib chiqara boshlaydi va hozirgi vet, tay, lao va 
birma tillariga asos soladi. O'z navbatida, Malakka va Indoneziya orollarining aborigen aholisini 
qit'adan bir necha to'lqinda ko'chib kelgan mongoloid aralash qabilalar sohillardan ichki 
o'rmonzorlarga ko'chishga majbur qilgan. Yava va Sumatra orol-lariga eramizning boshlarida 
Janubiy Osiyodan kelib joylashgan kelgindilar mahalliy xalqlarning siyosiy va madaniy hayotida 
muhim rol o'ynagan edi. Ular induizm va buddizm dinlari, yozuv va boshqa madaniy an'analarning 
keng tarqalishiga sabab bo'lgan. O'sha davrlardayoq bu yerda dastlabki davlatlar paydo bo'ladi, bu 
davlatlar o'rta asrlarga kelib ancha taraqqiy etadi va dehqonchilik, savdo, hunarmandchilik, fan va 
san'at ancha rivojlanadi. VII-VIII va ayniqsa, XIV asrlarda Indoneziya va Malayziyaga qisman 
Filippinga (moro xalqiga), Vetnam va Kambodja (tyamlar)ga islom dini tarqala boshlagan. 
XVI asrdan boshlab Hindixitoyga dastlab portugaliyaliklar, keyin gollandlar va inglizlar 
keladi. XIX asrda Indoneziyaning ko'p qismi Gollandiyaning mustamlakasiga aylanadi: Malakka, 
Birma, Kalimantanning shimoliy qismini Angliya; Vetnam, Kampuchiya, Laosni esa Fransiya bosib 
oladi. Mustamlakachilik davrida missionerlar nasroniy dinini o'rnatishga intilib Filippin orollarida 
ma'lum darajada muvaffaqiyat ham qozonganlar. 
Janubi-sharqiy Osiyoning serunum tuprog'i, namli va issiq iqlimi qadimiy davrlardan 
dehqonchilik xo'jaligini, ayniqsa, sholikorlikni keng tarqalishiga sabab bo'lgan. Yuqorida qayd 
qilinganidek, sholikorlik bu yerda neolit davrida paydo bo'lib, dastlab uni tay va avstroneziya 
xalqlari egallagan. Endi sug'orma omoch dehqonchiligi Janubi-sharqiy Osiyo aholisining asosiy 
mashg'uloti bo'lib, ular ko'p joyda yiliga ikki marta hosil oladilar. Ular sholidan tashqari dukkakli 
va ildizmevali ekinlar, makka, bog'dorchilik va sabzavot ekinlar yetishtiradilar. Texnik ekinlardan 
kauchuk va kofe daraxtlari, kokos palmasi ham ekiladi. Ishlab chiqarish qurollari deyarli bir xil: 
oddiy yog'och omoch va tishli mola bilan yerga ishlov beradilar, haydalgan yerga yog'och bilan 
kovlab urug' soladilar yoki tayyor ko'chat ekiladi, hosilni o'roq yoki pichoq bilan o'rib, xirmonni 
tayoq bilan yoki mol yuborib yanchadilar. Asosiy ekinlardan, masalan, Vetnamda, sholi, makka, 
kauchuk daraxti, ildizmevali ekinlar, choy va paxta ekiladi. Laosda qizil shilliq sholi, bog'dorchilik, 
sabzavotchilik, qisman chorvachilik va baliqchilik rivoj topgan. Birmada poliz ekinlari, 
bog'dorchilik qishloq xo'jaligining asosini tashkil qiladi, sholidan tashqari ba'zi joylarda choy, kofe 
daraxti, shakarqamish, kokos palmasi va banan ekiladi. Kambodjada sholikorlik bilan baliqchilik 
muhim soha bo'lsa-da, kauchuk kabi qimmatbaho daraxtlar ham yetishtiriladi. Indoneziya va 
Filippinda sholi, makka, loviya, baliq, sabzavot, meva, shakarqamish, kofe kabi ekinlar keng 
tarqalgan. Orollarida baliqchilik muhim rol o'ynaydi. Guruch, baliq, sabzavot, meva, o'simlik yog'i 


kabi mahsulotlar butun mahalliy aholining tirikchiligidir. Go'sht kam, asosan, bayramlarda iste'mol 
qilinadi, ko'proq parranda, nomusulmon aholi esa cho'chqa go'shtini iste'mol qiladi. 
Ko'p joylarda chopqi dehqonchiligi hozirgacha saqlanib kelmoq-da. Janubiy Osiyodagi 
singari bu yerda ham o'rmon va butazorlarni chopib, qurigandan keyin kuydirib kuliga urug' 
sepadilar. Urug'ni chopqi yoki tayoq bilan kovlab ko'milgan, ba'zi qabilalar esa (Kalimantandagi 
dayaklar va boshqalar) chuqurchalarga tashlab ketaverganlar. Shundan so'ng bu ekinga boshqa hech 
qanday ishlov berilmagan, oqibatda juda past hosil olingan. Kuydirilib ekiladigan dalalar ikki-uch 
yildan so'ng yangilangan. Ular qo'shimcha ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan ham 
shug'ullanganlar. Ayniqsa, ilon ovi ancha daromad keltirgan. Ilonni tutib, terisini ishlab qimmat 
bahoga sotganlar. Uy hunarmandchiligi ham ularga qo'shimcha daromad manbai bo'lgan. 
XIX asrning oxirlari va XX asr boshlarida ko'p orollarning botqoq va tog'li joylarida daydi 
ovchi va terimchi guruhlar yashagan. Malakkadagi semangi va senonlar, Sumatradagi kubu va 
qisman sakaya, Kalimantandagi punan va bukitlar, Filippindagi aeta va boshqa qabilalarning asosiy 
tirikchiligi tropik o'rmonlardagi yemishli o'simliklarni terib-termachlab, mayda hayvonlarni 
ovlashdan iborat bo'lgan. Nihoyatda og'ir sharoitda yashagan daydi qabilalar siyrak yemishli 
o'simlik va ildizmevalar va boshqa turli oziq-ovqat axtarib doimo harakatda bo'lgan-lar. Har bir 
guruh muayyan hududda ko'chib yurgan. Ular ovchilik va termachilikdan tashqari uy-ro'zg'or 
buyumlari, oddiy qurol, bezaklar, chipta va bo'yra ishlab chiqarish bilan ham shug'ullanganlar. 
Metallni va kulolchilikni bilmaganlar, ammo qo'shni xalqlardan savdo-sotiq orqali olganlar. Savdo-
sotiq «gung» holatda o'tkazilgan, ya'ni daydi qabilalar o'z mahsulotlarini muayyan joyga qo'yib 
ketgan, qarama-qarshi guruh kelib, zarurini olib o'rniga o'z mahsulotini qoldirgan. Hozir bunday 
qabilalar kam saqlangan, ancha qismi o'troq turmush tarziga o'tib, chopqi dehqonchiligi bilan 
shug'ullana boshlagan. 
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining mustaqillikka erishishi ularning xo'jalik faoliyatida ham 
ancha erkinlik tug'dirdi. So'nggi yillarda o'tkazilgan bir necha agrar islohotlar va boshqa tadbirlar 
qishloq xo'jaligi rivojini ta'min etdi. Ayniqsa, Vetnam, Laos va Birmada o'tkazilgan agrar tadbirlar 
hosildorlikni bir necha baravarga ko'payishiga sabab bo'ldi. 
Bugungi kunda ham ushbu mintaqa jahondagi plantatsion xo'jalikning eng rivojlangan hududlaridan 
biri hisoblanadi. Bu yerda dunyoda tayyorlanadigan kokos yong'og'ining yarmi. kopraning 70 foiz, 
natural kauchukning deyarli o'ndan to'qqiz qismi ishlab chiqariladi. Kauchuk asosan, Malayziya va 
Indoneziyada yetishtiriladi. Jahon bozorida yog' palmasi, shakarqamish, choy, kofe, har xil ziravorlr 
muhim ahamiyatga ega. Aholining ko'p qismi plantatsiya xo'jaliklarida band, ular davlatga katta 
daromad keltiradi. Eksport mahsulotlari yirik plantatsiyalardan tashqari mayda xo'jaliklarda ham 
yetishtiriladi. Masalan, Malayziyada ishlab chiqariladigan kauchukning 50 foizini, Indoneziyada 70 
foizdan ortig'ini mayda dehqon xo'jaliklari yetishtirib beradi. 
Yaylovlar yetishmasligi tufayli Janubi-sharqiy Osiyoda chorvachilik sust rivojlangan. 
Ammo baliqchilik, dengiz xo'jaligi hozirgacha muhim soha hisoblanadi. Ushbu mamalakatlarda 
o'rmonchilik katta daromad beradigan xo'jalik tarmoqlaridan biri. 
Masalan, Birma va Filippin eksport daromadining to'rtdan bir qismini yog'och mahsuloti 
egallaydi. Hunarmandchilik hozirda ham keng tarqalgan. Vetnamda bar xil mehnat qurollari, 
ro'zg'or buyumlari, gazlama, badiiy buyum-lar, lak va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish, 
chipta, yelpig'ich, shlapa to'qish kabi kasb-hunarlar qadimdan mashhur. Laos va Tailandda paxta va 
ipak gazlama, chipta buyumlar yasash, badiiy haykaltaroshlik ancha rivojlangan. Maxsus milliy 
mato - batik faqat Yavada zo'r mahorat bilan to'qiladi. Balida o'ymakorlik mashhur. Hozir chopqi 
dehqonchiligi xo'jaliklarida ishlatiladigan ko'p asbob-uskunalar, ro'zg'or buyumlari an'anaviy tarzda 
mayda hunarmandlar tomonidan yasaladi. 
Dehqon xo'jaligidagi taomlar asosan, o'simlik mahsuloti (guruch, tariq, makkajo'xori, 
sabzavot)dan tayyorlanadi. Guruch turli usulda pishiriladi, katta idishlarga suzilib, qayla bilan 
tortiladi va qo'l bilan yeyiladi. Mintaqada go'sht kam iste'mol qilinadi. Hindixitoy aholisi it go'shti, 
baliqdan pishirilgan taomlarni iste'mol qiladi. Sut va sut mahsulotlari deyarli iste'mol qilinmaydi. 
Qishloqlar (Tailand)da qurbaqa, ko'rshapalak, ilon, qisqichbaqa, ipak qurti kabi jonivorlarni ham 


iste'mol qiladilar. Orolliklar ko'proq o'simlik, baliq, parranda va turli mevalarni iste'mol qiladilar. 
Nosvoyga o'xshash betelni kap otish keng tarqalgan. 
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining uy-joylari, qishloq va qarorgohlari har xil. Ko'l, dengiz, daryo 
sohillarida joylashgan dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholi rejali qurilgan qishloqlar-da 
yashaydilar. Hozirgacha aholining bir qismi suvdagi kemalarda istiqomat qiladilar. Tog'li joylarda 
yashovchi aholi atrofi bambuk yoki tikanli devor bilan o'ralgan kichkina qishloqlarda joylashgan. 
Ko'p xalqlarning uylari umumiy xarakterda bo'lib, bambuk va xurmo yog'ochlaridan tiklangan, turli 
yaproqlar bilan yopilgan va yerdan birmuncha ko'tarilgan poldan iborat. Betak, dayak kabi 
qabilalarda katta oila, ba'zan jamoajoylashadigan hashamatli uylar bo'lgan. Filippinda ilgari maxsus 
jamoaning kengash uylari qurilgan. Uylar asosan, polga to'shalgan chipta, devorlarga osilgan 
ro'zg'or buyumlari bilan jihozlangan. Shaharda yashovchi boy oilalarning uylarida zamonaviy 
mebellar ham bor. Tog' va botqoqlik o'rmonlarda daydi ovchi va terimchi qabilalar bambuk va 
xashaklardan tiklangan yengil uylarda yoki pono qo'yib istiqomat qiladilar. 
Azaldan janubi-sharqiy osiyoliklarda o'rama kiyim keng tarqalgan. Masalan, ilgari 
Vetnamda belbog', keng shim, kalta kurtka yoki xalat erkaklarning an'anaviy kiyimi bo'lgan bo'lsa, 
hozir ko'pchilik yevropacha kiyimga o'tgan. Ayollar ko'kragi ochiq kofta, uzun ishton, qishda 
kurtka yoki xalat, boshiga somon shlapa, oyog'iga esa sandal kiyganlar. Laosliklar asosan, xitoycha 
kiyingan, kalta keng shim, kurtka va sandal, ayollari esa to'pig'i-dan qo'ltig'igacha mato bilan o'rab 
belbog' boylagan. Tailandliklar keng matoni belga o'rab, uchini butini orasidan o'tkazib ishtonga 
o'xshatib kiygan, birmaliklarning erkak va ayollari keng matoni yubka qilib o'ragan, ustiga yaxtak 
ko'ylak yoki kurtka kiygan, boshiga shlapa yoki qiyiqcha yopingan, oyog'iga teri sandal kiyishgan 
yoki umuman yalangoyoq yurganlar. O'rmonlarda yashovchi ovchi-terimchi qabilalar asosan, dub 
daraxtidan to'qilgan etakcha belbog' yoki yubka kiyganlar. Barcha xalqlarda turli bezaklar, ayniqsa, 
elatlarda esa tatuirovka qilish, tishni qoraga bo'yash kabi pardozlar bo'lgan. 
Oilaviy turmush va ijtimoiy tuzumi jihatidan mazkur xalqlar har xil darajada turgan. Uzoq 
vaqtlar Hindixitoy va Indoneziyaning ko'p qismida patriarxal oila va turmush munosabatlari 
saqlanib kelgan. Ijtimoiy tuzumga va oilaviy turmushga din (buddizm, islom, nasroniy) zo'r ta'sir 
qilgan. Ayrim qoloq elatlar - ovchi-terimchi qabilalarda urug'-jamoa munosabatlari hali ham 
mustahkam saqlangan. Ular ma'lum hududga ega bo'lib, urug'chilik hatto ona urug'i qoldiqlarini 
saqlab qolgan, ijtimoiy va oilaviy munosabatlarni qabila boshliqlari va jamoa boshqargan. 
Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati, san'ati va folklori juda boy. 
Ma'lumki, bu yerda o'rta asrlar-dayoq ma'rifat ancha taraqqiy qilgan, diniy va badiiy adabiyot 
tarqalgan. Ammo mustamlakachilik siyosati tufayli an'anaviy madaniyat inqirozga uchragan edi. 
Qadimdan Vetnamda har xil epik asarlar, musiqa, raqs va qo'shiqlar rivoj topgan. Tailandda har xil 
xalq teatrlari - imo teatri, qo'g'irchoq va niqob teatrlari tarqalgan. Kambodjada va Birmada balet 
juda mashhur, epos janriga asoslangan xalq tomoshalari va soya teatri (ayniqsa, Indoneziyada 
vayang-nurvo nomli) katta obro' qozongan. 
An'anaviy xalq tabobati hozirgacha o'z ta'sirini yo'qotmagan: bar xil tabiiy o't-o'lanlar bilan 
davolash, xalq xirurgiyasi usullari va boshqa tibbiy faoliyatga sehrgarlik bilan yondashuv mavjud. 
Buddizm butun Hindixitoy yarim orolida eng keng tarqalgan diniy tasavvurdir. Birma 
aholisining 83 foizi, Kampuchiya va Laosda taxminan 90 foiz, Tailandda esa 94 foizini buddistlar 
tashkil etadi. Vetlarning ham ko'pchiligi buddizm diniga bo'ysu-nadi. Buddistlar bir necha 
mazhablarga bo'lingan (xinoyana, maxayana va bir necha mayda guruhlar). Maxayana bilan boshqa 
sharqiy dinlar va nasroniylikning aralashmasidan ikkita yirik sinkretik mazhablar paydo bo'lgan 
(kao-day va xoa-xao). Filippin aholisining 90 foizi nasroniy diniga o'tgan, ko'pchiligi (84 %) 
katoliklar. Indoneziyada islom dini hukmron, ya'ni aholisining 94 % i musulmon, 4 % i nasroniy, 
qolgani induistlar va buddistlardan iborat. Malayziyada ham ko'pchilik aholi musul-monlar, ammo 
konfutsiylik, buddizm, daosizm, induizm va nasroniy dinidagilar ham ancha qismni tashkil qiladi. 
G'arbiy Malayziyaning yarmidan ko'pi islom diniga itoat qilsa, sharqiy qismdagi aholisining 
ko'pchiligi mahalliy urug'-qabilaviy diniy tasavvurlarga ega. Ibtidoiy diniy e'tiqodlar qisman Birma 
(ka-chin, naga, china, lisu, karen, kaya, tog'li monlar), Tailand, Vetnam (tog'li tay, kxmer va 


monlar), Laos (tay, mon, myao, yao) va Sharqiy Timorda hozirgacha saqlangan. Sumatra, 
Kalimantan va Filippinning ayrim orollarida urug'-qabilaviy dinlar haligacha uchraydi. 
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari orasida hukmron bo'lgan 
eng yirik dinlarning barchasi mahalliy diniy e'tiqodlar, xalq urf-odatlari va milliy bayramlaridan 
keng foydalanib ularga diniy tus bergan. Masalan, butun mintaqada tarqalgan qishloq xo'jaligi 
bayram marosimlari, bahor faslida ajdaho shaklidagi kemalarda o'tkaziladigan poygalar, 
dehqonning yordamchisi sabr-toqatli va mehnatkash qo'tos obrazi, mard va topqir quyon sujeti 
(yo'lbars va timsohlar ustidan g'olib chiqadigan) diniy tasavvurlar bilan chatishib ketgan. Oilaviy va 
ijtimoiy bayramlar doimo turli taomlar, rang-barang kuy va raqslar, ommaviy tomoshalar bilan 
nishonlangan.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish