Izolatorlarni montaj qilish turiga qarab tanlash
|
Latir, ombir,rezina qo’lqop
|
|
Vazifalariga qarab izolatorlar tayanchli, o‘tuvchi va chiziqli izolatorlarga bo‘linadi. Har bir turdagi izolatorlar har xil ko'rinishlarga ega bo‘lib, ular konstruktiv tuzilishi bo‘yicha, texnik tavsiflari va ishlatilishi shartlariga qarab boflinadi. Har bir turdagi bir kuchlanishli izolatorlar har xil mexanik yuklamalarga mo‘ljallab yasaladi. Izolatorlar tasnifi 8.5-jadvalda keltirilgan.
0‘rnatilgan joyiga qarab izolatorlar statsionar, liniyali va apparat izolatorlariga bo'linadi. Statsionar izolatorlar taqsimlovchi quril- malardagi ichki va tashqi shinalarni mustahkamlash va o‘matish uchun ishlatiladi. Liniyali izolatorlar osma va shtirli bo‘lib, yuqori kuchlanishli liniyalar va ochiq taqsimlovchi qurilmalar shinalarini mahkamlash uchun ishlatiladi. Apparat izolatorlari apparatlar tok o‘tkazgichlarini mahkamlash va o‘rnatish uchun har xil konstruksiyalarda ishlab chiqarilib, qoTlaniladi (tayanchli, o‘tuvchi, o‘zak, tortgich va quvurcha ko‘rinishida).
Izolatorlar past kuchlanishli (680 V gacha) va yuqori kuchlanishli (680 V dan yuqori) bofladi. Yuqori kuchlanishlar 1, 3, 6, 10, 20, 35, PO, 150, 220, 330, 500, 750, 1150 kV qiymatlarga ega.
Izolatorlar bir qancha talablarga javob bera olishi kerak. Bu talablarga mexanik, elektr bardoshliklar kiradi.Izolatorlar elektr tavsiflariga quyidagilar kiradi*. nominal kuchlanish, proboyga olib keluvchi kuchlanish, sanoat chastotasida razryad va chidovchi kuchlanish.
|
Izolatorlar tasnifi
|
Latir, ombir,rezina qo’lqop
|
|
Sanoat chastotasida kuchlanish asta-sekin oshirib borilganda, izolatorning proboyga olib keluvchi kuchlanishining eng kichik qiymati izolator tashqi izolatsiyasi chidovchi kuchlanishidan katta bo‘lishi kerak (quruq holatda), masalan, qattiq izolatorlar uchun 1,6 martadan kam emas, yarim suyuq va plastinkali izolatorlarda 1,3 martadan kam emas hamda suyuq va qog‘oz moyli izolatsiyada 1,2 martadan kam emas.Izolatorning asosiy mexanik tavsifi — nuratuvchi kuchning minimal qiymati bo‘lib, izolatorning o‘qiga perpendikular qilib yo‘naltirilgan. Yana asosiy parametrga qattiqlik ham kiradi (qattiqlik bu izolator boshiga ta’sir etuvchi kuchning izolator og'gandagi kuchga nisbatiga aytiladi).
Ba’zi bir hollarda tayanch izolatorlari tortish, cho‘zilish, buralish kuchlari ta’sirida bo‘ladilar. Bu izolatorning mexanik bardoshliligi 375, 750, 1250, 2000, 3000, 4250 va 6000 N (1 N-10 N, 8.5) kabi qiymatlarga ega.Izolatorning armaturalangan detali yuzasiga bir xil qalinlikda (1 mm) bitum suriladi. Izolator armaturasi va sement choklarga namga bardosh qoplamalar suriladi.
Izolatorlar tayyorlash uchun materiallar. Izolatorlarni tayyorlash uchun qo'llaniladigan materiallardan eng keng tarqalgani — bu maxsus sopol material — elektr texnik chinnidir. U oq rangda bo‘lib, termik ishlov berish orqali yasaladi. Chinni massa plastik loy material bo‘lib, kaolin (45—50%), kvars (15—20%) chinni qorishma (8% gacha), dala shpati (30—35%)'dan tashkil topgan. Termik ishlov davrida xoma- shyolar murakkab fizik va mexanik jarayonlar tufayli yangi kristall va shishalar birikmasi natijasida yangi modda (mullit, korund va boshqalar) hosil bo‘ladi va uchinni pishiqligi hamda kichik liniyali harorat uzayish koeffitsiyentiga ega bo‘ladi. Ishlov davrida dala shpati va kvars aralashmasidan hosil boiadigan shisha chinniga elektr pishiqligi va gigroskopiyasizlikni beradi. Elektr va mexanik tavsiflarni yaxshilash maqsadida izolator yuzasi glazur bilan yupqa qoplanadi. Chinni asboblarni qattiq qizdirilganda uning yuzidagi glazur eriydi, natijada u yuza bo'ylab bir xilda surkaladi. Bu yuza nurlanishni pasaytiradi, to- zalash osonlashadi. Glazur tayyorlash izolatorning elektr va mexanik xususiyatlari yaxshilanadi. Xuddi shunday xususiyatlarga dala shpati miqdorini kamaytirib, qo'shimcha material-glinozem (AI203) qo‘shish bilan ham erishish mumkin. Keramik elektr texnik materiallar tasnifi GOST 20419—83 da keltirilgan.Keyingi vaqtlarda yuqori kuchlanish apparatlarida o'zakli shisha plastinkali, diametri 10—30 mm bo‘lgan trekich qoplamali izolatorlar qo'llanilmoqda.Istiqbolli yo‘nalishlardan yana biri — izolator va izolatsiyali konstruksiyalarni quyma izolatsiya orqali yaratishdir. Bunda izolatorlar soddalashadi, o‘lchamlari va vazni kamayadi, narxi arzonlashadi. Hozir bu toifada keng tarqalgan izolator — epoksid smolali izolatordir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |