Ikkinchi darajali bo’laklar
1-topshiriq. 1-ish
. Hol va uning ma‘no guruhlarini berilgan jadvaldan foydalanib
sharhlashga harakat qiling.
t/r
Holning
ma‘no
turlari
Izohi
So’rog’i
Shakllar
Misollar
1.
Ravish holi
Fe‘l kesimdan
Qanday?
Ravish, -ib,
Tez o’qidi, yugurib
anglashilgan
harakatning qay
tarzda
bajarilishini
ifodalaydi.
Qanday qilib?
Qay holda?
taqlid so’zlar
keldi, g’ir-g’ir esdi
2.
O’rin holii
Kesimdan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish
o’rnini
bildiradi.
Qayerda?
Qayerdan?
Qayerga?
O’rin oti+da,
dan; o’rin
ravishi+ga
sari, tomon,
+ga qarab
Bozordan oldim.
Boqqa chiқqdim.
Dala tomon ketdi.
Dalaga qarab ketdi.
3..
Payt holi
Fe‘l kesimlan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish
paytini
bildiradi.
Qachon?
Qachongacha?
Qachondan?
Qachonday?
Qachondan
buyon?
Payt oti+da,
+dan, payt
ravishi+gacha,
+guncha
Tongda, ayozda,
hozirdan, tayyorlan.
Hozirgacha
o’tiribdi.
Charchaguncha
ishla.
4.
Sabab holi
Fe‘l kesimdan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish yoki
bajarilmaslik
sababini
bildiradi.
Nimaga?
Nima uchun?
Nima sabab?
-ligi (sababli,
uchun,
tufayli), -
ligidan, -ib
Yaxshi
o’qiganligidan
institutga kirdi.
5.
Maqsad
holi
Fe‘l kesimdan
anglashilgan
harakat-
holatning
bajarilish
maqsadini
bildiradi.
Nima
maqsadda?
Nima uchun?
-gani, -sin
deb, -(i)sh
maqsadida;
uchun
O’qigani ketdi.
O’qish maqsadida
ketdi.
2-ish.
Holning har bir ma‘no turini qatnashtirib ikkitadan gap yozing.
3-ish.
Ikki guruhga bo’linib sabab (1-guruh) va maqsad (2-guruh) hollariga kim ko’p
gap tuzish bo’yicha musobaqalashing.
2-topshiriq.
Berilgan so’roqlarga javob bo’ladigan so’zlar topib, gaplar tuzing:
Qachon, qayerdan, qayerga, qanday, nima qildim?
3-topshiriq.
Quyidagi shakllar yordamida hol ishtirok etgan gaplar tuzing: o’rin
oti+da, o’rin ravishi+dan, +ga, sari, tomon, +ga qarab.
4-topshiriq.
Berilgan so’roqlarga javob bo’ladigan so’zlar topib, gapni
shakllantiring.
1. Nimani, qachon, kimga, nima qildim? 2. Nimani, qachon, kimdan, nima qildim?
5-topshiriқ.
Berilgan maqolning mazmunini so’zlab bering, unda ishtirok etgan
to’ldiruvchilarni topib, turini aniqlang: Soyning suvini bahor toshiradi, odam aqlini bilim
oshiradi. (Maqol)
6-topshiriq. Berilgan gaplardan to’ldiruvchilarni toping va tahlil qiling.
1. Elbek qiziqarli kitob o’qidi. 2. Shahzod ariq bo’yiga charxipalak o’rnatdi. 3.
Otabek maktab hovlisiga ko’chatlar o’tqazdi. 4.Tinglamasa o’zgalar agar, o’z-o’zimga she‘r
o’qiyman men. (A.Oripov)
7-topshiriq. 1-ish.
Sifat, son, sifatdosh, taqlid so’z, modal so’zlarni to’ldiruvchi
vazifasida keltirib gaplar yozing.
2-ish.
Gaplarni sintaktik tahlil qiling.
8-topshiriq.
Berilgan gaplardan kelishik qo’shimchali vositali to’ldiruvchilarni
aniqlab, ularni ko’makchili qurulma shaklida yozing.
1. Bu kitobni ukamga oldim. 2. Kechada o’tmish voqealaridan bahs ketdi. 3. Xat
qizil qalamda yozilgan edi. 4. Sayohat vaqtida ko’rganlarimdan batafsil gapirdim.
9-topshiriq.
Maqolni o’qing, ma‘nosini izohlang. Maqoldan aniqlovchilarni topib
turini ayting: Yaxshi so’zga uchar qushlar el bo’lar, yomon so’zga pashsha kuchi fel bo’lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |