O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti egamberdiuev muhammad orziqulovich



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana10.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#772927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlarining samaradorligini oshirishda

1.
 
O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil 
energiya tizimini yaratish zaruriyati 
 
O‗zbekiston Respublikasi elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, shuningdek, sanoat, 
qishloq xo‗jaligi va iqtisodiyotning barcha sohalarida hamda ijtimoiy hayotda foydalanish uchun 
yetarli miqdorda energiya resurslariga ega. Hozirgi kunda energetika resurslari ishlab chiqarish 
hajmi ichki talabdan 15–20 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. 
Yoqilg‗i-energetika kompleksini tez rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor 
yo‗nalishiga aylangan.
Elektroenergetika O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bazaviy sohasi hisoblanadi va 
muayyan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik manbaiga ega bo‗lib, uning rivojlanishiga salmoqli 
ta‘sir ko‗rsatadi [17].
Oxirgi yillarda O‗zbekiston dunyodagi neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik salohiyatli 
davlatlarning o‗nligiga kiradi. 1997 yildan buyon har yili mamlakatda 50 mlrd. m
3
gaz va 8 mln. 
tonna neft ishlab chiqarilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi mamlakatlari o‗rtasida ikkinchi va 



to‗rtinchi o‗rinlarni egallab kelmoqda. Gaz qazib olish bo‗yicha O‗zbekiston dunyoda sakkizinchi 
o‗rinni egallaydi. 
Markaziy Osiyo mintaqasida O‗zbekiston energetikasi eng yuqori salohiyatga ega. Oxirgi 
30 yil ichida respublikada 55–60 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish 
quvvati 3 martadan ko‗pga o‗sgan. 
O‗rtacha xalqaro o‗lchovlarda O‗zbekistonning shartli yoqilg‗i zaxirasi o‗ziga xos 
salohiyatga ega bo‗lib, taxminan 14 mlrd. tonnaga yaqin shartli yoqilg‗iga ega. Asoslangan 
uglevodorod zaxirasining hajmi, o‗zbek foydali qazilma konlarida, o‗rtacha, dunyo masshtabida 
hisoblaganda, 594 mln. barrel neft va 1,9 trln. m
3
gazga teng. 
Shuni ta‘kidlash mumkinki, O‗zbekistondagi energiya resurslarining umumiy iste‘mol 
balansi oxirgi o‗n yillikda tabiiy gaz 84–87 foiz, mazut — 11–8 foiz va ko‗mir — 3,5–4,4 foizni 
tashkil etmoqda. Ko‗rinib turibdiki, yoqilg‗i energetika balansi shaklida energetika xavfsizligi 
talablariga optimal javob bermaydi. Ma‘lumki, neft va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi 
O‗zbekistonda ham kamayib bormoqda, u bir necha o‗n yilliklarga, shu bilan birga ko‗mir 
zaxirasi 250 yildan ko‗proq muddatga yetishi mumkin. Shundan xulosa qilib, bugungi ko‗mirning 
O‗zbekiston energetikasidagi roli pastligini hisobga olgan holda uni oshirish uchun faollik 
ko‗rsatish zarur. 2015 yilgacha bo‗lgan yoqilg‗i-energetika balansining diversifikatsiyalash 
rejasida ko‗mir qazish 11,0 foizga yetkazilishi belgilanmoqda.
O‗zbekiston energiya resurslari o‗ziga yetarli bo‗lgan mamlakatdir. Shu bilan birga tabiiy 
gaz va neft zaxiralarini iste‘mol qilish shuni ko‗rsatayaptiki, ular mamlakat ehtiyojlarini bir necha 
o‗n yillar davomida ta‘minlashi mumkin. Lekin bu davrga kelib sarflanayotgan elektr energiya 
hajmi mamlakatda ikki barobar oshishi mumkin, ya‘ni 50 mlrd. kVt, uni ishlab chiqarish uchun 
esa an‘anaviy uglevodorodli qayta tiklanmaydigan energiya resurslari yetarli emas. Kelajakdagi 
zarur o‗zgarishlarni inobatga olib, bugunning o‗zidayoq, energiyaning qayta tiklanuvchi deb 
atalgan manbalarini rivojlantirish haqida o‗ylab ko‗rish kerak. Bular qatoriga gidroresurslar, 
quyosh, shamol, atom va biomassalar energiyasi kiradi.
Kelgusida energiya yetkazuvchilardagi o‗zgarishlarni hisobga olib, Markaziy Osiyo hududi 
va O‗zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, shuningdek, taxmin qilinayotgan 
energiya iste‘molining ayniqsa, qishloq joylarda o‗sishi hisobga olinsa, qayta tiklanadigan 
energiyani rivojlantirish zaruriyati shubhasizdir.
Butun dunyoda energetik krizis hukm surayotgan vaziyatda qayta tiklanadigan energiya 
manbasi yana ham ommabop bo‗lib bormoqda. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov «Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‗llari va choralari» 
nomli asarida O‗zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga 
chiqishning ishonchli yo‗llaridan biri sifatida elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, 



energiya iste‘molini kamaytirish hamda energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish 
choralarini amalga oshirish lozimligini, mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya 
resurslardan nechog‗li tejamli foydalana olishimizga bog‗liq ekanligini alohida qayd qilib 
o‗tganlar. Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg‗ilar — ko‗mir, neft, tabiiy gaz va uran zaxirasi 
dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarini hozirgi darajada iste‘mol 
qilishda dunyodagi neft zaxirasi — 45–50 yilga, tabiiy gaz — 70–75 yilga, toshko‗mir — 165–
170 yilga, qo‗ng‗ir ko‗mir — 450–500 yilga yetishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi 
rivojlanishi, aholining o‗sishi va mavjud an‘anaviy energiya ta‘minoti hisobga olinsa, energiya 
ta‘minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg‗ilarni ishlatish atrof-
muhitga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli 
tashlanadigan zaharli moddalar miqdori 80 foizdan ko‗proqqa to‗g‗ri keladi [15].
I. Karimovning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
tо‗g‗risida‖gi Farmonida izohlaganlaridek, iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan 
mamlakatlarda uglevodorod xom ashyosining jaxon miqyosidagi zaxiralari kamayib 
borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini 
oshirishning eng muxim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish 
bo‗yicha ishlanmalar jadal suratlar bilan olib borilmoqda. 
О‗zbekistonda muqobil eneogiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh energiyasidan 
foydalanish soxasida ilmiy va ekspremental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba 
tо‗plangan bо‗lib, ular yuzasidan bir qancha о‗n yillar mobaynida ishlar olib borilmoqda. 
Respublika Markaziy Osiyoda о‗xshashi yо‗q ilmiy ekspremental markaz – Fanlar 
akademiyasining ―Fizika – Quyosh‖ ilmiy ishlab chikarish birlashmasi tashkil qilingan bо‗lib, 
uning tadqiqotlari natijalari jaxon miqyosida e‘tirof etildi. 
Issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati 
olish uchun fotoelektrik va termodinamik kо‗rsatkichlar, maxsus materiallar sintezi 
texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh 
energiyasidan foydalanish bо‗yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa, 
faol va samarali olib borilmoqda. 
О‗tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va 
sohalarida amalda ekspremental ravishda keng kо‗lamda qо‗llanilmoqda. О‗n yildan ortiq
vaqt davomida Respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-
joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va 
ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa 
mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar о‗rnatilgan. Turli quvvatlardagi 


10 
fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish о‗zlashtirilgan. Kо‗plab oliy о‗quv yurtlari va kasb-
xunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun О‗zbekistonda yaratilgan shart-sharoit 
va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bir sohadagi ilg‗or texnologiyalarni nafaqat 
respublikamizda, balki butun О‗rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida 
foydalanishga asos bо‗lib xizmat qiladi[1].
Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18 yilligiga 
bag‗ishlangan tantanali marosimdagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‗lini izchil davom 
ettirish — taraqqiyotimizning muhim omilidir» mavzuidagi ma‘ruzasida «...muqobil energetika 
turlaridan foydalanish sohasida ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‗l ochib berishimiz zarur», deb barchaning e‘tiborini ushbu 
masalaga alohida qaratganlari ham bejiz emas.
Rektorimizning «Xalq sо‗zi» gazetasining, 2013 yil 16 – aprel sonida chop etilgan
―Muqobil energiya manbalari iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini 
oshirishning muhim omilidir‖ mavzusidagi maqolalarida ta‘kidlanganidek, ona tabiat o‘z 
inomlari bilan hamisha insoniyat xizmatida bo‘lib kelgan va hali-hanuz shunday bo‘lib 
kelmoqda. Biroq bu dunyoda hamma narsaning chek- chegarasi, intihosi bor. Xususan, jahon 
miqyosida uglevodorod xom ashyosi zaxiralari keskin kamayib borayotgan hozirgi sharoitda 
muqobil energiya manbalaridan omilkorlik bilan foydalanish, shuningdek, tabiat ne‘matlariga 
qarab qolmasdan noan‘anaviy energiya sohasini rivojlantirish va ularni amaliyotga tezroq 
tadbiq etishni davrning o‘zi kun tartibiga qo‘ymoqda [2]. 
Ta‘kidlash joiz, xalqaro energetika amaliyotida muqobil energetika amaliyotida muqobil 
manbalar sifatida gidro, quyosh, shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari 
alohida e‘tirof etildi. Ular orasida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, shubxasiz, quyosh 
energiyasidan foydalanishdir. Rivojlangan davlatlardagi nufuzli tashkilotlarning asosli 
xulosalariga ko‘ra, 2100 yilga borib, quyosh energiyasi sayyoramiz uchun energiyaning 
dominant manbaiga aylanadi.
Shu jixatdan aytganda, Prezidentimizning 2013 yil 1martdagi ―Muqobil energiya 
manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmoni jamiyatimiz 
taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim hujjat hamda oqilona qadam 
bo‘ldi. 
Farmonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy va moddiy-texnik 
asoslari aniq belgilab berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 
―Fizika-Quyosh‖ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida Xalqaro quyosh energiyasi 
institutining tashkil qilinishi, ―Navoiy‖ erkin industrial – iqtisodiy zonasida eng zamonaviy 


11 
texnalogiyalarga asoslangan 100 MVt quvvatli fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi 
qo‘shma korxona barpo etilishi, Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh 
fotoelektrik stansiyasining qurilishi, quyosh hamda bigaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar 
va foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari hamda afzalliklar 
berilishi, albatta, mamlakatimiz iqtisodiyotinining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Mazkur hujjatda qayd etilganidek, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, shamol, biogaz 
singari noaan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanishning ulkan imkoniytlari mavjud. 
Aytaylik, respublikamiz xududida yilning aksariyat kunlari quyoshlidir. Bunday tabiiy sharoit 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan omilkorlik bilan foydalanishda juda qo‘l keladi.
Universitetimizning Fizika va uni o‘qitish metodikasi, Issiqlik fizikasi va energetikasi 
kafedralari professor – o‘qituvchilari ko‘p yillardan buyon no‘ananaviy energiya manbalari, 
jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Kafedralar 
mutaxassislari, tadqiqodchi olimlar tomonidan turli quyosh qurilmalarining eksperimental 
variantlari va modellari yaratilib, tajriba – sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Uzoq yillar 
izlanishlrimiz natijasida quyosh energiyasi ta‘sirida hosil qilinadigan issiq havo oqimi 
yordamida meva maxsulotlarini quritish uchun mo‘ljallangan, bir nechta variant va turli 
o‘lchamdagi quyosh issiqxona meva – quritgich qurilmalari loyixalari ishlab chiqildi. Ular 
tajribadan o‘tkazilgach, qurish va foydalanish uchun fermer xo‘jaliklariga tavsiya qilindi. 
Jumladan, hozir viloyatimizning Qarshi, Yakkabog‘ Chiroqchi va boshqa tumanlaridagi qator 
fermer xo‘jaliklarida ushbu texnalogiyalarning smeta loyixalari asosida qurilish ishlari 
boshlab yuborilgan. Yakuniy natijalar va olib borilayotgan tadqiqot ishlari samaradorligi 
xususida fikr yuritiladigan bo‘lsa, aytish lozimki, o‘tgan o‘n yildan ortiq muddat mobaynida 
geliotexnik olimlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalarimiz bilan hamkorlikda Fan va 
texnalogiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi grantlari va xo‘jalik 
shartnomalari asosida ilmiy tadqiaot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalmiz. Shuningdek, 
ilmiy izlanishlarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha vohaning Qarshi, Kasbi, Yakkabog‘, 
tumanlarida 
avtomatlashtirilgan 
issiqlik 
akkumulyatorlari, 
quyosh 
issiqxona-meva 
quritgichlari va geliolimonariylar qurilib, ishga tushirildi. 
Ikki yildirki, Qarshi DU ning ―Qayta tiklanadigan energiya manbalari‖ o‘quv ilmiy 
markazida ‖Kombinatsiyalashtirilgan yoqilgi-quyosh paxta quritish qurilmasi takomillashgan 
variantlarini ishlab chiqish va tadqiq etish‖ , ―Avtonomlashtirilgan tuproq osti issiqlik 
akkumulyatorli quyosh issiqxona – meva quritgich qurilmasining issiqlik-fizik va energetik 
xarakteristikasini tadqiq etish‖, ―Avtonom tizimli va issiqlik akkumulyatorli quyosh uyini 
isitish va harorat rejimini mo‘tadillashdagi issiqlik fizik, energetik jarayonlarini tadqiq etish‖ , 
―Fermer xo‘jaliklari uchun geliokompleks (geliouy, geliodush va paxta quritish, geliopilla 


12 
quritish qurilmasi) ni zamonaviy texnalogiyalar asosida tadqiq etish‖ kabi mavzularda ilmiy 
izlanishlar olib borilayotir. 
Kelgusida energetika sohasida uglevodorod xom ashyosi o‘rnini bosadigan, biogaz va 
quyosh energiyasidan foydalanib olinadigan yangi tur maxsulotlar, xususan, nano elektr 
energiya sohasida ishlatiladigan elektron strukturaga ega texnik jixozlarni yaratishga ham 
etiborimizni qaratamiz . 
Xulosa o‘rnida aytganda, Prezidentimizning ―Muqobil energiya manbalarini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Farmoni mamlakatimizda muqobil energiya 
manbalarini yaratish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot hamda 
pedagogik ishlariga yanada mas‘uliyat bilan yondoshishga, barchani mazkur soha 
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida tashabbuskor bo‘lishga undaydi [2]. 
Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda. 
Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga asoslangan energiya manbalari (NQTEM), 
atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. 
O‗zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va geotermal 
energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan tashqari, qayta tiklanadigan energiya 
manbalari, chekka, tog‗li va mavjud energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo‗lgan tumanlar 
uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‗lgan energiya manbasi bo‗lishi mumkin.
Mustaqillikka erishilgan bir sharoitda, energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash 
maqsadida, shuningdek, yoqilg‗i, elektroenergetika va suv tizimi faoliyatidagi o‗zgarishlar ro‗y 
berib turgan bir holatda, respublika energetikasini rivojlantirish uchun NQTEMdan keng 
foydalanish, yoqilg‗i, elektr energetikasi va suv tizimini mamlakatimizda rivojlantirish 
mustahkam omil bo‗lishi lozim. 
O‗zbekistonda NQTEMni rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy qo‗llab-quvvatlanishiga 
ko‗maklashish uchun ma‘lum qadamlar qo‗yilmoqda. NQTEMdan foydalanish uchun amalda 
qator meyoriy hujjatlar mavjud. Jumladan, «Energiyadan oqilona foydalanish to‗g‗risida»gi 1997 
yil 25 aprelda qabul qilingan Qonunning 20-moddasida NQTEMni umumiy tarzda foydalanishni 
huquqiy chegarasi aniqlangan. Undan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2009 yil 13 fevraldagi majlisida 2009–2013 yillar uchun mamlakat energetikasi 
xavfsizligini ta‘minlashda elektroenergetikani modernizatsiyalashni ko‗zda tutuvchi dasturida, 
noan‘anaviy va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishning asosiy roli belgilab berilgan. 
Mamlakatimizda xalqaro homiy tashkilotlar va moliya institutlari tomonidan yetarlicha qator yirik 
loyihalar amalga oshirilgan, shuningdek, NQTEMni ishlab chiqarish va servis xizmati uchun 
salohiyatli ilmiy va texnologik baza yaratilgan.


13 
O‗zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat siyosatida sanoati 
rivojlangan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning qayta tiklanadigan 
energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu shuni 
ko‗rsatadiki, qayta tiklanadigan energetika sohasida aniq maqsad va vazifani belgilashi hamda 
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi — qayta tiklanadigan energiyaning an‘anaviy energiya 
ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo‗lishiga ko‗maklashadi.
O‗zbekistonda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanishning ayni vaziyatdagi 
ahamiyati shundaki, gidroenergetikadan tashqari uning resurslari hozirgi paytda keng (sanoat 
ahamiyati miqyosida) foydalanilmayapti. U ham barcha yangi texnologiyalar kabi NQTEMga oid 
izlanish, ishlanma va tajribalar, joriy etish bosqichida bo‗lib, iqtisodiy ham qonuniy-meyoriy 
qo‗llab-quvvatlanishi kerak.
Oxirgi yillarda qonunlarning monitoringi, hukumatning qaror va ko‗rsatmalari shuni 
ko‗rsatdiki, O‗zbekiston Respublikasidagi NQTEM sohasidagi foydalanilayotgan amaldagi 
qonuniy va meyoriy baza, qayta ishlanishi va qo‗shimchalar kiritilishi, iqtisodiy va moliyaviy 
mexanizmlari va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning rivojlanishini qo‗llab-
quvvatlab, boshqarish mexanizmi ifodasini topgan bo‗lishi kerak [18].
Bu qonunlar, yangi resurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalar, zamonaviy 
uskunalar va eng muhimi, ham ishlab chiqarishda, ham kundalik turmushda yuksak darajadagi 
energiya ta‘minotini targ‗ib etish borasida bir qator rag‗batlantirishlar joriy etilishi lozim. 
NQTEMning jahon miqyosida qo‗llanish tahlili shuni ko‗rsatadiki, bugungi kunda qayta 
tiklanadigan energiyaning noan‘anaviy turlaridan foydalanish borasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, 
AQSH, Yaponiya, Xitoy va Hindistonda yuksak natijalarga erishilgan. Dunyoda 2 milliondan 
ortiq quyosh issiqlik tizimi ishlab turibdi. Isroil mamlakatida issiq suv ta‘minotining 70 foizini 
ta‘minlaydigan 800 mingdan ziyod quyosh moslamasi mavjud. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish