Anemometr (5) o‘qqa kirib turuvchi to‘rt kosachali parrak (4) yordamida aylanadi va shamol qabul
qiluvchi apparatni tashkil qiladi. O‘qning pastki qismida reduktor bilan tutashtirilgan kesilgan chervyak
Siferblat (2) birlik, yuzlik va minglik shkala birliklaridan iborat. Birlik shkalani ko‘rsatadigan
strelkani (3) harakatini marka-ziy g‘ildirakka chervyaksimon g‘ildirak va trib orqali chervyak (6) ga
uzatadi. Chunki strelka (3) markaziy g‘ildirakka qotirilgan. Kichik g‘ildirakka kirgizilgan yuzlik
shkalalarni ko‘rsatuvchi strelka I -ni harakati markaziy g‘ildirak tribini oraliq g‘ildirak orqali amalga
oshadi. Kichik g‘ildirakdan ikkinchi oraliq g‘ildirak orqali aylanish 2 chi kichik g‘ildirakka o‘tadi. Bunda
minglik shkalalarni ko‘rsatuvchi strelkasi (7) ishlaydi.
Mexanizmni qo‘shish uchun arretir (9) orqali bajariladi. U o‘z arretirning bir uchi plastik prujina
orqali chervyaksimon g‘ildirakka qadalgan. Arretir soat strelkasi bo‘ylab buraladi. Bunda arretirning
ikkinchi uchi plastinkali prujinani ko‘taradi, o‘qning uchi o‘qni aylanish natijasida chervyakni (6)
chervyaksimon g‘ildirakka kiritadi.
Arretirni soat strelkasiga qarshi burilsa chervyaksimon g‘ildi-rak chervyakka ulashadi va
anemometrni shamol qabul qiluvchisi reduktor bilan qo‘shiladi yoki jipslashadi. Anemometr mexanizmi
plastmassali korpusga qotirilgan korpusning quyi qismi vint (10) bilan tugaydi. Vint (10) anomemetrni
ustunga mahkamlash uchun ishlatiladi.
Anemometr korpusidan (9) arretirning ikki tomonida quloq-chalar (8) qotirilgan bo‘lib, bundan
anemometrni o‘chirish yoki qo‘shish uchun ip o‘tkaziladi va ustunga qotiriladi. Ip arretirning
quloqchalariga qotiriladi. Anemometr shamol qabul qiluvchi sim cho‘lg‘amidan iborat krestovina bilan
himoyalangan, ushbu krestovina pirpirakning o‘qini yuqorisini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Ish tartibi:
Shamol tezligini o‘lchashdan avval uchala shkala ko‘rsat-kichlari yozib olinadi. O‘lchanayotgan
havo oqimi anemometr tik holda o‘rnatiladi va 10-15 s dan keyin arretir bilan bir vaqtda anemometr
mexanizmi hamda sekundomer qo‘shiladi. Havo oqimi-da anemometr bir yoki 2 minut ishlatiladi. Vaqt
tugashi bilan mexanizm va sekundomer qo‘shiladi va anemometr shkalalari ko‘rsatkichlari sekundomer
ko‘rsatkichi yozib olinadi.
Boshidagi va oxiridagi ko‘rsatmalarning farqi sekundomer ko‘rsatkichlariga bo‘linadi va shkala
vaqt bo‘luvchi topiladi, ya’ni bir sekunddagi ko‘rsatkich topiladi.
Anemometr ichida joylashgan darajali grafik orqali shamol tezligi aniqlanadi. Tik turgan grafik
o‘qida shkala bo‘luvining 1 sekundga to‘g‘ri keladigan sonlar joylashgan.
Ushbu nuqtadan chiziq tortiladi to grafikni kesib o‘tguncha o‘tkaziladi. Ko‘ndalang va tik o‘qlar
kesishgan nuqtada qidirilayot-gan havo oqimining tezligini m/s da topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: