O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,34 Mb.
bet61/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Urushning borishi va bosqichlari
Kuchlar nisbatining ustunligi Shimol tomonda edi. Quldorlik shtatlari aholisining soni 12,2 mln. kishini tashkil qilgan bo'lsa, ularning 1/3 qismi negr qullardan iborat edi, Shimol aboiisining soni esa 19,2 mln. kishini tashkil etardi. Shimol ko'proq qo'shin to'plasrf imkoniyatiga ega bo'lib, u, shuningdek , metallurgiya . qurolsozlik sanoati taraqqiyoti, temir yo'llar va savdo floti bo'yicha ham katta ustunlikka ega edi.
Quldorlar asosan o'zlarining vaqtinchalik harbiy ustunliklariga va Angliya. Fransiya va Ispaniya tomonidan yordam berilishiga ishonmoqda edilar. Chunki, AQShning nisbatan zaifroq bo'lgan ikkita davlatga ajralib ketishidan Garbiy Ycvropa davlatlari manfaatdor bo'lib. Janubiy G'arbiy Yevropaning to'qimachiiik sanoatiga paxta va boshqa agrar xom -ashyo yetkazib beruvchi hudud edi. Shuningdek, Angliya, Fransiya va Ispaniya hukumatlari AQSh quldorlarining isyonidan mustamlakalar bosib olish maqsadida Amerika davlatlarining ichki ishlariga aralashishda ham foydalanmoqchi bo'ldilar. Bulardan tashqari ko'pchilik quldorlar Shimol sanoatining paxta xom-ashyosiga bo'lgan ehtiyqji katla, shuning uchun ular urushni tezroq tugatishga majbur bo'ladi, deb o'yladilar.
1861 yil yozida janubliklar 120 ming kishilik qo'shin tashkil qildi. Bir zarb bilan Shimol qo'shinini tor-mor etib, Vashingtonni egallash bilan urushni tugatmoqchi bo'lgan quldorlar, 3861 yil 2 iyulda Vashington yaqinidagi 30 ming kishilik qo'shini bilan Manossas nomli shahar yaqinida Shimolning 35 ming kishilik qo'shinini maglubiyatga uchratdi. Biroq, janub qo'shini sonining cheklanganligi Vashingtonga hujumni davom ettirishga yo'l qo'ymadi. Har ikkala tomonning tez g'alaba qozonish haqidagi rejalari amalga oshmadi, urush cho'zilib ketdi.
Shimol hukumati 500 ming kishilik qo'shin tuzish uchun yangidan safarbarlik e'lon qildi. Qo'shin tarkibi janubliklarga xayrixoh bo'lgan zobitlar (ofitserlar)dan tozalandi. 1861 yilning oxirlarida Shimol qo'shinining soni 660 ming kishidan oshib ketdi, ammo, bu qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi past va intizomi juda yomon bo'lib, bu qo'shinning bosh qo'mondoni qilib layoqatsiz general Mak-Klellan tayinlangan edi. U harbiy qo'mondondan ko'ra xalq ommasining norozilik harakatini ko'tarilib ketishidan ko'proq lashvishga tushayotgan yirik kapitalist sifatida ma'lum edi. Mak-KleManning harbiy harakatlari o'zining konservativligi, qat'iyatsizligi va sustHgi bilan ajralib turardi. Janubliklar ro'paradan hujum qilish taktikasidan foydalanayotgan bir vaqtda, Mak-Klellan bunga javoban "bo'g'ib qo'yish rejasi" deb atalgan konfederasiya hududiga hamma tomondan hujum qilib, uni qurshovga olish haqidagi puch rejasini qarshi qo'ydi. U Richmond yonida Shimoi armiyasini sharmandali halokatiga sabab bo'lgan. Richmondda maglubiyatga uchragan Mak-Klellan qo'mondonlikdan tushirildi. Shimol burjuaziyasi urushda tez g'alaba qilishga shoshilmadi, balki, aksincha, urush davomida davlatning harbiy buyurtmalaridan ko'proq foydalanish payida bo'ldi. Urushning birinchi bosqichi 1861-1862 yillarni o'z ichiga oldi. Urushning birinchi bosqichida Janubning kuchi biroz ustun keldi.
Yirik burjuaziyaning ta'siri ostida Linkoln hukumati G'arbdagi yerlarni egallash va qulchilikni bekor qilish haqidagi masalalarni demokratik tarzda hal qilishga jur'at eta olmasdan kelmoqda edi. Chunk! bunga Janub quldorlari bilan uzviy aloqada bo'lgan Shimolning moliyachi-bankirlari va savdogarlari qarshilik ko'rsatib, bu chora tadbirlar quldorlarni xonavayron qiladi va keyin ular olgan qarzlarni to'lay olmaydilar, deb tashvishlanmoqda edi.
Xalq ommasining talabi ostida va harbiy zaruriyat tufayli Linkoln hukumati 1861. yilda mulkdorlarga yangi soliq joriy qildi. Bu qonunga muvofiq isyonchi quldorlarning muiklari konfiskatsiya qilindi. Gomstedlar haqidagi ushbu qonun 10 dollar to'lashga qodir bo'lgan har bir AQSh fuqarosiga G'arbdagi yerlardan 160 akr h'ajmida yer uchastkalari olish huquqini berdi. Besh yil davomida agar mazkur yer sohibi shu yerda yashasa, ushbu yer uchastkasi to'liq uning mulkiga aylangan. 1862 yif 22-sentyabrda hukumat 1863 yilning 1-yanvaridan qulchilikni hech qanday to'lovsiz bekor qilish haqidagi "Ozodlik to'g'risidagi proklamatsiya"ni chiqardi. Linkoln proklamatsiyaga imzo chekar ekan: "Vaqti kelib mening nomim tarixga yoziladigan bo'lsa, faqat shu ishim uchun yoziladi, chunki men butun qalbimni shu ishga bagishlaganman",- degan. Ayni bir vaqtda negrlarni armiya safiga jalb etish haqida e'lon ham chiqdi. AQSh hukumatining bu chora -- tadbirlari buyuk tarixiy ahamiyatga ega edi. Gomstedlar haqida va qulchilikni bekor qilish haqida Linkoln chiqargan qonunlar xaqli ravishda, uni XIX asrning ilg'or burjua-demokralik arboblari safiga qo'shdi.
Mazkur tadbirlardan so'ng ommaviy ravishda 100 minglab aholi armiya safiga kira boshladi. Urush davomida 200 mingga yaqin negr Shimol qo'shini tarkibida qatnashdi. Tezda Shimol armiyasining soni 1,5 mln. kishidan oshib ketdi. Qulchilikni bekor qilish haqidagi va Gomsled haqidagi qonunlarni qabul qilinishi Shimol uchun muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo'lgan inqilobiy tadbirlar edi.
Xalq ommasining inqilobiy ko'tarilishi. Linkoln hukumatining inqilobiy urush olib borish siyosati va chora-tadbirlari urush harakatlarini borlshini butunlay Shimol foydasiga o'zgartirib yubordi. Shu bilan bir vaqt da Janubning xalqaro ahvoli yomonlashdi, uning Angliya va Fransiyadan yordam olish umidi chippakka chiqdi. Angliya o'zining ncytralligini e'lon qiHshga qaramasdan konfederasiyaga nisbatan Linkoln hukumati e'lon qilgan blokada siyosatini buzishdan nariga utmadi. Fransiya hukumati esa AQShdagi fuqarolar urushidan foydalanib, Fransiya hukumronligi ostida "Lotin imperiya"sini tuzish maqsadida 1861-1863 yillarda Meksikaga interventsiya uyushtirdi, xolos. Biroq konfederatsiya kutganidek Angliya va Fransiya Shimolga qarshi urushda unga ittifoqchilik qilmadi. Shimolga qarshi Angliya va Fransiyaning urushga kirmaganligiga Rossiya imperiyasining AQSh hukumatiga bo'lgan iliq munosabati ham sabab bo'ldi.
1863 yil Polsha masalasida Fransiya va Angliyaning Rossiyaga qarshi urush xavfi paydo bo'lgach, Rossiya g'arbiy Yevropa davlatlariga qarshi turadigan muvozanat kuch sifatida AQSh birligini saqlab qolinishidan manfaatdor edi. O'z navbatida, AQSh hukumati ham Rossiya uchun juda tahqirli va og'ir bo'lgan 1856 yildagi Parij sulhini qayta ko'rib chiqishda Rossiya tomonida bo' lish majburiyatini olgan edi.
AQShda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi 1863-1865 yillar davomida bo'lib o'tdi. 1863 yilning yozidan urush harakatlarining borishida tub burilish yuz berdi. 1 -3 iyulda Gettisberg ostonasidagi janglardan so'ng, konfederasiya qo'shini mag'lubiyatga uchrab chekina boshladi. Shimolning general Grant qo'mondonligidagi qo'shini 4-iyul kuni konfederasiyaning Missisipidagi bosh istehkomi Viksbergni egalladi. 1864 yil general Grantning umumiy qo'mondonligidagi Shimol qo'shini konfederasiya armiyasini butunlay tor-mor etishga kirishdi. May oyida general Sherman qo'mondonligidagi Shimol qo'shini Jorjiya orqali "Dengizga reyd" deb atalgan mashhur yurishni boshlab, sentyabrda Atlantani egalladi. 1864 yil oxirida general Sherman qo'shini Savannani olib, Grant qo'mondonligidagi qo'shinlar bilan qo'shilish uchun harakat qildi. Konfederasiya qo'shini halokatli ahvolga tushib qoldi. 1865 yil 3 aprelda general Grant qo'shini Richmondni egalladi. General Li qo'mondonligidagi konfederatsiya qo'shinlari Appomattoks yaqinida qo'rshovga olinib, 1865 yil 9 aprel kuni taslim bo'ldi. Shundan so'ng konfederatsiya qo'shinining qolgan qismlari ham birin-ko’in taslim bo'lib, urush harakatlari tugadi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish