1-topshiriq.
Berilgan gaplardan so’z birikmalarini aniqlab yozing. Tobe bo’lakning
hokim bo’lakka nisbatan qanday so’roqqa javob bo’layotganini va bog’lovchi vositani
aniqlang: 1. Biz ona Vatanimizni sevamiz. 2. Yoshlikda olgan bilim toshga o’yilgan gulga
o’xshaydi.
2-topshiriq.
Ko’pdan quyon qochib qutilmas maqolidagi so’zlarning bir-biri bilan
qanday bog’langanini aniqlang. Har bir bog’lanishda qaysi so’z takrorlanayotganini ayting.
3-topshiriq.
Berilgan gaplardan kesimni aniqlab, ularni ot kesim va fe‘l kesim
singari ikki guruhga ajratib yozing.
1. Tilimiz juda boy, chiroyli. Bu tilda ifoda etib bo’lmaydigan fikr, tuyg’u yo’q.
Afsuski, radiomizda ko’pincha xalq bilan mana shu boy, chiroyli, purqudrat tilda
gaplashishmaydi. Nima uchun ko’cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak
chaladi-yu, butun bir tilni buzuyotganlarga hech kim hushtak chalmaydi? Yozuvchining
xalqqa aytadigan gapi naqadar muhim, naqadar salmoqli, naqadar zarur bo’lsa,
kitobxonning qalbiga olib kiradigan obraz shu qadar kuchli bo’lishi kerak. Badiiy asarga
baho berishda yuz-xotir, g’araz, laganbardorlik singari illatlar adabiyotga yo’l topolmaydi.
(A.Qahhor)
2. Mirzacho’lda ham cho’lni bo’stonga aylantirayotgan odamlar juda ko’p. 3. U
paytlarda xo’jalikda ko’zga ko’rinadigan muhtasham imoratning o’zi yo’q edi. 4.
Toshkentgga tushib, bir mashinada o’tin – ko’mir olib chiqdik, eski shahar bozoridan bitta
o’ttizinchi lampa oldik. 5. Bog’imizning gavjub bo’lishi bejiz emas edi. 6. A.Qahhor oddiy
dehqondan tortib, to akademikkacha – hammaning ko’nglini topa olardilar, odamning
ko’ngliga tushadigan birgina kaliti bor, bu kalit – kamtarlik, oddiylikdir. 7. Uyimizdan
yaxshilar qadami sira uzilmas edi. (K.Qahhorova)
4-topshiriq.
Quyidagi berilgan so’zlar, qo’shimchalar yordamida kesimni
shakllantirib gaplar hosil qiling.
1. –man, -san, -dir, -miz, -siz, -dir(lar).
2. Edi, ekan, emish, emas to’liqsiz fe‘llari.
3. Bo’ldi, qildi, etdi, yordamchi fe‘llari.
4. Ot va sifat bilan ifodalangan kesimlar.
5-topshiriq.
Bog’dan kelsangiz, tog’dan keladi; yulduzni benarvon uradi; aybini
bo’yniga olgan emish; ko’ngliga qil sig’maydi iboralarini kesim vazifada qo’llab gaplar
tuzing.
6-topshiriq.
Kesimlik shakliga qarab egani tiklang, uning ifodalanishini izohlang.
1. .... – quruvchiman. 2. ... – kishnaydi. 3. ... – kuylaydi. 4. ... – sayraydi. 5. ... –
o’ynaymiz.
7-topshiriq.
Son, sifat, sifatdosh, ravish, taqlid va modal so’zlarni ega vazifasida
qo’llab gaplar tuzing. Ega va kesimni shaxs-sonda mosligini sharhlang.
8-topshiriq.
Berilgan gaplar uchligini taqqoslang, ularning o’xshash va farqli
jihatlarini izohlang.
1. Biz ko’chat ekdi. –Ko’chat ekding. – Ko’chat ekildi. 2. Men bu ishni bajarishim
mumkin. – Bu ishni bajarishi mumkin. –Bu ishni bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: