O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi


-rasm. Tekshiriluvchilarda bo’y uzunligi va uning me’yorga nisbatan holati, % 3.2-rasm



Download 11,31 Mb.
bet23/27
Sana20.06.2022
Hajmi11,31 Mb.
#680648
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 10 05

3.1-rasm.
Tekshiriluvchilarda bo’y uzunligi va uning me’yorga nisbatan holati, %



3.2-rasm.
Tekshiriluvchilarda tana massasi va uning me’yorga nisbatan holati, %



3.3-rasm.
Tekshiriluvchilarda ko’krak qafasi aylanasi va uning
me’yorga nisbatan holati, %

Quyidagi 3.2-jadvalda tekshiriluvchilarda Ketle, Pine, Erisman indekslari hamda ko‘krak qafasi ekskursiyasini o‘rganish natijalari keltirilgan.
3.2-jadval.
Aniqlangan Ketle, Pine, Erisman indekslari hamda ko‘krak qafasi ekskursiyasi ko’rsatkichlarining tekshiriluvchilar orasida taqsimlanishi (%)



Ko‘rsatkichlar

11 yosh

16 yosh

18 yosh

O‘g‘il bolalar, n=66

Qizlar,
n=49

O‘g‘il bolalar,
n=47

Qizlar,
n=28

O‘g‘il bolalar, n=36

Qizlar, n=20

Ketle indeksi,

Sezilarli tanqislik

33

55

-

-

-

-

Tana vazni yetishmasligi

44

33

15

32

6

25

I darajali semizlik

-

-

6

-

-

5

Me’yorida

23

12

79

68

94

70

Pine indeksi,

Astenik

88

98

15

11

6

10

Normostenik

12

2

83

86

92

85

Giperstenik

-

-

2

3

2

5

Erisman indeksi,

Yetarli bo‘lmagan rivojlanish

-

-

6

-

3

-

O‘rtacha rivojlanish

100

80

81

61

81

55

Yaxshi rivojlanish

-

20

13

39

16

45

Ko‘krak qafasi ekskur-siyasi,

Yetarli bo‘lmagan rivojlanish

86

78

53

64

36

55

O‘rtacha rivojlanish

12

14

34

25

47

45

Yaxshi rivojlanish

2

8

13

11

17

-

3.2-jadvalda berilgan natijalardan ma’lum bo‘lishicha, Ketle indeksi bo‘yicha eng jiddiy o‘zgarish 1-guruhda (11 yoshli o‘quvchilarda) kuzatilgan. Ya’ni ushbu guruhdagi o‘g‘il bolalarning 33%ida, qizlarning 55%ida sezilarli tana vazni tanqisligi kuzatilgan. Xuddi shu kabi ushbu yoshdagi o‘g‘il bolalarning 44%ida, qizlarning 33%ida tana vazni yetishmasligi aniqlangan. Umumlashtirib aytganda, 11 yoshli o‘g‘il bolalarning 77%ida tana massasining yetishmasligi yoki sezilarli tanqisligi kuzatilgan bo‘lsa, shu yoshdagi qizlarda bu ko‘rsatkichlar yig‘indisi 88% ni tashkil etgan. 11 yoshli o‘quvchilardan iborat 1-guruhdagi o‘g‘il bolalarning 23%ida, qizlarning 12%ida Ketle indeksi meyor darajasida. Demak, 11 yoshlilarda tana massasi yetishmovchiligi bilan bog‘liq ancha jiddiy o‘zgarishlar mavjud.


Ketle indeksi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tana massasining sezilarli tanqisligi 2- va 3-guruhda kuzatilmaydi. Biroq 16 yoshli qizlarda (2-guruh) tana vazni yetishmasligi 32% ni, 18 yoshli qizlarda (3-guruh) esa 25% ni tashkil etadi.
Maktab o‘quvchilarida orasida tana vaznining meyoridan ortiqligi va semizlik holatlari juda kam kuzatildi. Ma’lum bo‘lishicha, 16 yoshli o‘g‘il bolalarning atigi 6%ida, 18 yoshli qizlarning esa 5%ida I darajali semizlik qayd qilingan.
Tana tuzilishi tipini va konstitutsiyasini aks ettiradigan Pine indeksi ham tekshiriluvchilarda bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekani tadqiqotlarda namoyon bo‘ldi. Xususan, 11 yoshli respondentlarning aksariyatida (o‘g‘il bolalarning 88%, qizlarning 98%ida) astenik, ya’ni ingichka yoki tor tana tuzilishi aniqlandi. Bu natijalar Ketle indeksi, bo‘y uzunligi va tana massasi ko‘rsatkichlariga o‘zaro muvofiq keladi, ular bir-birini inkor etmaydi. 16 yoshli tekshiriluvchilarning aksariyati (o‘g‘il bolalarning 83%, qizlarning 86%) normostenik yoki meyoriy, odatdagi tana tuzilishiga ega. Bu guruhda astenik tana tuzilishga ega bo‘lganlar ancha kam (o‘g‘il bolalar va qizlarning mos ravishda 15 va 11%ida). 18 yoshlilardan iborat 3-guruhda esa astenik tana tuzilishiga ega bo‘lgan o‘quvchilar yanada kamroq (o‘g‘il bolalarning atigi 6%, qizlarning 10%). Bu guruhning aksariyat vakillarida (o‘g‘il bolalar va qizlarning mos ravishda 92% va 85%ida) normostenik tana tuzilishi kuzatildi. Giperstenik (ya’ni enli yoki keng, yo‘g‘on) tana tuzilishiga ega bo‘lgan o‘quvchilar 2- va 3-guruhda juda kam miqdorda uchraydi (o‘rtacha 2-5% gacha), 1-guruhda esa bunday tekshiriluvchilar yo‘q.
Yana bir muhim ko‘rsatkich - Erisman indeksi ko‘krak qafasi va o‘sish orasidagi o‘zaro mutanosiblikni aniqlashga yordam beradi. Tekshiriluvchilarda bu ko‘rsatkich ham qator o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Erisman indeksi bo‘yicha 1-guruh (11 yoshli) tekshiriluvchilarining aksariyat qismi (o‘g‘il bolalar to‘liq va qizlarning 80%) ko‘krak qafasining o‘rtacha rivojlanish darajasiga ega. 2-guruhda o‘rtacha rivojlanish darajasi o‘g‘il bolalar hamda qizlarda mos ravishda 81 hamda 61%ni tashkil etadi. 3-guruhda ham shunga yaqin natijalar qayd etilgan (o‘g‘il bolalar va qizlarda o‘rtacha rivojlanish darajasi mos ravishda 81 va 55%). Erisman indeksi bo‘yicha yetarli bo‘lmagan rivojlanish darajasi 16 yoshli o‘g‘il bolalarda 6%ni, 18 yoshli o‘g‘il bolalarda esa 3%ni tashkil qiladi, xolos. Ushbu indeksga binoan yaxshi rivojlanish darajasining eng katta ulushi 18 yoshli qizlarda (45%) hamda 16 yoshli qizlarda (39%) kuzatildi.
Nafas olish a’zolarining rivojlanganligini tavsiflovchi ko‘krak qafasi ekskursiyasi tekshiriluvchilarda quyidagicha namoyon bo‘ldi. 1-guruhda aksariyat tekshiriluvchilar ko‘krak qafasi aylanasining yetarli bo‘lmagan rivojlanish darajasiga ega (o‘g‘il bolalarning 86%, qizlarning 78%). Xuddi shu darajaga ega bo‘lganlar 2-guruhda o‘g‘il bolalarda 53%, qizlarda 64%, 3-guruhda esa o‘g‘il bolalarda 36%, qizlarda 55%ni tashkil etgan. Ko‘rinib turibdiki, ko‘krak qafasi ekskursiyasi borasida kichik yoshlilarda ancha sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘rta va katta yoshli maktab o‘quvchilari orasida qizlardagi o‘zgarishlar jiddiy tus olgan.
Ko‘krak qafasi ekskursiyasining o‘rtacha rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan o‘quvchilar kichik yoshlilar, ya’ni 1-guruhda ancha kam, 2-guruhda nisbatan yaxshiroq. 3-guruhda esa o‘rtacha rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan o‘quvchilar ulushi ancha yuqori (o‘g‘il bolalarning 47%, qizlarning 45%). Ko‘krak qafasi ekskursiyasining yaxshi rivojlanish darajasi 2-guruhda hamda 3-guruhning o‘g‘il bolalarida nisbatan yaxshi, 1-guruhda bunday darajadagi o‘quvchilar juda kam.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, jismoniy rivojlanish darajasini ifodalaydigan indekslar bir-birini to‘ldirishi bilan bir qatorda ular o‘rtasida ayrim nomuvofiqliklar ham kuzatiladi. Shu bois tekshiriluvchilarning o‘sish-rivojlanish darajasini baholashda indekslarni o‘zaro taqqoslab o‘rganish bilan bir qatorda ularning har biridan alohida xulosalar qilish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umumiy ravishda xulosa qilinganda shu narsaning guvohi bo‘lish mumkinki, tekshirilgan har uchchala guruhdan 11 yoshlilarda o‘sish va rivojlanishning ancha jiddiy o‘zgarishlari ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, tana massasi, Ketle indeksi, Pine indeksi, ko‘krak qafasi ekskursiyasi ko‘rsatkichlari ushbu yoshdagilarda jismoniy rivojlanish bilan bog‘liq sezilarli darajadagi o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. 16 yoshli o‘quvchilarda esa asosan ko‘krak qafasi ekskursiyasida ma’lum darajada o‘zgarish kuzatiladi, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha umumiy rivojlanish qoniqarli, deyish mumkin. 18 yoshli o‘quvchilar orasida faqat o‘g‘il bolalarda tana massasining meyordan biroz kamligi namoyon bo‘ldi. Bu guruhda ham ko‘krak qafasi ekskursiyasida meyorga nisbatan sezilarli darajada siljishlar mavjud.
Tekshiriluvchilarining jismoniy rivojlanish darajasini o‘rganish davomida kuzatilgan yuqoridagi holatlarni birinchi navbatda maktab o‘quvchilarning iqtisodiy-ijtimoiy holati bilan izohlash mumkin. Bunda o‘quvchilarning uyda va maktabda qanday ovqatlanayotgani muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Uyda, avvalo, ota-onalar o‘z farzandlarining meyorida ovqatlanishiga e’tibor qaratishlari shart. Maktab sharoitida esa bu borada ta’lim muassasasi rahbariyati hamda o‘qituvchilarning o‘rni muhim. Biroq hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida ham o‘quvchilarning ovqatlanishi bilan bog‘liq sharoit yaxshi, deyish mushkul.
Qolaversa, o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir etuvchi omillar sirasiga jismoniy faollik hamda sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish darajasini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda sport bilan shug‘ullanish, qolaversa, jismoniy faollikni oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan, biroq aholi orasida sport mashg‘ulotlari bilan doimiy ravishda shug‘ullanishni targ‘ib qilish, jismoniy faollik uchun alohida vaqt ajratish masalasini kun tartibiga qat’iy kiritish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas.
Yana ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bolalar hamda o‘quvchilarning o‘sish-rivojlanish darajasi irsiy omillarga, ularda uchraydigan turli kasalliklarga, organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga ham chambarchas bog‘liq.



Download 11,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish