O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Avstriyada 1848-1849 yillar inqilobi va lining umumiy xususiyatlari



Download 2,34 Mb.
bet82/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Avstriyada 1848-1849 yillar inqilobi va lining umumiy xususiyatlari
Germaniya davlatlarida inqilobning bosh masalasi german davlatlarini milliy jihatdan birlashtirish bo 1 Igan bo' Isa, ko'p millatli Avstriya imperiyasida burjua-dcmokratik inqilobning bosh masalasi Gabsburglarning feodal-absolyutistik monarxiyasini tugatih. feodal tartiblarini bekor qilish va mustaqil burjua davlatlarini lashkil qilish edi. Germaniya davlatlaridagi kabi Avstriyada ham xalqning inqilobiy harakatlarini ommaviy tus oloshiga Fransiyadagi inqilobning ta'siri katla bo'ldi.
13 martda Venada inqilob boshlandi. Xalq ommasi seym binosini qurshovga olib konstitutsuyani qabul qilinishini va Metternixni iste'foga chiqishini talab qildi. Hukumatning xalq harakatini qurol kuchi bilan bostirishga bo'Igan urinishi uni yanada kuchaytirdi. Saroyning hukrnron doiralari yon berishga majbur bo'ldilar. Metternix iste'foga chiqarilib. senzura bekor qilindi, byurgerlarga qurollangan milliy gvardiya otryadlarini tuzishga ruxsat etildi, shuningdek, talabalarning qurolli otryadlari - "Akademik legionlar" tuzildi. Imperator konstitutsuya ishlab chiqish uehun Venada provinsiyalar seyrni (landtag) majlisini chaqirishga va'da berdi.
Milliy ozodlik harakatlarining eng katta o'choqlaridan biri bu - markazi Praga bo’ Igan Chexiyadagi milliy ozodlik harakati edi. Svetovaslav komiteti Chebiya, Moraviya va Sileziyani markazi Praga bo'lgan avtonom davlatga birlashtirib, yangi vakillik organini tuzish haqida imperatorga talabnoma yubordi. Chexiyadagi Avstriya hukumatining vakillari Svetovaslav komitetining a'zolarini islohotlar tayyorlashga va ushbu komitetni Miiliy komiletga aylantirishga rozi bo'ldilar.
Xorvatiyaning xalq majlisi ham 25 martda imperatorga xalq nomidan talabnoma yuborib, Xorvatiyada milliy hukumat va armiya luzishga ruxsat so'radi. Ferdinand 1 ning ruxsati bilan Gabsburglar hokimiyati ostida yangi "Xorvat-Sloven-Dalmatsiya qirolligi'' tuzildi.
Imperator inqilobni bostirishga qaror qildi. U Markaziy komitetni tarqatib yuborish haqida farmon chiqardi. Bunga javoban Venada xalq harakati ko'tarildi. Xalqning qurolli qarshiligiga dueh kelgan hukumat Markaziy komitetni tarqatish haqidagi farmonni bekor qilib, konlitutsiya loyihasini tayyorlashga kirishganligini c'lon qildi. Shundan so'ng hukumat demokratlarga qarshi o'ziga tayanch qidira boshladi va buni katolik ruhoniylaming ta'siri kuchli bo'lgan qo'shni Tirolda ko'rdi. Imperator Venadan Tirolga qochdi. Avstriya hukumati Venadan harbiy qo'shinlarni ehiqarish va umumiy saylov huquqini joriy qilishga majbur bo'ldi.
Pragada 1848 yilning 2 iyunida slavyanlar kongressi chaqirildi. Kongressning asosiy maqsadi agressiv nemis millatchiligiga qarshi butun slavyan xalqlarini birlashtirish edi. Unga qarshi Pragaga imperiya qo'shinlari keltirila boshlandi. Bunga javoban Praga aholisi 12-17 iyun kunlari qurolli qo'zg'olon ko'tardi, biroq imperiya qo'shini qo'zg'olonni shafqatsiz ravishda bostirdi.
Vena ishehilari fransuz ishchilari kabi mehnat huquqini talab qilib 23 avgustda namoyish uyushtirdilar. Namoyishni tarqatish uchun burjuaziyaning milliy gvardiyasi qurolsiz ishchilarni o'qqa tutdi. 18 kishi halok bo'ldi, 200 ga yaqin kishi yaralandi. 1848 yilning oktyabr-noyabr oylarida Vcnadagi xalq harakati bostirildi, kurash davomida qo'zg'olonchilardan 5000 kishi qurbon bo'ldi.
1849 yilning yanvarida imperiya qo'shini Budapeshtni egalladi. Vengriya poytaxtida inqilobiy harakatlar bostirildi.
1849 yilning 4 martida Venada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiya mart inqilobi qo'lga kiritgan barcha muvaffaqiyatlarni bekor qildi. Vengriya avtonomiyasi tugatilib, butun imperiya hududida yagona markazlashgan davlat boshqaruvi ornatildi. Venadagi mart inqilobining muvaffaqivatlari Avstriya imperiyasining boshqa viloyatlarida ham inqilobiy harakatlaming jonlanishiga sabab bo'ldi. 15 mart kuni Pesht shahrining ishchilar, hunarmandlar, talabalar va ziyolilarning vakillaridan iborat xalq ommasi demokral shoir Shandor Petyofi rahbarligida tipografiyani egallab, awaldan tayyorlangan 12 talabdan iborat siyosiy dastur chop qildi. Unda senzurani bekor qilish, seym oidida mas'ul bo'lgan hukumat tuzish, barshchinani bekor qilish va boshqa talablar aks etgan edi. Bratislav shahrida majlisga yig'ilgan Vengriya seymi xalq harakatining keng quloch yoyishdan vahimaga tushib. Vengriyada burjua yangilanishlari haqida bir qator qonunlar qabul qildi, masalan, dvory an laming soliq imliyozlarini va krepostnoylik huquqini bekor qilish, Vengriya qirolining moliya va harbiy sohalarda mustaqilligi haqida parlamenl tizimini joriy qilish va boshqalar shular jumlasidandir.
Venadagi imperalor hukumati ham Vengriyada mustaqil hukumat tuzishga rozilik berdi. Bu hukumalni graf Batian boshqarib, u Avstriyadan ajralib chiqib, mustaqil Vengriya davlatini luzishga harakat qildi.
Budapeshtga Avstriya qo'shini kiritilgach Batian hukumati iste'foga chiqdi. Hokimiyat Layosh Koshut boshchiligidagi Mudofaa komiteti qo'liga o'tdi. Asosiy e'tiborni ko'p sonli milliy armiya tuzishga qaralgan Layosh Koshut 1849 yilning bahoriga kelib 170 ming kishiiik armiya tuzdi.
Debretsenga ko'chgan Vengriya seymi Avstriya imperiyasining yangi konstitutsiyasi qabul qilingan kun - 1849 yil 14 aprelda, unga javob tariqasida, Vengriyaning mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi. Tezda milliy gvardiya Budapeshtni egalladi. 1848 yilning 28 iyulida Koshut hukumati "Vengriyadagi barcha millatlarni teng huquqliligi haqida" qonun chiqardi.
1848 yilning 9 iyunida Rossuya va Avstriya qo'shinlari Vengriya qo'shinlariga qarshi urushga kirishdi. Vengriya respublikasining Fransiya va Angliyadan yordam olish umidi puchga chiqdi. 13 avgust kuni Vilogash ostonasida Vengriya qo'shinining so'nggi qismlari -tor-mor etildi. Vengriya inqilobi mag'lubiyatga uchradi.
Avstriyada inqilob natijasiz bo'lmadi, dehqonlar to'lov yo'li bilan feodal tobeligidan ozod bo'ldilar, pomeshchik sudlari bekor qilindi, dvory an laming soliq, sud va harbiy sohadagi imtiyozlari tugatildi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish