Kirish
Mavzuning
dolzarbligi
Prezident Islom Karimov ma‘naviyatni
avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan,
inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon e‘tiqodini butun qiladigan,
vijdonini uyg‘otadigan kuchga qiyoslaydi.
―O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma‘naviy olami va madaniy saviyasini
yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va Jahon musiqa madaniyatining
mumtoz asarlari bilan bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish
musiqiy ta‘limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb
etadi‖
1
. Chindan ham yoshlarimiz qalbida ularning musiqiy nafosat
dunyosiga oshno etmasdan turib ularning ma‘naviyati haqida so‘z yuritish
quruq safsata desak yanglushmaymiz.
Yoshlar qalbida musiqa orqali yuksak nafosat ―nafis his-tuyg‘ular ,
sog‘lom did, vatanga muhabbat, insonparvarlik, yuksak milliy g‘urur, milliy
iftixor o‘sib shakllanib boradi. Asta-sekin ona yurtimizda aqlli, didli,
madaniyatli, ma‘naviyatli avlod o‘sib etishadi. Shu holatni teran anglagan va
uzoqni ko‘ra olgan prezidentimiz ―bugungi kunda musiqa san‘ati navqiron
avlodimizning yuksak ma‘naviyat ruhida kamol topishida boshqa san‘at
turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta‘sir ko‘rsatmoqda‖ deb
ta‘kidladilar.
Prezidentimiz I.A.Karimov – ―Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch ―
asarida: - ―Agar insonning qulog‘i engil-elpi ohanglarga o‘rganib qolsa, bora-
bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma‘naviy
olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir oqibatda
bunday odam ―Shashmaqom‖ singari milliy merosimiznng noyob
durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan
olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi‖-
1
I.A.Karimov ―Yuksak ma‘naviyat engilmas kuch‖ O‘zbekiston T. 2008 yil. 9-bet.
4
deb ta‘kidlangan
2
. Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy va murakkab
qurollaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni yuksak idrok etishga va
qadrlashga o'rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina
qolmay balki ma‘naviy dunyoqarashlarini shakillantiradi. Musiqa inson
hissiyotiga kuchli e‘tibor, kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib,
o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning
muhim vositasidir. Buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Al Forobiy "Bu fan
hammamiz uchun foydalidir" degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diyning shunday
so'zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir". Musiqa
insonga tez ta‘sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi
vositadir.
Shu bois o'quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan
musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib
qoladi.
Maktabda o‘quvchilarga qo'shiq kuylatish, opera va balet asarlarini
tinglash orqali yoshlarni ma‘naviy va axloqiy tarbiyalash bugungi kunning
eng dolzarb muammolaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi.
Musiqaning axloqiy-estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va
ijrochigagina doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo'lsa-da, lekin opera va
balet janrlarining shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha
ilmiy yoritilmagan. Buning sababi bizningcha opera va balet janrining
murakkabligi va uning inson ongiga ta'sirining ko'p qirraliligidir. Biz ushbu
ishimizda opera va balet san'atining tarbiyaviy jihatlarini va uning yangi
insonni kamol toptirishdagi rolini yoritishga harakat qilamiz.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib biz bitiruv malakaviy ishimiz
mavzusini quyidagicha belgiladik: ―O'quvchilarda opera va balet janrlarini
idrok etishni o‘rgatishning musiqiy pedagogik xususiyatlari‖.
2
I.A.Karimov ―Yuksak ma‘naviyat engilmas kuch‖ O‘zbekiston T. 2008 yil. 141-bet.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |