Urushning yakuni va oqibatlari Linkoln hukumati isyonchi quldorlar va ularning qo'shinlarini qurolsizlantirish va zararsizlanlirish chora-tadbirlarini ko'rmadi. Konfederatsiya harbiylarining deyarli barchasi erkin qo'yib yuborildi. Natijada 14 aprel kuni "Ford" teatrida Teylorning "Bizning amcrikalik tog'amiz" komediyasini tomosha qilayotgan prezidenl A. Linkoln quldorlarga yollangan aktyor Buts, Jon Uilks, Sarro’, jami 4 kishi tomonidan o'Idirildi. Bu suiqasd quldorlarning pinxona ravishda bildirifgan hukumatga nisbatan qarshiligi edi. 1865-1877, yillar davomida Janubiy shtatlarni siyosiy va ijtimoiy jixatdan qayta tiklash (rekonstruktsiya) davrida ayniqsa bu hoi yaqqol namoyon bo'ldi.
1865 yil dekabrida kongress AQSh konstitutsiyasiga negrlar qulligini bekor qiluvchi o'n uchinchi, 1866 yilda esa negrlarga saylov huquqini beruvchi o'n to'rtinchi tuzatishni kiritdi. Konfederasiyaning rahbarlari davlat lavozimlarini egallashdan mahrum qilindi. Quldor plantatorlar negrlarni qullikdan ozod qilishni e'tirof etsalarda, ularga yer va siyosiy huquqlar berishga qarshilik ko'rsatdilar. Negrlarni huquqsiz holda saqlab qolish uchun ularai kaltaklab, terror qiluvchi qurolli bandalar tuzdilar. 1866 yildan boshlab Janubda "Ku-kluks-klam" deb ataluvchi maxfiy irqiy-terroristik tashkilotlar to'zila boshlandi. Bu tashkilot a'zolari plantatsiyalarda mehnat qilishdan bosh tortgan negrlarni o'ldirib, ularni siyosiy huquqlardan foydalanishga yo'l qo'ymagan. 1865-1866 yillarda Janubda joriy qilingan "Qora kodekslar" negrlarni yerga egalik qilishni yoki ijaraga yer olishlarini ta'qiq lagan.
Negrlarni olomon qilib o'ldirish bilan shug'ullanuvehi "Linch sudlari" keng faoliyat yuritdi.
Janub plantatorlarini ilgarigi hukumronlik holatini tulik saqlab qolishga urinishi nafaqat negrlarni, balki, butun mamlakat ishchilari, fermerlari va hunarmandlarining keng ommasida norozilik uygotdi. Shimol burjuaziyasi yangidan inqilobiy ko'larilish xavfini sezib Janubni qayta tiklash dasturini "yuqoridan" amalga oshirishga kirishdi.
Janubni qayta tiklash burjua demokratik inqilobining davomi bo'lib, u federal qo'shin yordamida amalga oshirildi. Janubni qayta tiklash davomida ijroiya hokimiyat o'sha shtatlarni egallab turgan federal qo'shin nazorati ostida bo'ldi.
AQSh fuqarolar urushi davomida va undan key in ham tajovuzkor tashqi siyosat yuritdi. 1862-1864 yillarda Shimol burjuaziyasi kapitalistik mamlakatlar bilan birgalakda Xiloyda taypinlar qo'zg'olonini bostirishda ishtirok etdi. 60-yillarda AQSh Yaponiyaning ichki ishlariga aralashib. tengsiz shartnomalar imzolashga majbur qildi. Fuqarolar urushida g'alaba qilgan Shimol burjuaziyasi Xitoy, Yaponiya va Alyaskaga nisbatan ckspansiya siyosatini davom elUrdi.
1867 yilda Tinch okeanining shimoliy qirg'oqlarida chor Rossiyasining zaiflashib qolganfigidan foydalangan AQSh Rossiyadan arzimas 7,2 mln. dollarga Alyaska yarim oroli va Aleut orollarini sotib oldi.
AQSh fuqarolar urushi juda muhim oqibatlarga sabab bo'ldi. Urushda Shimolning g'alaba qilishi natijasida AQShning birligi saqlab qolindi. Prezidentlik lavozimi, senat va oliy sud burjuaziya nazoratiga o'tdi. Plantatorlar davlatdagi siyosiy hukumronlik mavqeyidan mahrum bo'ldilar. Fuqarolar urushining asosiy ijtimoiy muvaffaqiyali -qulchilikni bekor qilinishi va gomsted haqidagi qonunlar bo'ldi. Urush natijasida mamlakatda fermerlik, ya'nt qishloq xo'jaligida kapitalistik taraqqiyotning "Amerikacha yo'li" g'alaba qildi. U ichki bozorni kengayishiga g'ov bo'lib turgan barcha to'siqlarni bartaraf etib, sanoat va qishloq xo'jaligini jadal rivojlanishi uchun turtki berdi. Mamlakat milliy birligini saqlab qolinishi, AQSh hukumron doiralarining bosqinchilik siyosatini yuritishiga qo'l keldi. AQSh aholisi-271,6 mln. Yer yo'zi aholisining 5 %ni tashkil etadi. Hududi – 9363 ming km. kv. kattaligi jihatidan dunyoda to'rtinchi o'rinda turadi. Prezidenti-Barak Obama. 50 ta shtatdan iborat.
Islom Karimov: "Keyingi yillarda qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarishda AQSh bilan hamkorlik kuchaymoqda. Biz paxtachilikda ekish, ishlash va terish texnikasini chetdan oiib kelish yo'lini tuta olmaymix. Chunki dunyoda bunday mashinalarni faqat AQSh va O'zbekiston ishlab chiqaradi, xolos".