O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 84,49 Kb.
bet8/17
Sana23.06.2022
Hajmi84,49 Kb.
#695585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
“SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro\'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida disss

Mendan olislarda tentiraydi baxt,
Mendan olislarda quvonch sargardon.
Ko’nglimni quyoshga aylantirib ber,
Agar osmonliging rost bo’lsa osmon.
Tentirayotgan baxt, sargardon quvonch” metaforalari lirik qahramon yuragiga bu tuyg’ularning begonaligi, bu tuyg’ular hali ijodkorni- o’z egasini topolmay, sarson bo’lib yurganligini ifodalaydi. U osmonga qarab xitob, iddao qiladi: “ko’nglimni quyoshga aylantirib ber”. Demak,ijodkor qalbi nurga , yorug”likka muhtoj; u qaynoq hislarni tuymoq istaydi. Osmon metonimiyasi ham bunda Haqni ifodalaydi. Olloh va u qaror topgan makon bu samodir. So’nggi misrada aloqadorlik asosida ma’no ko’chishi kuzatilgan
Men endi ko’nikdim sensiz yashashga,
Uzun kechalardan tinglab afsona.
Kezdim shamollarning mamlakatini,
O’limga tutinib sodiq dugona. (82- bet Erk darichasi)
Halima Ahmedova she’riyatini metaforlarsiz tasavvur etish qiyin. Deyarli, boshdan-adoq yozilgan she’rlari metafora asosiga qurilgan. Bu uning ijodiy individualligini ta’minlaydigan muhim vosita hisoblanadi. Yuqoridagi she’rda fikrlar to’liq metafora asosida beriladi. Lirik qahramon “sensiz yashashga ko’nikdim”,- deydi. Anglashiladiki, shoir ko’ngli kimnidir yo’ldosh etgan. Endi esa o’sha “yo’ldosh” yo’q. shoira kunlardan emas, “uzun kechalardan” afsona tinglaganligini aytadi. Nega endi kunduzlar emas, aynan uzun kechalar va afsona?! Bilamizki, mumtoz adabiyotimizda azaldan she’riyatda oshiqlar uzun kechalar bag’rida yor vasliga intiq holda tasvirlanadi. Hazrat Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalida ham yorsiz oshiq qaro tun quchog’ida tasvirlanadi.
Tun sokinlik, pinhonalik, hilvat belgisi. Qorong’ilik- yashirinishga imkon,ba’zida yolg’izlik kezinadigan palla. yoridan ayrilgan ma’shuqa kishilar ko’zidan qochmoqlikni(aniqrog’I o’z o’zidan qochish)istaydi. Hilvatni xohlaydi. Goyoki kimsazizlik uning butun dardini yutadigandek. Tun qo’ynidagi saslar, tovushlar, xuddiki shoir qulog’iga afsonadek eshitiladi.
Keyingi misra “kezdim shamollarning mamlakatini” metaforasi lirik qahramon ruhiyatidagi holatni yanada ishonarli tasvirlaydi. Shamol –ramz. Ramz esa ko’p ma’nolidir. Shamol bu azob, beqarorlik, bemakonlik. U goh tog’-u toshda bo’lsa, goh dasht-u sahroda, kirgan bog’ining guli-yu yaprog’ini to’kib, hatto daraxtlarni yiqib o’tadi. Butun borliqni sovurmoqqa ham qodir. Yoki shamol O’z ixtiyoridan olisdalik, mahkumlik belgisi. Chunki uning iskanjasiga duch kelgan odam uning izmi bilan harakatlanishga majbur bo’ladi. Xo’sh lirik subekt nimaga ishora qilyapti? Keeling so’nggi misraga e’tibor beraylik:” o’limga tutinib sodiq dugona”. O’lim –ayriliq, uzilish-tiriklikdan uzilish, mosuvolik. Demak, ijodkor tuyg’ular, hislar sovrilganligi, yolg’izlik , ayriliqqa mahkumlikka ishora qilayotgandek.
Men o’zi kimman ,
Tashlandiq quduq,
Yomg’irlarning esidan chiqqan,
Baliqlari tashna , jon bergan,
Qamishlari o’yib naylangan,,
Tashlandiq quduq…(16-bet Ko’zim manim)
F.Afro’z yuqoridagi misrada “quduq” metaforasini qo’llaydi. She’rda so’z yolg’iz odam holatiga aylanadi. So’z tanholardan tanho kimsaning vyjudiga ko’zgu tutadi. So’z ko’zgusida poyonsiz bir dashtda unutilgan , allazamonlardan buyon gado ham yuzini burmagan yomg’ir-u qorlar chetlab o’tgan quduq namoyon bo’ladi. Odatda, dala-dashtda quduqlar atrofida zax tortgan namchil yerlarda ko’lmaklar va unda sharaqlagan qamishlarga duch kelish mumkin.demak, so’zlar zohir etayotgan dasht qudug’i bu ijodkor yolg’iz ruhining moddiylashgan holati, suvrati. Ko’zguda ikkinchi mtasvir paydo bo’ladi.. bu –ruh tasviri.
She’rda tasvir kengaya boradi va lava sayin uning unsurlari almashib turadi yohud ko’p manzarali tasvir ko’ o’ngimizda namoyon bo’ladi:
Sen o’zi kimsan
Suvga cho’kkan tosh, qoyalarning yodi o’chirgan,
Zil-zilada to’kilgan duv-duv to’kilgan, cho’qqilardan mangu haydalgan,
Suvga cho’kkan tosh…
Bandda shoira endi ikkinchi shaxsga nisbatan ketma-ketlikda bir nechta metaforalarni keltiradi: ”qoyalarning yodi o’chirgan, zil-zilada duv-duv to’kilgan, cho’qqilardan mangu haydalgan, suvga cho’kkan tosh”. Bu metaforalar “kimsan” deya so’roqlanayotgan shaxsning lirik subyekt uchun bir parcha yo’qolgan toshga aylanishidan avval qachonlardir qoyalar, cho’qqilar qadar ulug’vor bo’lganligini,hayotning sinovlari(zil-zilalasi)da esa duv-duv to’kilgan toshga aylanganliga ishora qiladi.
“Shoira she’rlarida ba’zan tuyg’ularning charchay boshlagan holatini mushohada qilasiz. So’zlar qaysarligimi, tuyg’ular toliqishimi ruhning g’aybiy to’lg’oqlarimi, xayolning xiralashib, butunlay harakatsiz-muallaq holga kelishimi, bilmadim. Ba’zan shoira jazavadan ham taranglik va bosimning shiddatidan ham bezor bo’lgandek tuyuladi. Ana shunda u she’rdan to’xtaydi. O’z o’zi bilan suhbat quradi. Uning turkum-turkum suhbatlari shunday yaralgan. Farida Afro’ning she’riy so’zida istioralar, majozlar ichinda ko’ngilning oniy kechinmalari- yerosti tebranishlari, suvosti titramlari chaqmoqlari, yomg’irlari-la namoyon bo’ladi. Vaqt hayajon girdobida ham, balandlikda, ham teranlikda shiddat bilan harakatlanadi”.

Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish