1.2. She’riyatda metaforalar badiiyati
Badiiy matn tilida ko‘chim katta ahmiyatga ega. Shulardan eng ko‘p qo‘llanadigani metaforadir. Metafora yo‘li bilan ma’noning ko‘chirilishi – predmetlar, hodisalar o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik asosida ma’noning ko‘chirilishi hisoblanadi.
Metaforani poeziyada faqatgina nutq bezagi emas, balki badiiy tafakkur asosi sifatida tushunilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki metafora shoirga o‘zining ichki olamini (tashqi olamga qiyosan) va o‘zidan tashqaridagi olamni (ichki olamiga qiyosan) anglashga yordam beruvchi tengi yo‘q vositadir.
Metaforalar ijodkorning o‘z fikrlarini kitobxonga ta’sir qiladigan darajada obrazli qilib ifodalash vositasi sifatida badiiy matnning hamma ko‘rinishlarida u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladi.Badiiy matnda qo‘llanilgan metaforalar o‘z ta’sirchanlik xususiyati bilan o‘quvchining his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, uni zavqlantiradi, turli ruhiy holatlarga soladi. Bundan tashqari, metaforalar kishiga o‘z fikrlarini tilda mavjud bo‘lgan vositalar ѐrdamida uzundan-uzun jumlalar orqali ifodalashdan qutqaradi. Metaforalar yordamida ijodkorning fikrlari qisqa va aniq, sodda va obrazli tarzda o‘z ifodasini topadi.hozirda badiiy adabiyodagi metafora ma’no ko’lamini ham benihoya kengaytirgan: o’xshashlik asosida ko’chma ma’noda qo’llangan birgina so’zni ham , ba’zan esa butun boshli asrni metafora deb atayveramiz. To’g’ri, keyingi ikki holni ba’zan “yoyiq metafora” yoki “metaforik obraz” deb atayveramiz. Lekin ko’proq qisqa qilib “metafora”,deymiz. Ya’ni avvaliga metafora terminida ma’no torayishi( umuman, ko’chma ma’nodagi so’z o’xshahslik asosidagi ko’chma ma’noli so’z) yuz bergan bo’lsa, yangi davrdan boshlab unda ma’no kengayishi jarayoni kuzatiladi. Natijada endi metaforani juda keng ya’ni poeziyada(umuman, san’atdagi( bir narsa hodisa mohiyatini ikkinchi bir narsa hodisa orqali ochish deb tushunila boshlandi.
San’atdagi, jumladan, poeziyadagi obraz konkret his etiladi, demak, u narsaning aksigina emas, balki uning o’zi boshqa narsadir. Obraz o’zi aks ettirayotgan narsani anglash vositasi ekanligini esga olsak, uning o’zi tabiatan metaforik ekanligini aytadi. Xudddi shunday yondashuv butun badiiy asarga ham qo’llanilishi mumkin. Zero, ma’lumki, estetika va adabiyotshunoslikda badiiy asarning o’zi butun holicha bitta obrazga teng, degan qarash mavjud. Demak, poeziyada metaforaning o’rniga juda katta ahamiyat berilishi, uning asosida o’xshashlik prinsipi yotadi deylishiga asos bor. Sababi metafora prinsipi poetic asarning barcha sathlarida tilidan boshlab kompozitsion qurilishigacha amal qiladi. Faqat konkret asarda bu prinsip sathlarining hammasida ham dominant xususiyat sifatida yaqqol ko’zga tashlanmaligi mumkin.
Metaforaga har doim funksional jihatdan qarash kerak, bunda bir tomonda unga shoirga dilidagini, ikkinchi tomonda ularni she’rxonga his qilishga qanchalik yordam berayotganini diqqat markaziga qo’yishi mumkin.
Poetik metafora –obraz u lisoniy metafora kabi atashga emas, ifodalashga qaratilgandir. Zero, poetik metafora so’z yoki so’zlardan tarkib topuvchi matn bo’lgani holda unda ifoda so’z(yoki so’z birikmasi, gap) vositasida emas, balki uning yordamida yaratilgan obraz orqali amalga oshadi.
Bir chekkasi cho’ldir harsillab yotgan,
Bir chekkasi qorlar tizgacha botgan,
Bir chekkasi tog’lar ko’kni ko’tarib
Do'stlaringiz bilan baham: |