O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Markaziy Osiyo (Buxoro) yahudiylari ko'pincha O'zbekistonning yirik shaharlari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Markaziy Osiyo (Buxoro) yahudiylari ko'pincha O'zbekistonning yirik shaharlari: 
Toshkent, Samarqand, Buxoro vaQo'qonda yashaydi. Keyingi o'n yilliklar ichida mahalliy 
yahudiylarning bir qismi Isroil va AQSHga ketgan.
Ular tojik tili shevalaridan birida gapiradilar. 
O'zbekiston va Tojikistonning turlijoylarida uchraydigan Markaziy Osiyo lo'lilari ham mahalliy 
tillarni yaxshi egallaganlar, ammo tojik tilini ona tili deb hisoblaydilar. Etnografik jihat-dan ayrim 
guruhlar o'zaro bir oz farq qiladilar (lo'li, jo'gi, mazang va hokazo). 
Butun Markaziy Osiyoda boshqa yerdan kelgan etnoslardan eng ko'pchilikni tashkil qilgan 
sharqiy slavyan xalqlari (ruslar, ukrainlar va qisman beloruslar)ning vakillari etnografik 
xususiyatlarini ko'proq saqlab qolganlar. Ular dastlab XVIII asrning oxirlaridan Qozog'istonning 
Ovrupo qismiga, XIX asrning ikkinchi yarmida, Markaziy Osiyoga kela boshlagan. 
XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda uch xil an'anaviy xo'ja-lik tiplari ma'lum bo'lgan: 
vohalarda yashovchi o'troq dehqon-chilik xo'jaligi, dasht va yarim dashtlarda ko'chib yurgan chorva 
xo'jaligi, vohalarga yaqin va katta daryolarning quyi oqimida joylashgan yarim o'troq chorva-
dehqonchilik xo'jaligi. Xo'jalik - madaniy tiplarning chegarasi etnik hududga to'g'ri kelmaydi, 
ammo tarixiy jihatdan etnik birlik ham uzoq davr ichida shakllanib kelgan. 


Dehqonchilik va chorvachilik Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida mil.avv. VI-V mmg 
yilligida neolit davridayoq rivojlana boshlagan. II ming yilliklarga kelib dehqonchilik ma-daniyati 
ancha kengayib butun janubga tarqaladi, Tejen va Mu-rhab daryolari vohalari o'zlashtiriladi. Bronza 
(jez) davrida sun'iy sug'orish paydo bo'ladi, yarim ko'chma va ko'chma chorva xo'jaligi rivojlana 
boshlaydi. Milodning I ming yilliklarida Markaziy Osiyodagi dehqonchilikka mos yerlarning 
deyarli haminasi o'zlashtiriladi. Qozog'iston dashtlarida asosan, ot va qo'y boquvchi ko'chma 
chorvachilik xo'jaligi keng tarqaladi, chorva qabilalari asosan, tuya, echki va qisman ot saqlaganlar. 
Vohalarda I ming yillikning ikkinchi yarmida dehqonchilikning intensifikatsiyalashuvi va sug'orish 
tizimlarining takomillashishi asosida o'zlashtirilgan yerlar ancha ko'paygan edi. Pomir tog'larining 
vodiy va qir-adirlarida dehqonchilik bilan birga yaylovda boqiladigan chorvachilik paydo bo'lib, u 
yerda qo'y va qoramol parvarish qilingan. Molni jazirama yoz faslida baland tog' yaylovlariga 
haydab sovuq qish faslida vohalarga haydab tushganlar. 
Dashtlarda ko'chma chorvachilik bilan asosan, qozoqiar shug'ullangan bo'lsa, turkmanlar 
qumlik va yarim sahro joylarda sordoba, quduq izlab chorva bilan ko'chib yurganlar. Tyan-Shan 
tog'lari etaklarida qirg'izlar, ham asosan. chorvachilik bilan shug'ullanganlar. 
Har bir xalqning turmush tarzi lining xo'jalik faoliyati bilan bog'liq. Asrlar davomida 
ko'chmanchilik qihb yurgan chorvador aholining turmushi o 'ziga xos moddiy madaniyatni 
yaratgan. Masalan, chorvador ko'chmanchi xalqlarda yengil tiklanadigan va ko'chirib yurishga 
qulay bo'lgan konussimon yoki gumbaz shaklida yog'och panjaralardan tiklangan va kigiz bilan 
yopilgan o'tov uylar keng tarqalgan. Uy jihozlari ham ko'chmanchilik turmushiga moslashgan teri, 
yog'och vametalldan yasalgan buyumlardan iborat bo'lgan. Kiyimlar esa asosan, teri va jun matodan 
tikilgan, ovqatlari go'sht va sut mahsulotlaridan tayyorlangan. Tog' etaklarida chorvachilik bilan 
shug'ullanuvchi elatlar o'troq holda yashagan. Faqat yoz paytlari chorva mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va g'amlash uchun butun aholi yaylovga ko'chib chiqqan, chodirlar tikib yashagan. 
Ko'chmanchi chorvadorlar uzoq o'tmishdan boshlab dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi 
o'troq aholi bilan bog'liq bo'lganlar, chorva mahsulotlarim dehqonchilik hamda hunarmandchilik 
mahsulotlariga almashib turganlar. Ba'zi ko'chmanchilar esa o'troq holatga o'tib, dehqonchilik bilan 
shug'ullanganlar. 
Markaziy Osiyoda dehqonchilik sun'iy sug'orishga asoslangan bo'lib, quldorlik davridan 
boshlab murakkab sug'orish inshootlari va sistemalari qurilgan. Markaziy Osiyo dehqonchiligiga 
XIII asrdagi mo'g'ul istilosi juda katta zarar keltirgan. Istilochilar sug'orish inshootlarini buzgan, 
aholining ancha qismini asir qilib olib ketgan, oqibatda butun bir viloyatlar huvillab qolgan. O'rta 
asr oxirlariga kelib dehqonchilik bir oz tiklangan, sug'orish tizimi yo'lga qo'yilgan. Ammo ilgarigi 
holat to'liq tiklanmagan, aksincha, konservativ dehqonchilik mustahkamlangan. Tog' etaklarida 
kariz usuli bilan «zinapoya» shaklida ishlangan dalalarga suv chiqarilgan. 
Yerga ishlov berishda oddiy ishlab chiqarish qurollari - temir yoki cho'yan tishli omoch 
mola, ketmon va bel, hosilni o'rishda o'roq ishlatilgan. G'alla o'rilgandan so'ng ot yoki eshak bilan 
yanchilgan, suv tegirmonida mol kuchi yoki qo'l bilan harakatga keltiriladigan tegirmondan don 
tortilib, un chiqarilgan. Sholi yanchadigan maxsus tegirmon va so'g'i bo'lgan. Bu oddiy mehnat 
qurollari o'tgan asrning 30-chi yillarigacha saqlanib kelgan. Ketmon, bel va o'roq hozirda asosan, uy 
yumushlarida ishlatiladi. Hozir qishloq xo'jaligida ilg'or agrotexnika, ximiyalashtirish va 
mexanizatsiya asosida qo'l mehnatidan kam foydalanib, yuqori hosil olinmoqda. Ayniqsa, 
mustaqillikka erishgandan keyin Markaziy Osiyoda zamonaviy fermer xo'jaliklari jadal sur'atlar 
bilan rivojlanmoqda. 
Asosiy an'anaviy ekinlardan bug'doy, arpa, sholi, mosh, loviya, paxta, poliz ekinlari keng 
tarqalgan. Bog'dorchilik, uzumchilik, pillachilik ham muhim rol o'ynaydi. Pomidor, kartoshka, 
karam kabi Yevropa ekinlari Markaziy Osiyoni Rossiya bosib olganidan keyin paydo bo'lgan. 
O'troq aholining orasida qadimdan turli hunarmandchilik rivojlangan. Barcha ishlab 
chiqarish qurollari, uy-ro'zg'or buyum-lari, kiyim-kechak va bezaklar, qurilish xomashyolari shahar 
va qish-loqlarda ishlab chiqarilgan. Katta shaharlarda kosiblar hatto sexlarga birikkan, ayrimlari 
maxsus mahallalarda yashaganlar. Chorva hududlarida kigiz bosish, gilam va palos to'qish, jun 
mahsulotlari ishlab chiqarish keng tarqalgan. 


Markaziy xalqlarining moddiy madaniyati xususiyatlari ularning xo'jalik faoliyati bilan 
bevosita bog'liq bo'lgan. O'troq dehqonchilik bilan mashg'ul bo'lgan aholi qishloqlarda istiqomat 
qilgan. Ularning an'anaviy uylari Rossiyadagi oktabr davlat to'ntarishidan loydan (paxsa, xomg'isht, 
guvaladan) yoki sinchdan tiklangan, asosan, bir-ikki xonali, dahlizli va tekis tomli qilib qurilgan. 
Kambag'allarning uylari o'tmishda oynasiz, bir xonali, o'rtasida o'choq va tuynukli, bo'yra va eski 
kigiz bilan jihozlangan. Tog'li joylarda oynasiz, tuynukli toshdan yoki guvaladan bir xonali kulbalar 
tiklangan. 
Ko'chmanchi xalqlarning o'tov uylari ham bir-biridan tubdan farq qilgan: badavlat 
odamlarning o'tovlari yangi kigizlar bilan yopilgan, har xil gilam va to'shaklar bilan bezatilgan, 
kambag'allarniki eski, huvillagan. Odatda o'tovning ikki xili farq qilinadi: konus shaklidagi mo'g'ul 
tipi va gumbaz shaklidagi turk tipi. Qozoq, qirg'iz, o'zbeklarda har ikkala tip uchraydi, turkmanlarda 
faqat turk tipi tarqalgan. 
Mahalliy xalqlarning an'anaviy milliy kiyimlari juda ham rang-barang bo'lgan. Har elat 
o'ziga xos kiyimga ega. ammo umumiy belgilari ham mavjud. Erkaklarning an'anaviy kiyimlari 
asosan, yaxtak-ko'ylak, ishton, chopon, belbog', po'stin, do'ppi, teri telpak, mahsi-kavush, choriq 
yoki etikdan iborat bo'lgan. Ayollar keng tikilgan ko'ylak, uzun ishton, yengsiz nimcha va uzun 
chopon (peshmat), mahsi-kavush kiygan, boshiga lechak, ro'mol o'ragan, do'ppi kiygan va hokazo. 
Ko'pincha kiyimlar rangi va guli bilan farqlangan. Markaziy Osiyo xalqlarining ayollarida turli-
tuman uzuk, sirg'a, mis va kumush bezaklar, tumor osish, kosmetika keng tarqalgan. 
XX asrning so'nggi o'n yilligida, asriy orzulari ushalib, o'z mustaqilligini e'lon qilgan, o'z 
taqdiri va belgilash huquqiga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy madaniyatida tub 
o'zgarishlar ro'y berdi. Hozir ular zamonaviy mebel, gilam va turli buyumlar bilan bezatilgan ko'p 
xonali yorug' uylarda yashaydilar. Ularning ko'pchiligi eng zamonaviy kiyinishni afzal biladilar. 
Marosimlardagina o'zbek va tojiklarda chopon va do'ppi kiyish odat tusiga kirgan. Ammo uy va 
jamoat ishlarida, ba'zi kiyimlarda, ayniqsa, ayollarning kiyimlarida go'zal an'anaviy milliy belgilar 
saqlanib qolgan, yangicha shakl kasb etgan. An'anaviy dekorativ san'at namunalari, o'ymakorlik, 
kashtachilik san'ati so'nggi yillarda yana ham ravnaq topdi. 
Mahalliy elatlarning ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmushida majburiy kollektivlashtirish 
davrigacha feodal-patriarxal an'analar saqlangan, ko'p ukladli xo'jalik faoliyatida ijtimoiy 
tashkilotlarning turli shakllari yuzaga kelgan edi. Dehqonchilik vohalarda ijtimoiy munosabatlar, 
mulk shakllari, jamoa an'analari (suvjamoasi, qishloq va qo'shnichilik jamoasi) nihoyatda murakkab 
bo'lgan. Jamoatchilik munosabatlari chorvadorlar orasida ancha mustahkam saqlangan. Ayniqsa, 
barcha huquqlardan mahrum bo'lgan ayollarning ahvoli og'ir bo'lgan. Patriarxal oilaviy 
munosabatlar eski odatlar va shariat orqali boshqarilgan. Nikoh ota-ona istagi bilan hal qilingan.
Chorvadorlar orasida ijtimoiy turkumlar ajralib turgan. Masalan, qozoqlarda xon va 
sultonlar hamda qabila boshliqlari «oq suyak»larga, qolgan butun fuqaro «Qora suyaklar»ga 
ajratilgan. Turkmanlarda ham ijtimoiy tabaqalanish mavjud bo'lgan. Yuqori tabaqaga oid iglar va 
ularga bo'ysungan qullar farq qilingan. Qirg'izlarda hukmron qabilaga manaplar kirgan. O'z 
navbatida manaplar ham «bosh» va «kichik» guruhlarga bo'lingan. Asli mazkur tabaqalanish chorva 
ahlida mulk tengsizligi bilan bevosita bog'liq edi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlik va notekis sotsial taraqqiyot Markaziy Osiyoni XIX asrning 
ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olinishiga sabab bo'lgan. Sun'iy ravishda Turkiston 
general-guber-natorligi, vassal Xiva va Buxoro xonliklariga bo'lingandan so'ng Markaziy Osiyo 
avvalgidan-da og'ir inqirozga yuz tutgan. Shubha-siz, Rossiya istilosining biroz ijobiy oqibati 
o'lkaning yuqori for-matsiya hisoblangan kapitalizm girdobiga tortilishi, natijada xomashyo ishlab 
chiqarish sanoatining paydo bo'lishi, qishloq xo'jalik qurollarining takomillashishi, temir yo'lining 
o'tkazilishi, savdo-sotiq kuchayib, fabrikat mahsulotlarning mahalliy bozorlarda ko'payishi sotsial-
iqtisodiy munosabatlarga jiddiy ta'sir qila boshla-gan. Ammo chonzm turmushni o'zgartirishga 
intilmas edi. Har kungi moddiy va maishiy hayotda milliy an'analar va qadriyatlar qadr-lanmas, 
istibdod kundan-kunga kuchayar edi. 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek chorizm istibdodidan so'ng, bolshevizm changaliga tushgan Markaziy 
Osiyo xalqlari faqatgina XX asr so'ngida mustaqillikka erishib muayyan ijtimoiy taraqqiyot yo'liga 


chiqib oldilar, maishiy va madaniy hayotning ko'p tomonlari ravnaq topdi va yashnadi. Erkak va 
ayollar teng huquqqa egS-bo'hb. istiqlol tufayli yangi turmush tarzining barcha yutuqlaridan birga 
bahramand bo'lmoqdalar. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish