O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi


Taqsimlash qurilmalarini montaj qilish



Download 9,63 Mb.
bet26/104
Sana16.03.2022
Hajmi9,63 Mb.
#493240
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
Elektrik tayyor tuplam

2. Taqsimlash qurilmalarini montaj qilish


Taqsimlash shchitlari ularni bemalol kuzatib turish va saqlagichlarini almashtirish uchun qulay joyga–maishiy xonalarda 1,5–1,8 m balandlikda, ishlab chiqarish xonalarida 1,2–1,4 m balandlikda maxsus tokchalarda o’rnatilishi lozim. SHchitning izolyatsiyalanmagan tok o’tkazuvchi qismlaridan yonmaydigan (g’isht, beton) devorlargacha bo’lgan masofa kamida 15 mm, yog’och devorlargacha kamida 50 mm bo’lishi zarur. Montaj qilish ida xizmat ko’rsatish qulay bo’lishi uchun amalda bu masofa 100 mm dan kam bo’lmasligi lozim. Katta o’lchamli (600·500 mm va undan katta shchitlarni o’rnatishda shchitdan devorgacha bo’lgan masofa 250 mm dan kam bo’lmasligi lozim. SHchitning kuchlanish ostida bo’lgan ochiq qismlari bilan uning tok o’tkazmaydigan metall qismlari orasidagi masofa, havoda kamida 12 mm, izolyatsiyasi bir yuzalardan kamida 20 mm bo’lishi kerak.
Odatda, shchitlar po’lat yoki oyna eshiklar bilan yopiladigan yashiklarga joylanadi. Yashiklarning tahminlovchi rezerv kirish simlari kiritiladigan teshiklari tiqin bilan berkitib qo’yilishi lozim.
SHchitlarni deraza va eshiklar o’rniga o’rnatish man qilinadi.
SHchitlarning panelida simlar o’tkaziladigan old va yon tomonlarida teshiklarga izolyatsiyalovchi vtulkalar qo’yiladi.
SHchitlarning panellariga xar bir chiqib ketayotgan liniyaning nomeri va qaerda ishlatilishi yoki liniya boradigan tsexning nomi, masalan, “Oltinchi tsexni avariya vaziyatida yoritish”, “Zina bo’linmasini yoritish”, “Zavod boshqarmasining ikkinchi qavatini yoritish” kabi so’zlar yozib qo’yiladi.
SHchit joyiga o’rnatilgandan va mahkamlangandan keyin uning saqlagichlari kontaktiga guruhli liniyalarning simlari biriktiriladi. Bahzi hollarda, masalan, devor bilan shchit orasidagi masofa kichkina bo’lganda, bu tartib o’zgartirilishi ham mumkin, yahni oldin simlar saqlagichlarga biriktirilishi, so’ngra shchit joyiga o’rnatilishi va mahkamlanishi mumkin.
Tahminlash liniyalari va chiqish simlarining guruhlari orasida shchit orqasidagi saqlagichlar chiqish kontaktlariga, bunda ularning faza simlari saqlagichlarning markaziy kontaktiga biriktiriladi.
Kuchlanishi 380/220 V li elektr tarmoqlarida bir qavat chegarasida elektr energiyasi taqsimlash va hisobga olish uchun SHUE markali qavat shchitlaridan foydalaniladi. Yoritish tarmog’ining SHUE shchitidan chiqadigan yoritish tirmog’i ayrim guruhlari shchitchaning alohida sektsiyasida joylashgan paketli uzgichlar vositasida ulanadi va uziladi. SHUE shchiti hisoblagichlarining ko’rsatkichlarini kuzatish va avtomatlar ham SHUE shchitchasi uzgichlar bilan boshqarish eshigini ochmasdan undagi maxsus darcha orqali bajariladi.
SHchitchalar zavodda yig’iladi va montaj qilinayotgan joyga keltiriladi. Yashiklarni shchitlardagi asboblarni shikastlamay, juda ehtiyotkorlik bilan ochish lozim.
SHUE shchitchasi o’lchamlari 900·450 mm va chuqurligi 200 mm li tokchada o’rnatiladi. SHchitchada mahsus qismalar (U730) bo’lib, ularga 35 mm2 gacha kesimli mis va alyuminiy simlarni biriktirish mumkin.
To’la yig’ilgan holda zavoddan keltirilgan taqsimlash shkaflari va shchitlarni montaj qilish qurilish ishlari jarayonida oldindan tayyorlangan poydevor ramalarga ularni o’rnatishdan boshlanadi. SHkaf va shchitlar loyihaga va ularni tayyorlagan zavodning ko’rsatmalariga muvofiq qathiy vertikal holda o’rnatilishi va rama, devor yoki boshqa tuzilishlarga yaxshilab mahkamlanishi lozim. Ampermetr, volhtmetr va boshqa asboblar bilan jihozlangan taqsimlash shkafi va shchitlarni montaj qilayotganda, bu asboblarni taqsimlash qurilmalarini o’rnatish, moslash va mahkamlash vaqtida bo’ladigan silkinishlar natijasida shikastlanmasligi uchun olib qo’yish tavsiya qilinadi. Montaj ishlari tamom bo’lgandan so’ng olib qo’yilgan asboblar o’z o’rniga o’rnatiladi, shkaf va shchit hamma elementlarining holati va ishlashi tekshirib ko’riladi. Rubilhniklarning kontakt pichoqlari ularning jag’lariga zarb va kuch bilan urilmasligi, lekin kontaktlarda lozim bo’lgan bosimni hosil qilishi lozim. Agar qalinligi 0,05 mm va eni 10 mm li shchup orasidagi ko’pi bilan 6 mm kirsa, kontaktlar dagi bosim normal hisoblanadi.
Saqlagichlarning jag’lari patronlarning kontakt qismlariga zich tegib turishi lozim. Patronlar, o’z og’irligi va yuzaga keluvchi qisqa tutashish toklari tahsirida hosil bo’ladigan elektr dinamik kuchlar tahsirida tushib ketmasligi uchun, jag’larda mahkam ushlab turishi lozim.
Rubilhniklarning yuritmalri holatini ko’rsatuvchi fiksatorlar doim aniq va yaxshi ishlashi lozim.
Nazorat qilishi va o’lchov asboblarining boshlang’ich va oxirgi nuqtalari asboblar o’rnatilagan panelning bo’ylama chetiga parallel bo’lgan bitta to’g’ri chiziqda yotish lozim.
Erga ulangan konturdan shchitga keladigan yerga ulash shinasi poydevorga payvandlab va taqsimlash qurilmasining karkasiga (payvandlab yoki boltlar bilan) ishonchli biriktirilishi lozim.
Taqsimlash qurilmasining tok o’tkazuvi qismlari izolyatsiyasining yerga ulangan karkasga nisbatan qarshiligi 0,5 MoM dan kam bo’lmasligi lozim. Izolyatsiyasining qarshiligi 1000 V li megoommetr bilan o’lchanadi.
Agar hamma elementlarning tekshirish natijalari qoniqarli bo’lsa, taqsimlash qurilmasiga tahminlash va chiqib ketadigan simlar xamda kabellar biriktiriladi, so’ngra chiqib ketadigan tarmoqda yuklama toklari bo’lganda, mahalliy qizishlarni aniqlash maqsadida, qaytadan ko’zda kechiriladi. Kuzatish vaqtida mehnatni muhofoza qilish qoidalariga amal qilish lozim; kontaktlarda va boshqa birikmalarda mahalliy qizishlarni aniqlash uchun tegishli suyuqlanish temperaturasiga mo’ljallangan termo shamlardan foydalaniladi.
Nazorat savollari:

  1. Sizga qanday sunhiy yorug’lik manbalari mahlum?

  2. Elektr o’tkazgichlar trassasi qanday asboblar bilan rejalanadi?

  3. Ochiq yoritish elektr o’tkazgichlarlari izolyatorlarda qanday bajariladi?

  4. ATPRF tipidagi naychasimon simlarni montaj qilish texnologiyasini bayon qiling.

  5. Yashirin o’tkazishda simlar o’tkazish usullari haqida gapirib bering.

  6. Alyuminiy simlarni biriktirishning qanday sizga mahlum va siz aytgan usullardan biri bo’yicha simlar qanday biriktiriladi?

Download 9,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish