Mavzu: Kabel tollalarini termitli patronda payvandlash
REJA:
1. Kabell tollarini termitli patronda payvandlash .
2.Kabellaming aluminiy tollarini gaz bilan payvandlab ulash .
1. Kabell tollarini termitli patronda payvandlash. Kabellarning tok o’tkazuvchi alyuminiy tomirlari quyidagi usullarda payvandlanib ulanadi: A tipdagi patoronlarda uchma–uch qilib termitli payvandlash; ochiq qolipda gaz bilan payvandlash; ochiq qolipda kontaktli qizdirib elektr bilan payvandlash.
Alyuminiy tomirlar, termitli payvandlanganda birikma juda sifatli chiqadi, shuning uchun tegishli instruktsiyalarda birinchi galda shu usul tavsiya qilinadi.
Qandaydir sabablarga ko’ra alyuminiy tomirlarni termitli payvandlab bo’lmasa, ular gaz va elektr bilan payvandlanadi.
Termitli payvandlash ikki bosqichda bajaraladi. Birinchi bosqichda tomirlar termitli payvandlashga tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida (1–rasm a, d) payvandlanayotgan tomirlarning kesimiga qarab termit patroni tanlanadi. Patron qanday kesimga hisoblanganligi uning markasida ko’rsatilgan. Kabellarning tomirlarini payvandlash uchun A tipidagi patrondan foydalaniladi (1–rasm, a). Kabelning doiraviy tomirlari tarkib shimdirilgan qorishma qoldiqlaridan tozalanadi, sektorli tomirlara doiraviy shakl beriladi. SHunday tayyorlangan Kabelg’ tomiriga alyuminiy vtulka 3 kiydiriladi (1–rasm, b) va patronga kiritiladi (1–rasm, v). Ulanadigan tomirlarning patronga kirish joyida suyuq metall oqib ketmasligi uchun bu joylar yarim doiraviy tig’li tiqqich 4 dan foydalanib asbest shnuri 5 bilan zichlashtiriladi. Payvandlashga tayyorlangan tutashma (1–rasm, d) moslama (shtativ) ning qayd qiladigan maydonchasi 2 ga o’rnatiladi, tomirlarda sovutuvchi ombirlar 4 mahkamlanadi, tomirlar asbest qog’oz 5 bilan himoyalanadi va payvandlashning ikkinchi bosqichiga o’tiladi.
1–rasm. Kabelning alyuminiy tomirlarini termitli patronda
payvandlashga tayyorlash:
a–A tipdagi termitli patron (kesimi), b, v, g, d–operatsiyalar tartibi, 1–termitli mufel’, 2–po’lat kokil’, 3–alyuminiy vtulka, 4–asbest shnurini tiqish uchun yarim doiraviy tig’li tayoqcha, 5–asbest shnuri, 6–ulanadigan tomirlar.
Termitli patronda VAMI flyusidan foydalanib 2–rasm, b, v, g larda ko’rsatilgan tartibda payvandlanadi. Tutashtirilgan qismi sovigandan so’ng mufel zubilo bilan urib sindiriladi (2–rasm, d) va undan po’lat kokil chiqarib tashlanadi. Payvandlash jarayoni tamom bo’lgandan keyin quymaning tartib chiqqan qismi (2–rasm, ye) ombir bilan yoki temir arra bilan qirqib tashlanadi. Tutashgan qismga tsilindrik gilg’za shaklini berish uchun (2–rasm, j) egovlanadi, undan keyin metall va shlak qoldiqlarini olib tashlash uchun qizdirilgan MP–1 mastikasi bilan part qilinadi (qizdiriladi).
2–rasm. Kabellarning alyuminiy tomirlarini termitli payvandlab ulash:
a, b, v, g, d, ye, j–operatsiyalar tartibi, 1–shtativ, 2–termitli patron, 4–sovituvchi ombirlar, 5–tomirlarni alangadan himoyalash uchun taxta asbest, 6–kabelr tomirlarida asbestni mahkamlash uchun skoba, 7–ekran, 8–qo’shimcha suyuqlantiradigan chiviq, 9–po’lat simli ilgak, 10–termit qorishmasini yoqish uchun gugurt.
1– jadval
Kabelr tomirining tuzilishi va kesimi, mm2
|
Biriktirish gil’zasining tip o’lchami
|
Gil’za presslangandan keyingi qoldiq qalinlik N,mm
|
Biriktirish gil’zalarini presslash uchun tavsiya mexanizmlari
|
Alyuminiy
|
Mis
|
Alyuminiy
|
Mis
|
Alyuminiy
|
mis
|
16 n
20 n
35 n
50 n
70 n
70 n
95 n
95s,12 On
150s,150n
150s
185 n
185 s
240 s
240 s
|
16 n
25 n, 25s
35 n, 35s
50 n, 50s
70 n
70 s
95 n
95s,12 s
120 s
150n,150s
185 n
185 s
240 n
240 s
|
GA–5,4
GA–7
7A–8
7–9
GA–11
GA–12
GA–13
GA–14
Ga–16
GA–17
GA–18
GA–19
GA–20
GA–22
|
GM–6
GM–7
GM–8
GM–9
GM–10
GM–11
GM–12
GM–13
GM–14,
GM–15
GM–16
GM–17
GM–18
GM–19
GM–20
GM–20
|
4,5
6
7
8
9
9
10
11
12
12
13
13
15
16
|
|
GKM, PK–1m
RGP–7
RPM–7,PGR–20
PGEP–2,PGR–20
|
Eslatma: Kabellar ko’p simli tomirlarining kesimlarini belgilashda quyidagi qisqartirishlar qabul qilingan: N–normal(doiraviy) tomir; s–sektorli tomir.
Do'stlaringiz bilan baham: |