O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Antropologik jihatdan ham Markaziy Osiyoning tub aholisi ikki katta irqqa: mongoloid



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Antropologik jihatdan ham Markaziy Osiyoning tub aholisi ikki katta irqqa: mongoloid 
irqiga qozoq, qirg'iz va qoraqalpoqlar; o'zbek, tojik. turkman va boshqa xalqlar esa qadimgi 
yevropoid irqiga mansub.
Ammo ayrim etnik guruhlarda aralash tiplar ham uchraydi. Asli 


Markaziy Osiyo xalqlarining antropologik qiyofasi mil. avv. I ming yillikda shakllana boshlagan va 
eramizning XIII asrdagi mo'g'ul istilosidan keyin tugagan. Antropologlarning ta'rificha, tub aholi 
ikkita katta irq - yevropoid va mongoloid oralig'idagi bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarib o'ziga xos 
markaziy osiyolik maxsus antropologik tipni tashkil qilgan. Qadimiy yevropoid belgilar g'arbdan 
sharqqa tomon ancha kam seziladi. 
Mo'g'ul istilosidan keyin turkiy tili ta'siri ancha kuchaygan va XVII asrda butun Markaziy 
Osiyoda (Tojikistondan tashqari) to'liq g'alaba qozongan. Bu davrning eng muhim tarixiy ahamiyati 
shundan iboratki, Markaziy Osiyo xalqlarining etnik jihatdan shakllanish jarayoni tugallanadi. 
Ammo ularning etnogenezi va etnik shakllanishi uzoq muddatda va ancha murakkab sharoitda ro'y 
bergan. Buni to'g'ri tasavvur qilish uchun ayrim xalqlarning etnik tarixiga bir nazar tashlash 
maqsadga muvofiq. 
Markaziy Osiyoda odam paieolit davrida paydo bo'lib, mezolit (ayniqsa, neolit) davridan 
boshlab butun mintaqaga tarqalgan. Qadimgi ibtidoiy ajdodlar ovchilik, baliqchilik va terimchilik 
bilan shug'ullanganlar. Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, ular urug', jamoa bo'lib birgalikda ov 
qilib tirikchilik o' tkazganlar, katta uylarda yashaganlar. Neolit makonlari Markaziy Osiyoning ko'p 
joylaridan topilgan
27

Mil. avv. V ming yillikdan boshlab janubiy vohalarda eng qadimgi dehqonchilik madaniyati 
paydo bo'ladi. I ming yillikka kelib chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqib, ikki mustaqil 
o'zaro bog'liq xo'jalik sohalarini tashkil etadi. Bu davrda vohalarda yuksak madaniyatga ega bo'lgan 
Xorazm, So'g'd, Baqtriya, Marg'iyona kabi yirik davlatlar tuziladi. 
Qadimgi Markaziy Osiyoning uzoq davr ichida turli qabila va elatlardan iborat ahmoniylar, 
kushon, grek-baqtriya, turk xoqonli-gi, xorazmiylar va arab davlatlari hukmronligida bo'lishi uning 
etnik zaminida chuqur iz qoldirgan. Ayniqsa, V asrlarda ko'plab paydo bo'lgan turkiy qabilalarning 
ta'siri juda kuchli bo'ldi. Ular o'z tillarini singdirib bir necha asr davomida ko'pchilik aholini 
turkiylashtirgan. Bu jarayon hatto arab istilosidan keyin ham davom etgan. Dastlabki turkiyzabon 
gunn qabilalari mil. avv. I ming yillik oxirlarida kira boshlaganlar. O'sha davrlardayoq hozirgi 
o'zbek, tojik, turkman xalqlarining ajdodlari ancha mustahkam etnik birikmalarni tashkil etgan. XIII 
asrda bostirib kirib madaniy markazlarni talon-toroj qilgan mo'g'ullar ham, yuqorida qayd 
qilinganidek, mahalliy aholining etnik tuzilishiga muayyan ta'sir o'tkazgan va turli-tuman xalq 
elatlarning aralashib ketishiga sababchi bo'lgan. XVIII asrga kelib turkiylashish jarayoni tugaydi va 
hozirgi Markaziy Osiyoning etnik qiyofasi to'liq shakllanadi. Mazkur jarayonni naqadar murakkab 
ekanligini tasavvur qilish uchun ayrim xalqlarning qisqacha etnik tarixi bilan tanishib o'tish zarur. 
Markaziy Osiyoning eng ko'p sonli va qadimiy xalqi hisoblan-gan o'zbeklar (1985-yilgi 
aholi ro'yxatiga binoan 14,8 mln.ga yaqin) hozirgi O'zbekistonning asosiy aholisi (68,7%) 
hisoblanadi. Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmanistonda ham o'zbek jamoalari 
istiqomat qiladilar. Afg'onistonda 1,3 mln.ga yaqin o'zbek, Xitoyning Sinszyan - Uyg'ur avtonom 
hududida 20 ming, Eron va Turkiyada bir necha yuz ming o'zbeklar yashaydi. Umuman 
O'zbekistonda o'tgan asr oxirlarida yuzdan ortiq millatdan iborat 16,2 mln.ga yaqin aholi mavjud 
edi. Shulardan 10,8%i ruslar, 4,2%i tatarlar, 4%i qozoqlar, 3,9%i qoraqalpoqlar, l,l%i koreyslar va 
hokazo. Oxirgi ma'lumotlarga binoan hozir O'zbekistonda aholi soni 25 mln.dan ortiq. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish