3.2.Ijodiy uslubdagi o‘ziga xos mushtaraklik
Shoiralar ijodini o'rganarkanmiz, ular she'rlarida qo'llanilgan metaforalarning timsollar misolida o'xshashligini ilhg’ashimiz mumkin. Z.Mirzo ijodida nur, daraxt, yomg'ir,quyosh, suv , tog' kabi ramzlar H.Ahmedova va F.Afro'z ijodida ham ko'zga tashlanadi. Ayniqsa,kechinmalarning tabiat tasviri bilan ifodalanganli shoiralar ijodining mushtarakligini ko'rsatadi. Masalan:
Bir tog'edi ko'ksimda yotgan,
Daryo bo'lib shovullab oqdi.
Va dilimni yemirayotgan
G'am sevgining piligin yoqdi.
Dard, azob-uqubotning tog'ga ,uning yor hushomadidan so'ng ko'ngildan arishi "daryoday shovullab oqishiga "-harakat o'xshashligi orqali ma'no ko'chadi.
H.Ahmedovaning "Basir" nomli she'rida esa oftobning har kun lirik qahramon yurak qoniga cho'milib botishi, ya'ni quyosh botayotgandagi osmon tasviri, ya'ni rang o'xshashligi asosida ma'no ko'chishi bilan birga ijodkor qalbyarasi uning bitmas-tuganmasligiga ishora qiladi:
Ular bilmaydilar har kun botishin,
Yuragim qoniga cho'milib oftob.
Yoki F.Afro'zda kayfiyat, yuqori ruhiy holat tasviri ham shunday ifodalanadi:
Terakning uchida varrakday ko'ngil,
Yalpizlar joni-la jonlarim tutash.
Hey, umrim, sen endi bug'doyday ungil,
Qonga urib ketdi bahoriy otash.
“Obraz-poeziyaning na vaqt, na poetik o‘zgarishlar xavf sola oladigan eng ustuvor elementi. Badiiy adabiyotda hayotning barcha tomonlarini jonli obrazlarda aks ettirish mumkin. Buning boisi adabiyotning tasvirlash quroli so‘z mulkining o‘zidan iborat ekanligidadir”. She’r yaratilar ekan, uning “guhari sharifroq” bo‘lishi uchun ilhom deb atalmish ilohiy bir quvvatdan tashqari,uning she’rligini yuzaga keltiradigan poetik tasvir vositalaridan ham to‘yinadi, ular bilan birga dunyoga keladi.
Metafora poeziyaga xos hodisa, shunda ham nutq bezagi sifatida tushunilgan metafora endilikda fikriy faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ham birdek xos ekanligi e’tirof etilishi ayon bo‘lib bormoqda.
She’riyatda badiiy tasvir vositalaridan foydalanish she’rni jonlantiradi, voqelikni jonli va ta’sirchan kuchini oshirib, obrazli ifodalashga xizmat qiladi.
Badiiy tasvir va ifoda vositalari tildan foydalanishda muayyan badiiy estetik maqsadni ko‘zlab, ya’ni til unsurlarini odatdagidan o‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va shu kabilarni qo‘llash natijasida yuzaga keladi.
Metaforalarni qo’llash shoirdan kuzatuvchanlikni, diqqatni, hayotiy tajribalarni, izlanuvchanlikni talab etadi. She’rdagi badiiy kayfiyat, ijodkor ruhi kitobxon qalbiga to‘siqsiz ko‘chib o‘ta borishini ta’minlaydi.
5.Ijodkor badiiy matnda so‘zning poetik ma’nolarini yangilaydi. Bu holat ayniqsa, she’riyatda yorqin namoyon bo‘ladi.
6.Zebo Mirzo she’riyatida ishq obrazi shoiraning kechinmalarini, orzu istaklarini, samoviy tuyg‘u, uy xayollari va og‘riqlarini tasvirlovchi poetik obrazdir. “Ishq”, “Hijron tig‘i”, “yarador vujud” ushbu sifatlar shoira she’riyatidagi poetik ma’nolarini ochishda, metaforik obrazlar yaratishda ko‘r uchraydigan hodisadir.
7. Halima Ahmedova She’riyatida esa, bulut, samo, soya kabi poetik ramzlar ham lirik qahramon kayfiyatini ko'rsatib turuvchi muhim omillar bo'lib xizmat qilgan. Osmonning yig'lashi esa bu o’rinda yomg’ir yog’ishiga ishora hamdir. Yomg’ir obrazi an'anaviy obraz bo'lib, odatda u “ko’z yosh”, “g’am-qayg’u”ning ramzi sanaladi. Lirik qahramon osmonni yig'latib, o'z dardini aritmoq istaydi. Anglashiladiki, shoira osmon yig’isi, ya'ni, yomg'ir tushunchasi bilan ko'nglidagi hasrat, dard tushunchalarini bir-biriga uyg'unlashtira olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |