Aniq va tabiiy fanlar -
. insonning moddiy ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan
bilimlar majmui, ularni aniq bilish mumkin va kerak, taxminiylik bu yerda taxmin (gipoteza)
darajasida qoladi. Ammo bu bilimlar doimo xususiy hodisalarga oid bо‘lib,ular yordamida
Borliq haqiqatini yaxlit anglab yetishga urinish befoyda, ularga tayanib moddiy voqelikdan
tashqari chiqmoqchi bо‘linsa, tajovuz bо‘ladi, adashuvga olib keladi, g‘ayri ilmga aylanadi.
125.
Ijtimoiy-siyosiy bilimlar
- insonlar aro munosabatlarga oid bilimlar. Bu sohada
qoniqarli xulosalarga erishish uchun ham ilohiy, ham irfoniy, ham aqliy, ham naqliy
bilimlarga tayanib ish yuritish kerak bо‘ladi. Birortasi hisobga olinmasa, xatoga yо‘l qо‘yish
ehtimoli kо‘payadi. Chunki aslida bu sohadagi tushunchalar tarixan shakllanadi. Ularni
anglab yetish uchun mintaqa va millat tarixini, uning madaniy merosini chuqur о‘rganish
zarur.
126.
San’at
- Borliq haqiqatini anglab yetish va anglatishning mustaqil yо‘li, taxayyul
о‘yinlari vositasida Borliq haqiqatini modellashtirishga urinish. San’at ma’lum ma’noda
insoniyatning bolalik odatidan rivojlanib chiqqan. Bola о‘ynaydi, о‘yin orqali hayotiy
kо‘nikmalar hosil qilib boradi. San’at turlari ham о‘ynab turib о‘rgatadi, uning timsollari
hayot ibratlaridir. Bolaning о‘yini - beg‘araz. Kattalarning о‘yiniga esa doimo g‘araz xavf
solib turadi. Ammo haqiqiy san’atkor о‘z ishiga beg‘araz yondoshsagina, u hayot haqiqatini
uyg‘un aks ettira oladi.
127.
Taxayyul
– (qadim Yunon terminologiyasida “imaginatsiya”, ruscha “voobrajeniye”),
Borliq haqiqatini anglab yetish va anglatishda asotir tafakkur, falsafiy va badiiy
tafakkurning asosiy vositasi bо‘lib, ijodkor shaxsning Borliq haqidagi о‘z tasavvurlarini
xayoliy timsollarda modellashtirishini bildiradi. Uning mohiyati taniqli rus olimi Y.
Golosovkerning “Logika mifa” kitobida batafsil izohlab berilgan.
128.
О‘yin
– jonli mavjudotlar, (inson va hayvonlar) tabiatiga xos ixtiyoriy harakat tizimi
bо‘lib, faol dam olish va hayotiy ehtiyojlarga moslashish usuli. Bola о‘ynaydi, о‘yin orqali
bola hayotni о‘rganadi. Sport, adabiyot va san’atning barcha turlariga ham ma’lum darajada
ana shu tamoyil xos bо‘lib, inson zoti ular orqali “о‘ynab turib” jismoniy va ma’naviy
kamol topib boradi.
129.
San’atshunoslik
– San’atning turli yо‘nalishlarini о‘rganuvchi fan bо‘lib, bugungi
kunda musiqashunoslik, teatrshunoslik, kinoshunoslik, kabi turli yо‘nalishlarga tarmoqlanib
ketgan. Borliq haqiqatini turli badiiy tasvir vositalari asosida modellashtirishning о‘ziga xos
yо‘llarini о‘rganishi jihatidan ma’naviyat sohasiga aloqador fanlardan hisoblanadi.
130.
Do'stlaringiz bilan baham: |