O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishi

Texnologiya ta’limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining 
hozirgi darajasiga mos, shuningdeq o`quvchilarga tushunarli bo`lishi shart. Shuning uchun 
ko`pincha o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini osonlashtiradigan va ularni 
ancha qiyin nazariy va amaliy masalalar bilan tanishtiradigan har xil metodlarga murojaat 
qilishga to`g’ri keladi. 
Bittagina misol keltiramiz. VII sinfda o`quvchilar tokarlik keskichining geometriyasi 
bilan tanishadilar, bu ish qirqish jarayonining fizik asoslarini tushunish uchun zarurdir. 
Ammo buning uchun sakkizinchi sinf o`quvchilari matematika va fizika bo`yicha zarur 
bilimlarga ega bo`lmaydilar. Shu sababli bu tema materialini quyidagicha ketma-ketlikda 
bayon qilish maqsadga muvofiqdir: 1) tokarlik keskichining qirquvchi qismi zubilo, arra va 
egovdagi kabi ponadan iborat bo`lsada, murakkabroq shaklda ekanini tushuntirish; 2) tokarlik 
keskichining qirquvchi qismi shakliii o`zgartirishga nima sabab bo`lganyni gapirib berish, 
konkret misollar bi-lan oddiy ponaga nisbatan keskich geometriyasidagi har bir o`zgarishini 
ko`rsatish kerak. 
Texnologiya ta’limi o`quvchilar tushunadigan va bajara oladigan bo`lishi haqida gap 
borganda nazariy ma’lumotlarnigina emas, o`quvchilar organizmlarga tushadigan jismoniy 
nagruzkalarni ham nazarda tutish lozim. Afsuski, hozirga qadar masalan, mazkur sinf 
o`quvchilari qanday qalinlikdagi po`lat, plastinkani kesa olishi yoki isklna tig’ining kengligi 
kancha bo`lishi kerakligi va hokazolarni ko`rsatib bera oladigan chuqur tadqiqotlar 
o`tkazilmagan. Shu sababli o`qituvchi charchashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va 
shunga ko`ra jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim. 
O’quvchilarning individual xususiyatlari o`quv materialini, mehnat malaka va 
ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, balki mehnatga munosabatlarida ham namoyon 
bo`ladi. 
Uquv materialini o`zlashtirish qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli 
farqlanadi. Buning sababi shO’qi, o`quvchilarning ba’zilari oilada, ba’zilari texnik 
to`garaklarda mehnatga birmuncha tayyorgarlik ko`radilar. Mehnat o`qituvchisi topshiriqlar 
tanlashda ana shularning xammasini hisobga olishi kerak. 
Amaliy ishni bajarish bo`yicha o`quvchilarni shartli ravishda uch gruppaga bo`lish 
mumkin. Birinchi gruppa o`z qobiliyatlariga to`la ishongan, o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga 
ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki qiyinchiliklardayoq o`zini yo`qotib qo`ymaydigan, 
o`qituvchidan yordam so`rashdan uyalmaydigan o`quvchilardan iborat bo`ladi. Bu gruppaga 
asosan oilada bir-muncha mehnat tayyorgarligi ko`rgan o`quvchilar kiritiladi. 
Ikkinchi gruppaga o`z qobiliyat va imkoniyatini etarlicha baholay olmaydigan 
o`quvchilar kiradi. Bunday o`quvchilar ozgina qiyinchilikka yo`liqish bilanoq o`zini yo`qotib 
ko`yadi. ishni to`xtatadi, o`qituvchiga yordam so`rab murojaat qilishga jur’at eta olmaydi. 
Bunday o`quvchilarga alohida ahamiyat beriy, ularda o`z kuchiga ishonch hosil qilish kerak. 
Bajarilgan topshiriqni baholashda o`qituvchi ularning ishlaridagi ozgina yutuqlarni ham aytib 
o`tishi lozim: shunday kilinsa, ular yanada tirishqoqliq, qat’iylik bilan ishlashga intiladilar. 
Mazkur o`quvchilarni amaliy ishlar bajarilayotganda e’tiborsiz qoldirib bo`lmaydi: o`z 
vaqtida quvvatlash, yordamga kelish; ularda topshiriqni uddasidan chiqishlariga ishonch xosil 
qilish kerak. 
Uchinchi gruppaga o`zining jismoniy mehnat qobiliyatini ortiqcha baholaydigan 
o`quvchilarni kiritish kerak. Bu xildagi o`quvchilar o`zlariga ishonadilar, ba’zilari 
maqtanchoqlik ham qiladilar. Ular har qanday ishning uddasidan chiqamiz deb hisoblab, 
birinchi gruppadagi o`quvchilarga o`xshab, har qanday yangi ishni ishtiyoq bilan 
bajarishga kirishadilar, ammo qiyinchiliklarga duch kelgach, ularni bartaraf etishga urinib 
ham ko`rmay, to`xtab qoladilar. Bu o`quvchilar o`zlari uchun qiyin ishdan ko`pincha aynib 
qoladilar, unga qiziqmay qo`yadilar. Uqituvchi bunday o`quvchilarga qiyinchiliklarni 
bartaraf qilishda yordam berishi kerak. Har qanday mehnat ham kuch, harakat, qat’iyatlilikni 


takozo etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu 
o`quvchilar ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tanqidiy munosabatda bo`la 
boshlaydilar.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish