Duralyuminiylar
(Д1, Д2,..., Д16) tarkibida 3,8...4,9 % mis, magniy va marganes
bо‟lgan qotishmalardir. Д1 markali duralyuminiy 3,8...4,8%Cu, 0,4...0,8%Mg, 0,4...0,8%Mn,
0,7% gacha Si va Fe, 0,3% gacha Zn, 0,1% gacha Ni, qolgani alyuminiydan iborat bо‟lib,
normal duralyuminiy
deb ataladi. Duralyuminiy strukturasining tuzilishi 34-rasm
a
da
keltirilgan.
Alyuminiyning bolg‟alab, shtamplab, prokatlab buyumlar olish uchun ishlatiladigan
qotishmalari AK4, AK5, AK6 kabi markalanadi. Bunday qotishmalardan aviatsiya
dvigatellarining porshenlari, samolyot vintlarining qanotlari kabi buyumlar tayyorlanadi.
Al-C-Mg-Mn turkumiga kiruvchi qotishmalar termik ishlanganda mustahkamligi oshadi.
Duralyuminiylarni termik ishlash usuli bilan mustahkamlash uchun ular toblanib, eskirtiriladi.
Buning uchun qotishma 495…505
0
C gacha qizdiriladi va suvda sovitiladi, sо‟ngra 5…6 kun uy
haroratida ushlab turiladi, ya„ni
tabiiy eskirtiriladi
. Eskirtirish natijasida mustahkamlik yangi
toblangan qotishmaga qaraganda qariyib 70…75% ga oshadi. Eskirtirish jarayonida qotishma
tarkibidagi misning alyuminiydagi qattiq eritmasi (α-qattiq eritma) parchalanadi. Agarda
eskirtirish jarayoni yuqoriroq haroratlarda (100…150
0
S) 10…24 soat davomida olib borilsa
(
sun„iy eskirtirish
) qattiq eritma parchalanmaydi, qotishma kristall panjarasidagi mis
atomlarining joylashish tartibi о‟zgaradi.
Alyuminiyning quymabop qotishmalari
Al-Si tizimidagi qotishmalar bо‟lib,
siluminlar
deb ataladi. 33-rasm
b
da siluminning mikrostukturasini ko‟rinishi tsvirlangan.
Bu qotishmalar AЛ harflari va raqamlar bilan markalanadi, masalan, AЛ1, AЛ2, AЛ3,
..., AЛ18.
AЛ2 markali qotishma
normal silumin
bо‟lib, faqat modifikatsiyalash yо‟li bilan
puxtalanadi. AЛ3, AЛ5 va AЛ6 markali qotishmalar kam kremniyli, ammo mis, magniy va
marganes bilan qо‟shimcha legirlangan siluminlar bо‟lib, bu qotishmalarning quyilish xossalari
normal siluminlarnikiga qaraganda pastroq, ammo mexanikaviy xossalari yuqoridir. Bu
qotishmalar modifikatsiyalash va sо‟ngra termik ishlash yо‟li bilan puxtalanadi.
AЛ11 markali Qotishma Al-Si-Zn tizimidagi qotishmalardan bо‟lib, uning qо‟yilish
xossalari yuqori, uni modifikatsiyalash yо‟li bilan puxtalash mumkin. Bu qotishmadan
murakkab shaklli detallar qо‟yiladi.
САП ( pishirilgan alyuminiyli pudralar) qotishmalari ham A97 markali suyuq
alyuminiyni purkash orqali hosil qilinadi. Bu poroshokning tarkibiga qanchalik kо‟p Al
2
O
3
qо‟shilsa, qotishmaning mustahkamligi, qattiqligi va issiqbardoshligi shuncha yuqori bо‟ladi.
САП lar 450
0
C da ham uzoq yuklanish ta„siriga bardosh bera oladi.
Kо‟pgina hollarda porshen shtoklari, kompressor kо‟rakchalari, elektrodvigatel
о‟ramlari, issiqlik almashinuvchilar, reaktiv dvigatellarida boshqariladigan sistemaning
vintellari kabi qism va uzellar shu qotishmalardan tayyorlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |