O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


GRAMMATIKA: SOHA LUG‘ATLARI. ULARDA TERMIN VA BIRIKMALARNING



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

GRAMMATIKA: SOHA LUG‘ATLARI. ULARDA TERMIN VA BIRIKMALARNING 
BERILISHI 
Reja: 
1. Soha lug‘atlari. 
2. Soha lug‘atlarida termin va birikmalarning berilishi.
3.Soha lug‘atlarining ko‘rinishi. 
O‘zbek tilshunosligida xilma-xil terminlarni o‘rganuvchi bir qancha ishlar amalga 
oshirilgan.Har bir milliy til o‘zining ilmiy terminologiyasini yaratdi.Yosh avlodga ta’lim-
tarbiya berishda o‘rganilayotgan sohaning terminlarini o‘rgatish ancha mashaqqatli ish 
hisoblanadi.Har bir sohani maxsus terminlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Masalan, tibbiy, 
texnika, istisodiy va boshqalar. 
Atamashunoslik lug‘atshunoslikning ajralmas qismi bo‘lib, mustaqillikka erishgandan 
so‘ng bu sohaga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Respublikamizga ilmiy texnik informatsiyaning 
muddatli oqimi kirib kela boshladi. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning kuchayishi, 
yanhgidan yangi qo‘shma korxonalarning barpo bo‘lishi, ishlab chiqarishda xorijning yuksk 
texnologiyalarini tadbiq qilishga bo‘lgan intilishi atamalar tizimini sistemalashtirish va ma’lum 
sohalarga oid ikki yil yoki undan ortiq tilli lug‘atlar tuzishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. 
Atamalar tilda o‘ziga xos leksik qatlamni tashkil qilib ma’no jihatidan neytral va emotsional, 
ekspressiv bo‘yoqlardan xoliligi bilan farq qiladi.
Turli tillardagi atamalar o‘rtasidagi muqobillikni aniqlash, aniqrog‘i atamalarni bir tildan 
ikkinchi tilga tarjima qilish hozirgi atamashunoslik sohasini dolzarb masalalaridan hisoblanadi. 
Tarjimada muqobillikni aniqlash qat’iy, zaruriy talab bo‘lib, bir tildan ikkinchi tilga atamani 
bir maromda o‘girish tarjimondan chuqur bilim, katta mahorat, og‘ir mehnatni talab etadi.
Ayrim atamalar u yoki bu tilda o‘z mutanosiblikka ega bo‘lmasligi, so‘z ma’no va so‘z 
shaklining yo‘qligi tarjimon oldiga ko‘p muammoni qo‘yadi. Bu o‘rinda izohli tarjimada 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Izohli tarjimada u yoki bu tilga transkripsion shaklda 
o‘giriladi, ya’ni so‘zma so‘z shakli bilan birgalikda berilib uning ma’nosi izohlanadi. 
Kаландироватъ (gazmol yoki teri sirtini silliqlash , yoyish, (chig‘iriqli mashina)
Har bir til shu tilga munosib xalqning moddiy va ma’naviy dunyosini butun 
borligicha o‘zida aks ettiruvchi yorqin ko‘zgu bo‘lib, insonning mehnat va ijtimoiy faoliyati 
bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bois jamiyatda sodir bo‘lgan har qanday voqeallar yoki o‘zgarish, 
birinchi navbatda iqtisodiy taraqqiyot davomida tilning lug‘t tarkibida doimiy rivojlanib, boyib 
boradi. Bu boyish jamiyat rivojlanish natijasida paydo b’olgan yangi tushunchalarni 
ifodalovchi yangi so‘zlar, nomlarning vujudga kelish hisobida sodir bo‘ladi. 
Tilning lug‘at tarkibi, uning leksik- semantik sistemasi doimo o‘zgarib boradi, ayni 
zamonda jamiyat uchun keraksiz holga tushuncha yoki predmet nomlarini ifodalab kelgan 
so‘zlar arxaik soz sifatida iste’moldan chiqib uning o‘rnini yangi so‘zlar egallaydi. Lug‘at 


126 
birliklarining iste’moldan chiqishi lingvistik va ekstorolingvistik taomillari asosida, tilning 
tabiati, tilning taraqqiyoti qonuniyatlari asosida ro‘y beradi. Bunda ikki asosiy hodisa 
kuzatiladi: 
1) Jamiyat va tabiatdagi narsa-hodisalarning yo‘qolishi bilan bilan ularning ifodasisi bo‘lgan 
so‘zlar ham yo‘qoladi. Til strukturasidan chiqadi va tarixiy so‘zlarga aylanadi.
2) Tilning takomillashuvi jarayonida narsa-hodisaning mohiyatini aniq, to‘liq va to‘g‘ri 
ifodalay olmaydigan lug‘aviy birliklar iste’molidan chiqib, ularning o‘rnini hodisani aniq, 
to‘g‘ri va to‘la ifodalaydigan lug‘aviy boyliklar egallaydi. 
Yangi so‘z ixtiro qilinmaydi, balki, tilda mavjud bo‘lgan so‘z yasovchi elementlar, 
ya’ni muayyan tilning o‘z ichki imkoniyatlarini hisobga olib vujudga keladi. 
AKUSTIK FONETIKA (yun.—tovush, tovushga oid). Eksperimental fonetikaning nutq 
tovushlari hosil bo‘lishini yuzaga kelgan tovush to‘lqinlari aspektida o‘rganuvchi bo‘limi. 
Akustik jihatdan tovushning bir qator belgilari farqlanadi: 1) tovush kuchi (s.), 2) t o v u sh 
b a l a n d l igi (s.), 3) tovush tembri (q.), 4) tovush cho‘ziqlig i (q.). 
AKSENT (lot. — urg‘u). Boshqa tilda so‘zlaganda, tovushlarni o‘sha tildagidan 
boshqacha holda, o‘z til tovushlari kabi talaffuz etish: o‘zbekcha aksent bilan gapirmoq. 
AKSENTEMA (lot.— urg‘u). Bo‘g‘indagi urg‘uning kuchli va kuchsizligi. 
AKSENTOLOGIYA (lot. assepiz — urgu; yun. logos— so‘z ta’limot). Fonetikaning 
urg‘uni (urg‘uning tabiati, tipi, vazifasi va h.) o‘rganuvchi bo‘limi. 
AKSENTUATSIYA. 1. So‘z yoki frazadagi ma’lum unsurlarni urg‘u vositasida 
ajratish. 
AMALIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikning lingvistik masalalarni (mas., mashina 
tarjimasi) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari (eksperimental 
fonetika, leksikografiya, lingvostatistika kabi). 
AMALIY USLUBIYAT. Nutq uslubiyatining amaliy bo‘limi. Amaliy uslubiyatning 
vazifasi til vositalarishshg ta’sirchanlik va b. jihatdan imkoniyatlarini belgilay (baholay) olish, 
ulardan mahsadga muvofiq holda, mohirona foydalanishga o‘rgatishdir. 
AMORF TILLAR (yun. shaklsiz, shaklga ega bo‘lmagan). Affikslarga ega bo‘lmagan, 
so‘zlar orasidagi grammatik alohalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida 
ifodalanadigan tillar. Mas., xitoy tili. 
AMFIBOLIYA (yun. — ikki ma’nolilik). Ikki xil talhin etish, ikki ma’noda tushunish 
mumkin bo‘ladigan jumla (gap). Og‘zaki nutqda amfiboliya ohang va to‘xtam yordamida 
bartaraf etiladi: Yangi joyning bu dilni siyoh qiluvchi manzarasi qanchalik noxush tuyulmasin, 
Mohidil ko‘nikishga majbur (J. Abdullaxonov). Misoldagi bu olmoshi dil so‘ziga bog‘lansa, bir 
ma’no, manzara so‘ziga bog‘lansa, boshqa ma’no ifodalanadi (asli keyingi bog‘lanish ko‘zda 
tutilgan). Bu olmoshi manzara so‘zi oldidan qo‘llansa, amfiboliya yo‘qoladi. 
ANALITIK TILLAR (yun. — yoyiq, yoyilgan). Grammatik ma’nolar (gapda 
so‘zlarning o‘zaro munosabati) so‘z shakllari (shakl yasovchi qo‘shimchalar) vositasida emas, 
balki yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, ohang yordamida ifodalanadigan tillar. Mas., ingliz, 
fransuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga kiradi. Qiyos. Sintetik tillar. 
ANALOGIYA (yun. muvofiqlik, moslik, o‘xshashlik). Til unsurlarining (so‘z yasalish, 
shakl yasalish va b. modellarining) o‘zaro qandaydir munosabat ta’sirida o‘xshashlik. kasb 
etishi, mahsuldor bo‘lgan hodisaning boshqasiga yoyilishi: Analogiya yo‘li bilan o‘zgarish. 
Analogiya asosida yasalish. Mas., qara obyektsiz fe’lining ko‘r obyektli fe’liga sinonim sifatida 
qo‘llanishi (cho‘chimasligini qara), shuningdek, ko‘r ko‘makchi fe’liga qara, boq fe’llarining 
sinonim sifatida qo‘llanishi (o‘qib ko‘r, o‘qib qara, o‘qib boq) ham analogiya natijasidir: 
...buning natijasida o‘quv yurtiga tanlashda kelishmovchiliklar va yanglishmovchiliklar kelib 
chiqadi (Gazetadan), Bu misolda yanglishmovchilik so‘zi noto‘g‘ri qo‘llangan. Uning 
qo‘llanishi anglashilmovchilik so‘zining ta’siridadir. 
ASSOTSIATSIYA. Til birliklarining shakli yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra 
o‘zaro birlashuvi. 
VIBRANT (lot. — titroq)—q. Titroq undosh. 


127 
VOKABULA (lot. — so‘z). 1. Leksikologiya va leksikografiyaning o‘rganish manbai 
sifatidagi alohida olingan so‘z. 
VOKALIZM (lot. — unli)—q. Unlilir tizimi. 
GEMINATA — q. Qo‘sh undosh. 
GEMINATSIYA — Q. Qo‘sh undoshlik. 
GERMANIZM (lot.— german). German tillaridan o‘zlashgan, lekin yot unsurlar ekani 
sezilib turadigan so‘z yoki ibora: dendi, miss va b. 
GLOSSARIY. Biror asar, ayniqsa qadimgi asarlardagi eskirgan va kam qo‘llanadigan, 
tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohlanadigan lug‘at. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish