Nafosatshunoslik –
(Estetika) Ma’naviyat sohasiga aloqador fanlar tizimiga mansub
bо‘lib, badiiy tafakkur qonuniyatlari, gо‘zallikning mohiyati, moddiy borliq va san’atning
turli sohalarida shakl va ma’no uyg‘unligi masalalari ushbu fanning asosiy mavzusi
(predmeti) ni tashkil qiladi.
111.
Axloqiy tafakkur
- murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, insonlarning amaliy
faoliyatini muayyan ma’naviy-axloqiy tartib-qoidalar nuqtai nazaridan baholash.
112.
Siyosiy tafakkur
- murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, ijtimoiy hodisalarga
muayyan siyosiy manfaatlar nuqtai nazaridan yondoshish.
113.
Huquqiy tafakkur
- murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, insonlarning xatti
harakatlariga muayyan qonunlar bilan belgilangan huquqiy normalar nuqtai nazaridan
yondoshish.
114.
Tavhidiy tafakkur
- Insoniyatga xos barcha tafakkur turlari yagona Borliq
haqiqatining turlicha jilolari ekanini anglab yetib, e’tirof etish, о‘zgacha fikrlovchi insonni
tushunishga intilish, XXI asr odamining fikrlash tarzi.
115.
Jahon madaniyati
- turli о‘lka va mintaqalarning о‘ziga xos madaniyatlari majmuidan
iborat bо‘lib, mavhum bir shakldagi umuminsoniy madaniyat hayotda asli mavjud emas.
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida avval muayyan kichik jamoalar doirasida
shakllangan madaniyat unsurlari bora-bora kengroq miqyos kasb etib, turli elat va millatlar,
mintaqalar madaniyati darajasiga kо‘tarilib bordi va nihoyat Yangi davrga kelib yaxlit bir
voqelik sifatida idrok etila boshladi.
116.
Umuminsoniy (ma’naviy) qadriyatlar -
ularni biror-bir alohida xalq yaratmaydi,
aslida dastlab har bir millat ma’naviy qadriyatlari о‘ziga xos tizim shaklida namoyon
bо‘ladi, keyinroq har bir xalq, har bir elat о‘z tarixiy tajribasi davomida asta-sekin
shakllantirib borgan bunday tizimlar turli elat va millatlarning о‘zaro munosabatlari tufayli
bir-birini tushunish, barcha xalqlar uchun umumiy bо‘lgan jihatlarni tadrijiy anglab borish
jarayonida asta-sekin umuminsoniy mohiyat kasb etib boradi. Zotan, milliy ma’naviyatimiz
zamirini bizni о‘zgalardan ajratib turuvchi mohiyatlar emas, balki birlashtiruvchi omillar
tashkil etadi.
117.
Din
–muayyan insonlar guruhining Borliq Haqiqati haqidagi (odatda ilohiy vahiyga
asoslangan) tasavvurlari, ularga qat’iy ishonchi, shu ishonchga muvofiq amal qilishga
intilishi. Dinning botiniy va zohiriy jihatlari mavjud bо‘lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati
ibodatlardir. Imon masalasi din va ma’naviyatning umumiy jihati bо‘lib, diniy imon
ma’naviyatning muayyan jihatiga nisbatan xususiy holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |