О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/142
Sana02.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#730837
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142
Bog'liq
materialshunoslik va konstruksion materiallar texnalogiyasi

Metallurgiyaviy yoqilg‟ilar. 
Metallurgiyada asosiy yoqilg‟i sifatida koksdan, mazutdan, 
tabiiy gaz, domna va koks gazlaridan foydaliniladi.
Koks
. Kokslanuvchi sifatli toshko‟mirni maydalab, maxsus pechlarda 1000-1100
0

haroratda 10-15 soat davomida havosiz qizdirish (piroliz) natijasida olingan qattiq, g‟ovak 
massa 
koks
deb ataladi. Hozirgi zamon koks ishlab chiqaruvchi maxsus pechlarning hajmi 18-
20 
m
3
bo‟lib, bo‟yi 50-70 
m
li bir necha kamerasi bo‟ladi. Bu kameralarning har biri 10-15 
soatda 12-16 t koks beradi 
Metallurgiyaviy kokslarda o‟rtacha 85-90

uglerod, 0,5-2

oltingugurt, 0,04

gacha fosfor, 
1

ga yaqin ajraluvchi gazlar, 10-13

kul va 5

gacha namlik bo‟ladi. Koksning issiqlik 


chiqarish xususiyati 6500-7500 
kkal

kg
(27-31 M
j

kg
), alangalanish harorati 700 
0
C ga yaqin, 
maydalanishga qarshiligi 100-1400 
kg

sm
2
, g‟ovakligi esa 45 - 55

.
Koksdan, asosan, domna pechlari va vagrankalarda cho‟yan ishlab chiqarishda yoqilg‟i 
sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda kokslanuchi ko‟mirlarga kokslanmaydigan ko‟mir 
qo‟shib koks olish usuli ishlab chiqilgan.
Mazut
neftni qayta ishlashda hosil bo‟lgan suyuq qoldiq massa bo‟lib, undan marten va 
boshqa pechlarni qizdirishda yoqilg‟i sifatida foydalaniladi. Mazut yonganda ko‟p miqdorda 
issiqlik chiqarishi (8500-10500 
kkal

kg), 
kul ajratmasligi va yonishini oson rostlash mumkinligi 
uning xarakterli ko‟rsatkichlariga kiradi.
Tabiiy gaz.
Bu gaz yonganda yuqori kaloriyali issiqlik beruvchi arzon yoqilg‟i bo‟lib, 
uning asosiy qismi metan (CH
4
) dir. Boku va Saratov gazlarining tarkibini o‟rganish ularda 
92

-CH
4
; 2

-CO
2
; 4

-C
4
H
4
; 0,34

-H
2
O va 2

-N
2
borligini ko‟rsatadi. 1
m
3
 
tabiiy gaz 
yonganda 8000 kkal (34Mj

m
3
) issiqlik chiqadi.
Koks gazi.
 
Toshko‟mirdan koks olishda koks gazi hosil bo‟ladi. Bu gazning tarkibida 46-
63 

H
2
; 21-27

CH
4
; 2-7

CO
2
; 4-18

N
2
bo‟ladi. 1
m
3
koks gazi yonganda 3500-4500 
kkal
(
15-18MJ/m
3
) issiqlik ajraladi. Koks gazidan metallurgiyaviy pechlarda yoqilg‟i sifatida 
foydalaniladi.
Domna gazi.
Domna pechlarida cho‟yan ishlab chiqarishda ajraluvchi gaz bo‟lib, metallurgiya 
korxonalarida undan sof holda yoki koks gazi bilan aralashtirib foydalaniladi.
Gaz yoqilg‟ilari suyuq yoqig‟ilarga nisbatan arzonligi, zararli qo‟shimchalardan xoli 
bo‟lganligi, yondirishga qadar ma‟lum haroratgacha qizdirish mumkinligi, bir joydan ikkinchi 
joyga uzatish qulayligi kabi afzalliklari tufayli borgan sari sanoatda keng miqyosda 
ishlatilmoqda.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish