O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


-MAVZU:“SHE’R - TUYG‘ULAR FARZANDI” (ZULFIYA).BADIIY TASVIR



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

18-MAVZU:“SHE’R - TUYG‘ULAR FARZANDI” (ZULFIYA).BADIIY TASVIR 
VOSITALARI 
 
 
Zulfiya 
 
Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson 
qalbini o‘tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun 
mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab 
davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining 
yorqin tasviridadir. Zulfiya (1915 - 1996) hunarmand-degrezchi oilasida Toshkentda tug‘ilgan. 
Shunga qaramay, ota-onasi yuqori madaniyatli odamlar bo‘lishgan. “Onam ohista va xotiramda 
saqlanishicha, ma’yus bo‘lganlar. Lekin ularda qullik horg‘inligi bo‘lmagan... Ular qanchadan-
qancha qo‘shiq va afsonalar bilganlar, ularni mohirona aytib, kuylab bera olganlar, biz-
farzandlarini sehrli ertaklar bilan qiziqtira olganlar, - eslaydi Zulfiya, onasini xotirlar ekan. - 
Mo‘’jizalarga sabab bo‘luvchi, dunyoni fosh qiluvchi, insoniyatni ajoyibotlar sari yetaklovchi 
“so‘z”ga bo‘lgan mehrni oddiygina ayol - onam uyg‘otganlar...”. Tabiiyki, onamlar farzandlari 
o‘qimishli, madaniyatli insonlar bo‘lishini istaganlar. Ularning orzusi ro‘yobga chiqdi ham. 
Zulfiya o‘rta maktabni va ayollar pedagogika bilim yurtini tamomlab, respublika gazeta va 
oynomalari nashriyotida ish faoliyatini boshladi, she’riyatga qiziqib qoldi va she’rlar yoza 
boshladi. Uning ilk she’rlari “Yangi yo‘l” oynomasi va “Qizil O‘zbekiston” hamda “Yosh 
leninchi” gazetalarida chop etila boshlagan. 
1932- yil 17 yoshni qarshi olganida, uning “Hayot sahifalari” nomli ilk she’riy to‘plami 
omma yuzini ko‘rdi. Bular — yoshlar, do‘stlik, inson qalbining go‘zalligi haqidagi she’rlar edi. 
So‘ngra, she’rlari, dostonlari va hikoyalari e’tirof qilinib, turli nashrlarda alohida kitoblar 
ko‘rinishida chop etila boshladi. 
1938- yildan u turli yirik nashriyotlarda ishlaydi, respublika va respublikalar aro har xil 
tashkilotlar a’zosiga aylanadi. 
Mashaqqatli urush yillari Zulfiyaning iqtidori butunlay ravnaq topadi va o‘ta yorqin tus 
oladi: uning she’rlarida vatanparvarning serg‘ayrat ovozi jaranglaydi, Vatani mustaqilligi 
uchun qo‘liga qurol olib kurashayotganlarga, har kunlik chuqur kurash ortida mashaqqatli 
mehnati ila frontni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlayotganlarga nisbatan lirik iliqligi 
seziladi. “Uni Farhod derdilar” she’rida isyonkor fashistlarga nisbatan nafrat, g‘alabaga ishonch 
ifodalangan. G‘animga qarshi kurashga chorlov askar-o‘g‘il haqidagi ona qo‘shig‘i, xotini va 
onasini sog‘ingan jasur frontchi, paxlavon eri uchun qayg‘urayotgan ayolning qayg‘uli xavotiri 
bilan bog‘lanadi. 
Vataniga, ona yeriga bo‘lgan muhabbati - vatanparvarlikning oliy tuyg‘usi bo‘lib, harbiy 
janglarning saodatli yakuniga ishonch bilan birlashadi - bu shunchaki, Zulfiyaning shoirona 
qalbiga xos o‘ylargina emas, balki o‘zbek xalqining tabiatiga xos milliy fe’l-atvor qirralari 
bo‘lib, shoiraning she’rlarida yorqin ifodalanadi. 
Shoira Vatanidan tashqaridagi baxtni tan olmaydi, xatto u yer yaxshiroq bo‘lsa ham: “Axir, 
baxt ona diyoridagina tirikdir”. Urush yillaridagi she’rlari yuqori badiiy mahorat, yorqin she’riy 
timsollar va ohanglar ila qayd etilgan, folklor usullar va xalqona nutq o‘zgarishi, odmi adabiy 
lug‘at bilan mujassamligi seziladi. Qoidaga ko‘ra, nasriy qahramon front hodisalari, xalqning 
urushdagi hayoti va undagi jangchilarga nisbatan kutilmagan noodatiy yorqin va aniq 
munosabatini bildiradi. Urush nihoyasiga yetdi, g‘alabani qarshi olishdi, g‘oliblar zavq ila kutib 
olindi va urushdan qaytmaganlarga ko‘z yosh to’kildi, tinchlik osmoni shoira qalbini egallaydi. 
Zulfiyaning urush yillaridan keyingi she’rlari yangi falsafiy mazmun bilan to‘yingan; unda 
urushdan yaralangan haqiqat tasviri kengroq ko‘lamda ifodalanib, xalqning g‘ayratli mehnati 
kutilmagan ravnaq ila yakun topishi bilan farqlanadi. Uning she’riyatida mehnat mavzusi 


100 
ustunroq o‘rin egallaydi. U mamlakat saodati uchun o‘z kuchini sarflayotgan paxtachilarni va 
ishchilarni, muhandis va olimlarni tarannum etadi. Zulfiya odamlarni, ularning baxtini butun 
O‘zbekiston mamlakatidan ajratmaydi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish