O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi


Fiziometrik ko‘rsatkichlar tahlili



Download 11,31 Mb.
bet24/27
Sana20.06.2022
Hajmi11,31 Mb.
#680648
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 10 05

3.2. Fiziometrik ko‘rsatkichlar tahlili
Yuqorida somatometrik ko‘rsatkichlar haqida fikr yuritildi. Tadqiqotlarimiz davomida somatometrik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda ayrim fiziometrik ko‘rsatkichlarni ham o‘rgandik.
Maktab o‘quvchilarida o‘rganilgan fiziometrik ko‘rsatkichlar bir qator qiziqarli holatlarni namoyon etdi. 3.3-jadvalda tekshiriluvchilarda olingan ayrim fiziometrik ko‘rsatkichlar hamda ularning me’yorga nisbatan holati keltirilgan.
3.3-jadval.
11, 16, 18 yoshli tekshiriluvchilarda ayrim fiziometrik ko`rsatkichlarining
me’yorga nisbatan farqi (yurak qon tomir tizimi ko’rsatkichlari)



Ko’rsatkichlar

11 yosh

16 yosh

18 yosh

O’gil bolаlar, n=66

Qizlar, n=49

O’gil bolаlar, n=47

Qizlar, n=28

O’gil bolаlar, n=36

Qizlar, n=20

Puls

Olingan na’tija

81±0,25*

85±0,4*

76±0,4*

82±0,5*

74±0,5*

76,6±0,08*

Me’yor

80

80

72

72

70

70

Me’yorga nisbatan holat (%)

101%

106%

105,5%

114%

105,7%

108%

AQS

Olingan na’tija

90±0,25*

86,5±0,3*

110±0,3*

112±0,5

111±0,4*

110±0,6*

Me’yor

101

101

112

112

120

120

Me’yorga nisbatan holat (%)

89%

85,6%

98%

100%

92,5%

91,6%

AQD

Olingan na’tija

56±0,2*

56±0,3*

62±0,3

63±0,6

71±0,4*

70±0,6*

Me’yor

52

52

62

62

80

80

Me’yorga nisbatan holat (%)

107,6%

107,6%

100%

113%

89%

87,5%

Eslatma * ko’rsatkichlarni meyorga nisbatan taqqoslaganda ishonchlilik darajasi P<0,001 ga teng


Olingan natijalarga ko‘ra, pulsning eng katta ko‘rsatkichi 16 hamda 18 yoshli qizlarda kuzatilmoqda, boshqa tekshiriluvchilarda esa me’yor darajasiga yaqin. Umuman olganda, bunda jinsga oid tafovut namoyon bo‘ladi: ya’ni barcha yoshdagi qizlarda puls kattaligi o‘g‘il bolalardagidan biroz yuqori (P<0,001).


Sistolik qon bosimi 1-guruhda, ya’ni 11 yoshlilarda eng kam ko‘rsatkichga ega. Diastolik qon bosimi esa aksincha, 3-guruh, ya’ni 18 yoshlilarda nisbatan past.
ФИЗИОМЕТРИК КЎРСАТКИЧЛАР
КЕНГРОҚ ИЗОҲЛАНАДИ!!!
Quyidagi 3.4, 3.5 va 3.6-rasmlarda fiziometrik ko’rsatkichlarning me’yorga nisbatan holati keltirilgan.

3.4-rasm.
Tekshiriluvchilarda puls kattaligi va uning me’yorga nisbatan holati, %


3.5-rasm.
Tekshiriluvchilarda arterial qon bosimi (sistolik) va uning
me’yorga nisbatan holati, %


3.6-rasm.
Tekshiriluvchilarda arterial qon bosimi (diastolik) va uning
me’yorga nisbatan holati, %

Quyidagi 3.4-jadvalda esa tekshiriluvchilarda kardiorespirator tizim faoliyatini o‘rganish natijalari keltirilgan.


3.4-jadval.
11, 16, 18 yoshli tekshiriluvchilarda ayrim fiziometrik ko`rsatkichlarining
me’yorga nisbatan farqi (nafas va kardiorespirator tizim ko’rsatkichlari)

Ko’rsatgichlar

11 yosh

16 yosh

18 yosh

O’gil bolаlar n=66

Qiz bolаlar
n=49

O’gil bolаlar
n=47

Qiz bolаlar
n=28

O’gil bolаlar
n=36

Qiz bolаlar
n=20

Gs


Yomon

23

20

-

8

5

13

O‘rtacha

8

23

4

8

17

25

Yaxshi

38

23

38

23

22

37

A’lo

31

34

58

61

56

25

Shs

Yomon

41

40

8

8

6

25

O‘rtacha

41

43

21

38

28

25

Yaxshi

18

17

63

46

66

50

A’lo

-

-

8

8

-

-

Rs

Qoniqarli

23

40

29

38

-

12,5

O‘rtacha

51

53

42

46

72

75

Yaxshi

26

7

25

15

28

12,5

Yuqori

-

-

4

-

-

-

QATAP

Pasaygan

8

-

100

100

89

100

Qoniqarli

43

53

-

-

11

-

Yaxshi

49

47

-

-

-

-

Jadvalda keltirilgan natijalar bo‘yicha Gench sinamasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bunda eng yaxshi ko‘rsatkich 16 yoshli o‘quvchilarda kuzatiladi, ya’ni shu yoshdagi o‘g‘il bolalarning 58%da a’lo hamda 38%da yaxshi, qizlarning 61%da a’lo hamda 23%da yaxshi natija olingan. Umumiy hisobda 16 yoshli o‘g‘il bolalarning 96%da yaxshi yoki a’lo, shu yoshdagi qizlarning 84%da yaxshi yoki a’lo natijalar kuzatilgan. Gench sinamasi bo‘yicha eng past natijalar 11 yoshli o‘g‘il va qizlarda (mos ravishda 23 va 20% yomon) kuzatilgan.
Shtange sinamasi bo‘yicha olingan natijalar ham Gench sinamasidagi natijalarni deyarli takrorlaydi. Ya’ni bunda ham eng yuqori natija 16 yoshli o‘g‘il va qizlarda (mos ravishda 71% yaxshi yoki a’lo va 54% yaxshi yoki a’lo). Eng past natijalar esa 11 yoshli o‘g‘il bolalar (41% yomon, 41% o‘rtacha) va qizlarda (40% yomon, 43% o‘rtacha).
Nafas tizimi faoliyati bilan bog‘liq bunday o‘zgarishlarni yosh xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish mumkin, ya’ni kichik yoshli tekshiriluvchilarda har ikkala sinama eng past darajada. 16 yoshlilarga kelib nafas tizimi faoliyati yaxshilanib borgan.
Rufye sinamasi natijalari tekshiriluvchilarda o‘ziga xos ko‘rinishga ega. 11 yoshli tekshiriluvchilardan o‘g‘il bolalarning 51%da o‘rtacha, 26%da yaxshi, qizlarning 53%da o‘rtacha, 7%da yaxshi. Xuddi shuningdek, 16 yoshli va 18 yoshli tekshiriluvchilarda ham o‘g‘il bolalarda, ham qizlarda “o‘rtacha” natija eng yuqori foizni tashkil etgan: 16 yoshli o‘g‘il va qizlarda mos ravishda 42 va 46%, 18 yoshli o‘g‘il va qizlarda mos ravishda 72 va 75%. “Yaxshi” natija ancha kam, “a’lo” natija esa faqat 16 yoshli o‘g‘il bolalarda 4%ni tashkil etgan, xolos. Aytish mumkinki, kardiorespirator tizim faoliyatini ifodalovchi Rufe sinamasi barcha yoshdagi aksariyat tekshiriluvchilarda o‘rtacha holatda.
Respondentlarda qon aylanish tizimining adaptiv potensiali ko‘rsatkichi bo‘yicha holat quyidagicha. Bu yerda eng yomon natija 16 va 18 yoshli tekshiriluvchilarda. 16 yoshlilarning har ikkala jins vakillarida (100%) hamda 18 yoshli qizlarda (100%) qon aylanish tizimining adaptiv potensiali pasaygan ko‘rinishga kelgan. 18 yoshli o‘g‘il bolalarning 89%da shunday pasayish kuzatilgan. 11 yoshli tekshiriluvchilarda esa aksincha, qon aylanish tizimining adaptiv potensiali qoniqarli va yaxshi holatda (o‘g‘il bolalarning 49%da, qizlarning 47%da yaxshi).
Qon aylanish tizimining adaptatsion potensiali, Rufye sinamasidan farqli ravishda, ancha past ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Aslida bu ko‘rsatkich organizmning atrof muhitning turli sharoitlariga moslashish imkoniyatlari va darajasini ko‘rsatadi. Demak, maktab o‘quvchilarida kardiorespirator tizim faoliyati o‘rtacha bo‘lgani holda butun organizmning tashqi muhitga moslashish darajasi ancha past.
III bob bo‘yicha xulosa
Shahar maktabi o‘quvchilarida somatometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish bir qator o‘ziga xos natijalarni qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Somatometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, bo‘y uzunligi va tana massasi 1-guruh, ya’ni 11 yoshlilarda eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. 18 yoshlilardan faqat o‘g‘il bolalarda tana vazni kamligi kuzatiladi. Xuddi shu kabi ko‘krak qafasi aylanasi ko‘rsatkichlari ham tana massasi hamda bo‘y uzunligi natijalariga umumiy ravishda o‘zaro muvofiq keladi. Umuman olganda, somatometrik ko‘rsatkichlar asosan 11 yoshli maktab o‘quvchilarida meyordan sezilarli darajada farq qiladi.
Somatometrik ko‘rstkichlarni ma’lum indekslar asosida o‘rganish natijasi quyidagicha. Ketle indeksi bo‘yicha eng jiddiy o‘zgarish 11 yoshlilardan iborat 1-guruhda kuzatilgan. 2- hamda 3-guruhlarda Ketle indeksi bo‘yicha jiddiy o‘zgarish mavjud emas (faqat 16 yoshli qizlarda tana massasining biroz yetishmovchiligi, shu yoshdagi o‘g‘il bolalarda esa kamroq darajada tana massasining ko‘pligi kuzatiladi).
Tana tuzilishini ifodalaydigan Pinye indeksi bo‘yicha ham 11 yoshli o‘quvchilarda jiddiy yetishmovchiliklar bor. 16 va 18 yoshli tekshiriluvchilarda esa Pinye indeksi bo‘yicha sezilarli og‘ishlar yo‘q.
Ko‘krak qafasi va o‘sish orasidagi o‘zaro mutanosiblikni aniqlashga imkon beradigan Erisman indeksi bo‘yicha ham yuqoridagi ko‘rsatkichlarga ancha yaqin bo‘lgan natijalar olingan. Ko‘krak qafasi ekskursiyasi kattaligi ham 1-guruhda ancha sezilarli darajada past. Katta yoshdagi o‘quvchilardan faqat qizlarda bu ko‘rsatkich meyor darajasidan ancha farq qiladi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, jismoniy rivojlanish darajasini ifodalaydigan indekslar bir-birini to‘ldirishi bilan bir qatorda ular o‘rtasida ayrim nomuvofiqliklar ham kuzatiladi. Shu bois tekshiriluvchilarning o‘sish-rivojlanish darajasini baholashda indekslarni o‘zaro taqqoslab o‘rganish bilan bir qatorda ularning har biridan alohida xulosalar qilish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Respondentlarda nafas va yurak qon tomir tizimi faoliyatini o‘rganishdan olingan umumiy xulosalar quydagicha. Pulsning eng katta ko‘rsatkichi 16 hamda 18 yoshli qizlarda kuzatiladi, boshqa tekshiriluvchilarda esa meyor darajasiga yaqin. Bunda jinsga oid tafovut namoyon bo‘ladi, ya’ni barcha yoshdagi qizlarda puls kattaligi o‘g‘il bolalardagidan biroz yuqori.
Sistolik qon bosimi 1-guruhda, ya’ni 11 yoshlilarda eng kam ko‘rsatkichga ega. Diastolik qon bosimi esa aksincha, 3-guruh, ya’ni 18 yoshlilarda nisbatan past.
Kardiorespirator tizimni tegishli sinamalar asosida o‘rganish natijalariga ko‘ra, Gench sinamasi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich 16 yoshli o‘quvchilarda, eng past natijalar esa 11 yoshli o‘g‘il va qizlarda kuzatiladi. Shtange sinamasi bo‘yicha olingan natijalar ham Gench sinamasidagi natijalarni deyarli takrorlaydi. Nafas tizimi faoliyati bilan bog‘liq bunday o‘zgarishlarni tekshiriluvchilarning yosh xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish mumkin, ya’ni kichik yoshli tekshiriluvchilarda har ikkala sinama eng past darajada. 16 yoshlilarga kelib nafas tizimi faoliyati yaxshilanib borgan.
Rufye sinamasi natijalari barcha yoshdagi aksariyat tekshiriluvchilarda o‘rtacha holatda ekani ma’lum bo‘ldi.
Qon aylanish tizimining adaptiv potensiali bo‘yicha holat quyidagicha. Bu yerda eng past ko‘rsatkich 16 va 18 yoshli tekshiriluvchilarda. 11 yoshli tekshiriluvchilarda esa aksincha, qon aylanish tizimining adaptiv potensiali qoniqarli va yaxshi holatda.
Qon aylanish tizimining adaptatsion potensiali, Rufye sinamasidan farqli ravishda, ancha past ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Bu ko‘rsatkich organizmning atrof muhitning turli sharoitlariga moslashish imkoniyatlari va darajasini ko‘rsatadi. Demak, maktab o‘quvchilarida kardiorespirator tizim faoliyati o‘rtacha bo‘lgani holda butun organizmning tashqi muhitga moslashish darajasi ancha past.
XULOSA
Olingan natijalar va ularni tahlil qilish natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalar qilindi.

  1. O‘sish va rivojlanish aholining salomatligini o‘rganishda qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u irsiy xususiyatlar bilan bir qatorda turli tashqi muhit omillariga ham chambarchas bog‘liq. Bolalarning o‘sish va rivojlanishi geteroxroniya, akseleratsiya, uzluksizlik kabi qator qonuniyatlar asosida kechadi. Turli yoshdagi bolalarning o‘sish-rivojlanishini tahlil qilishda ana shu qonuniyatlarni e’tiborga olish fiziologiya va tibbiyot amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

  2. Tadqiqotchilar tomonidan turli yoshdagi va har xil mintaqalarda istiqomat qiladigan bolalar hamda o‘smirlarning jismoniy rivojlanish darajasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda tekshiriluvchilarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari meyor kattaliklaridan ma’lum darajada farqlanadi. Shuningdek, olingan natijalar yuqorida aytib o‘tilgan qonuniyatlarga umumiy ravishda mos tushadi. Bu holat qator o‘ziga xos omillar bilan izohlanadi.

  3. Biz olgan natijalarga muvofiq, 11 yoshlilardan iborat 1-guruhda bo‘y uzunligi hamda tana massasi me’yoridan sezilarli darajada past. Shunday holat 18 yoshli o‘g‘il bolalarda ham kuzatilgan. Ko‘krak qafasi aylanasi bo‘y va tana massasi ko‘rsatkichlariga mos tushadi. Ushbu xulosalarni Ketle indeksi bo‘yicha olingan natijalar ham tasdiqlaydi. Tana tuzilishi va tipini ko‘rsatib beradigan Pine indeksi natijalari ham yuqoridagi ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro muvofiq. Yа’ni Ketle va Pine indekslari bo‘yicha ham eng jiddiy o‘zgarish 11 yoshli maktab o‘quvchilarida kuzatilgan. Erisman indeksi tekshiriluvchilarda o‘ta jiddiy o‘zgarishlar mavjud emasligini ko‘rsatadi. Jismoniy rivojlanish darajasini ifodalaydigan indekslar bir-birini to‘ldirishi bilan bir qatorda ular o‘rtasida ayrim nomuvofiqliklar ham kuzatiladi. Shu bois tekshiriluvchilarning o‘sish-rivojlanish darajasini baholashda indekslarni o‘zaro taqqoslab o‘rganish bilan bir qatorda ularning har biridan alohida xulosalar qilish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

  4. Fiziometrik ko‘rsatkichlardan pulsning eng katta ko‘rsatkichi 16 hamda 18 yoshli qizlarda kuzatiladi, boshqa tekshiriluvchilarda esa bu ko‘rsatkich meyor darajasiga yaqin. Umuman olganda, bunda jinsga oid tafovut namoyon bo‘ladi: ya’ni barcha yoshdagi qizlarda puls kattaligi o‘g‘il bolalardagidan biroz yuqori. Sistolik qon bosimi 1-guruhda, ya’ni 11 yoshlilarda eng kam ko‘rsatkichga ega. Diastolik qon bosimi esa aksincha, 3-guruh, ya’ni 18 yoshlilarda nisbatan past. Gench sinamasi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich 16 yoshli o‘quvchilarda, eng past natijalar 11 yoshli o‘g‘il va qizlarda kuzatilgan. Shtange sinamasi ko‘rsatkichlari ham Gench sinamasidan olingan natijalarni deyarli takrorlaydi. Kardiorespirator tizim faoliyatini ifodalovchi Rufye sinamasi barcha yoshdagi aksariyat tekshiriluvchilarda o‘rtacha holatda, bunda o‘ta jiddiy siljishlar deyarli aniqlanmadi. Qon aylanish tizimining adaptiv potensiali ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yomon natija 16 va 18 yoshli tekshiriluvchilarda, ya’ni 16 yoshlilarning har ikkala jins vakillarida hamda 18 yoshli qizlarda hamda shu yoshdagi o‘g‘il bolalarning aksariyatida bu ko‘rsatkich pasaygan. 11 yoshli tekshiriluvchilarda esa aksincha, qon aylanish tizimining adaptiv potensiali qoniqarli va yaxshi holatda.

  5. Respondentlarda somatometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlangan holatlarni birinchi navbatda ularning iqtisodiy-ijtimoiy holati bilan izohlash mumkin. Bunda o‘quvchilarning uyda va maktab sharoitida qanday ovqatlanayotgani, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish darajasi muhim hisoblanadi. Qolaversa, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining meyordan og‘ishiga iqlim va ekologik muhit sharoitlari, tekshiriluvchilardagi stress darajasi va boshqa omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

  6. Aytib o‘tilgan salbiy holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uni amaliyotda joriy qilish maktab o‘quvchilarining salomatligini muhofaza qilishda, sog‘lom hamda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 11,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish