2. Relyef hosil qiluvchi omillar .
Yer yuzasi relyefining vujudga kelishida uning ichki
qismidagi energiya bilan bog’liq bo’lgan geologik jarayonlar, kosmik ta’sir, og’irlik kuchi,
Quyosh
energiyasi ta’sirida sodir bo’ladigan ( fizik nurash, shamol, yog’in, dengiz qalqishi va h.k.)
jarayonlar, organik nurash, yer osti va yer usti suvlarining ishi va boshqalar faol ishtirok etadi.
Endogen kuchlar –ichki kuchlar degan ma’noni bildiradi.
Endogen tektonik kuchlar natijasida hosil bo’ladigan yer osti silkinishlariga zilzila deb
ataladi. Zilzila yer po’stining ichki qismidagi tabiiy kuchlar ta’sirida sodir bo’ladigan
silkinishlar tufayli vujudga keladi. Silkinish paydo bo’lgan zilzila o’chog’i
epitsentr
deyiladi.
Epitsentrdan to’lqin atrofga tarqaladi
42
.
Zilzila markazi esa gipotsentr deyiladi. Zilzila o’chog’i yer po’stidan 50 km gacha, ba’zan 700
km gacha chuqurlikda bo’lishi mumkin.
Endogen tektonik kuchlar natijasida hosil bo’ladigan yer osti silkinishlariga zilzila deb
ataladi. Zilzila yer po’stining ichki qismidagi tabiiy kuchlar ta’sirida sodir bo’ladigan
silkinishlar tufayli vujudga keladi. Silkinish paydo bo’lgan zilzila o’chog’i
epitsentr
deyiladi.
Epitsentrdan to’lqin atrofga tarqaladi
43
.
Zilzila markazi esa gipotsentr deyiladi. Zilzila o’chog’i yer po’stidan 50 km gacha, ba’zan 700
km gacha chuqurlikda bo’lishi mumkin.
Demak, endogen omillar (Yerning ichki kuchlari ta’sirida vujudga kladi) – mantiyadan
moddalarning ajralib chiqishi, litosferada erigan magmatik jinslar o’choqlarining paydo bo’lishi,
tog’ paydo bo’lishi, vulkanizm, zilzilalar, Yer po’sti ayrim qismlarining vertikal tubranishi va
h.k.
Zilzila markazining epitsentrda silkinishlar kuchi bo’lib, undan gorizontal uzoqlashgan
sari silkinish kuchi susaya boradi. Zilzila Kuchi 12 ballik Rixter shkalasi yordamida o’lchanadi
(2-jadval). Rixter shkalasi jadvali seysmolog Rixter
42
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 15-
б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
43
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 15-
б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
42
nomi bilan ataladi. Yer yuzida bir necha marta kuchli zilzilalar bo’lib o’tgan. Masalan, eng
kuchli zilzila Rixter shkalasi bo’yicha Chilida 1960 yil 9,6 ball, 1964 yilda Alyaskada 8,6 ball
bo’lgan
44
.
Erigan va gazlarga to’yingan mineral massa –
magmaning
Yerning ichki qismidan yer
po’stiga kirib kelishi va yer betiga oqib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar vulkanizm
deyiladi. Vulqon sodir bo’layotgan chuqurliklarda kechayotgan murakkab jarayonlar, jumladan,
jerlolardagi to’planib qolgan gazlarning portlashi, magmaning egri-bugri rivojlangan jerlo
devorlariga juda katta kuch ostida urilishi tufayli kichik amplitudadagi zilzilalar sodir bo’ladi.
Hozir 800 ga yaqin vulqon bor, eng faollari 50 dan ortadi. So’ngan vulqonlar soni 10
mingtadan ortadi. Vulqonlarning so’ngan va so’nmagan deb ajratish ancha shartlidir.
Yerning ichki qismidagi yuqori harorat mantiyadagi moddalarning erigan holatda
bo’lishiga sababchi bo’ladi va ular magma deyiladi. Yer yoriqlari, darz ketgan joylarga
magmaning kirib qotishi natijasida inturiziv jinslar hosil bo’ladi. Vulkon otilishi natijasida
magmaning yer ustiga chiqishidan effuziv jinslar hosil bo’ladi. Vulkanizm jarayoni o’ziga xos
vulkanik Relyef shakllarini vujudga keltiradi. Vulkanlar okean yer po’stining kontinental yer
po’stiga aylanishida ham ishtirok etadi.
Vulkanizm Yerning hozirgi tektonik faoliyatining oqibati va ko’rinishlaridan biridir.
Vulqanlarning 80 %i plitalarning tektonik harakatlari faol oblastlarida sodir bo’ladi
45
.
Alp va Tinch okean geosinklinallarida vulkanlar faoliyati ancha kuchli bo’ladi. Halqa
deb atalgan Tinch okean tog’lar mintaqasida 370 ga yaqin so’nmagan vulkanlar bor. Aleut,
Kuril, Janubiy Sendvich orollar yoyi vulkan konuslari zanjiridan iborat. Kamchatka yarim oroli,
Yaponiya, Filippin, Katta va Kichik Zond orollarida, And va Kordilera tog’larida vulkanlar
ko’p.
Yer yuzasi relyefining vujudga keltiruvchi bu ikki kuch bir-biriga qarama-qarshi
bo’lsada, lekin ular doimo bir-biri bilan aloqada bo’ladi
46
. Chunki Yerning ichki dinamik
jarayonlari tufayli gorizontal yotgan jinslar burmalanib, tog’ tizmalari, botiqlar, yer yoriqlari,
uzilmalarni hosil qilsa, aksincha tashqi dinamik jarayonlar tufayli o’sha tog’lar, qir va
balandliklar yemiriladi, yassilanadi, tekislanadi, nuragan jinslar esa botiqlarga olib borib
yotqiziladi. Oqibatda vaqt o’tishi bilan baland tog’lar o’rnida yassi tog’lar, botiqlar o’rnida
tekisliklar vujudga keladi. Agar yerning ichki dinamik kuchlari bo’lmaganida edi, u holda
tog’lar tashqi dinamik jarayonlar ta’sirida yemirilib boraverar, oqibatda sayyoramiz yuzasi
yassilanib qolgan bo’lar edi.
Ekzogen jarayonlar nurash va denudatsiyada yaqqol aks etadi.
Tog’ jinslarining mexanik yemirilishi va kimyoviy o’zgarish jarayonlari yig’indisi nurash deb
ataladi. Nurash 3 xil bo’ladi:
1. fizik yoki mexanik. 2. Kimyoviy nurash. 3. Biologik nurash.
Fizik nurash
– ning asosiy sababi tog’ jinslari haroratining o’zgarib turishidir. Tog’
jinslarining bir qizib, bir sovib turishi natijasida darz ketadi, yoriladi, xarsanglarga ajraladi va
maydalanib ketadi. Bunga yoriqlarda muzlab qolgan suv ham ta’sir ko’rsatadi.
Kimyoviy nurash
– jinslar tarkibining o’zgarishidan iborat. Kimyoviy nurashning asosiy
agregatlari suv, jinslardagi erigan moddalar va havodagi kisloroddir. Kimyoviy nurash jinslar
tarkibidagi elementlarning o’zaro kimyoviy ta’siri natijasida vujudga keladi.
44
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 18-
б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
45
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 21-
22-бет (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
46
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment».2003, 22-b
43
Biologik nurash
- tirik organizmlar ta’sirida vujudga keladi. Tirik organizmlar jinslarni
mexanik yemiradi, hayot mahsulotlari bilan esa ularni kimyoviy o’zgartiradi
47
.
Ba’zan fizik, ba’zan kimyoviy nurash ustunlik qilsada, odatda fizik va kimyoviy nurash
birgalikda sodir bo’ladi.
Nurashda jins va minerallar (kvartsdan boshqasi) bo’linibgina qolmay, balki nurayotgan
gorizontlar tarkibida ham o’zgarib ketadi. Bunda ko’p moddalarni suv oqizib ketadi, joyida
qolgan jinslar mustahkam birikmalar, ko’proq kvarts, alyuminiy va temir gidratlari bilan boyiydi.
Denudatsiya
- (lotincha ochilib qolish) deb nurash mahsulotlarining nisbatan past
joylarga olib ketish jarayonlari yig’indisiga aytiladi. Denudatsiya oqar suvlar, muzliklar va
shamol natijasida ro’y beradi, tik yonbag’irlarda esa yumshab qolgan ona jinslar qulab tushadi va
og’irlik kuchi ta’sirida pastga qulab tushadi.
Nurash va denudatsiya natijasida nurash po’sti – geologik formatsiya hosil bo’ladi. Nurash
po’sti parchalangan mahsulotlardan hamda ishqorsizlangan tog’ jinslaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |